Bank ishi noixtisoslik 3-kurs 2- semestr 1-joriy nazorat. 1-vazifa


Download 16.79 Kb.
bet1/6
Sana21.03.2023
Hajmi16.79 Kb.
#1285670
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-JN - hemisga


Bank ishi noixtisoslik 3-kurs 2- semestr 1-joriy nazorat.

1-vazifa:
Asosiy vositalarning dastlabki qiymati 10 000 shartli birlikni tashkil qiladi. 4 yil o`tgach, xo`jalik yurituvchi subyekt asosiy vositalar obyektini sotishni rejalashtirmoqda. Hozirgi vaqtda 4 yil mobaynida foydalanilgan shunga o`xshash asosiy vositaning qiymati 2 500 shartli birlikni tashkil qiladi. Bunda obyektni demontaj qilish bo`yicha jami xarajatlar 500 shartli birlik miqdorida baholanmoqda va ular sotuvchining zimmasida bo`ladi. Amortizatsiyani to`g`ri chiziqli usul bilan hisoblash rejalashtirilayotganligini hisobga olgan holda asosiy vositalar obyekti bo`yicha amortizatsiya ajratmalarining har yillik miqdorini aniqlang.

2-vazifa:
Xo`jalik yurituvchi subyektning hisob yuritish siyosatiga muvofiq avtomobillar 5 yil ichida amortizatsiya qilinadi. Xo`jalik yurituvchi subyekt 30 000 shartli birlikka yangi avtomobil sotib oldi. Ilgari 5 yil mobaynida foydalanishda bo„lgan shunga o„xshash avtomobilning joriy bozor narxi 5 000 shartli birlikni tashkil qiladi. 3 yil o„tganidan keyin tugatilish qiymati 7 000 shartli birlikka teng deb olinadi, chunki ushbu avtomobilning o„rtacha yo„l bosishi avvalgiga qaraganda past ekanligi aniq bo„lib qoldi. 5 yillik muddat tugaganidan keyin xo„jalik yurituvchi subyekt avtomobilni 6 000 shartli birlikka sotadi. BHMS va MHXS talablariga muvofiq yillar bo„yicha avtomobil qiymatining o„zgarishi tartibini aks ettiring. 5 yillik muddat tugaganidan keyin asosiy vositalar obyektini sotishdan ko„rilgan moliyaviy natijani aniqlang.

3-vazifa:
Xo`jalik yurituvchi subyekt o„z balansida dastlabki qiymati 11 000 shartli birlikka teng bo„lgan avtomobilga ega. Avtomobilning foydali foydalanilish muddati xo„jalik yurituvchi subyekt tomonidan 300 ming km yo„l bosish deb baholanmoqda. Avtomobil dvigatel bilan jihozlangan bo„lib, uning bozor narxi avtomobilni xarid qilish sanasi holatiga ko„ra 1 000 shartli birlikni tashkil qildi. Korxona ushbu dvigatelda uzog„i bilan 150 ming km yo„l bosishi mumkin. Agar foydali foydalanilish muddati tugaganidan keyin avtomobilning tugatish qiymati 0 shartli birlikka teng bo„lishini hisobga olsak, bosib o„tilgan masofa 75 ming km ni tashkil qilganidan keyin asosiy vositalarning buxgalteriya balansidagi umumiy bahosi qanday bo„ladi?

Download 16.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling