Bank ishi noixtisoslik 3-kurs 2- semestr 1-joriy nazorat. 1-vazifa


Download 16.79 Kb.
bet3/6
Sana21.03.2023
Hajmi16.79 Kb.
#1285670
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-JN - hemisga

7-vazifa:
Asosiy vositalar obyekti xo„jalik yurituvchi subyektga 2005-yil 10-sentabrda kelib tushadi. Obyekt foydalanish uchun to„liq tayyor holatga keltiriladi va u xarid qilingan kuniyoq foydalanila boshlaydi. Yetkazib beruvchining hisobiga ko„ra obyektning qiymati 5 000 shartli birlikni tashkil qiladi. Obyekt kelib tushgan vaqtda xaridor pul mablag„lari bilan bog„liq qiyinchiliklarni boshdan kechira boshladi va uning narxini faqat 2005-yil 30- noabrda to„ladi. Yetkazib beruvchi bilan tuzilgan shartnomada obyektning narxini to„lash muddati ham, to„lov muddatini cho„zish shartlari ham ko„rsatilmagan. Iqtisodiyotda foizning normal darajasi bir yilda 20 foizni tashkil qilishini hisobga olgan holda operatsiyani hisobda 10-sentabr va 30-noyabr holatiga ko„ra aks ettiring.
8-vazifa:
Avtomobilning dastlabki qiymati 30 000 shartli birlikni tashkil qiladi. Ishga tushirish vaqtida foydali foydalanilish muddati 400 ming km yo„l bosish etib belgilandi. Ishga tushirish vaqtida tugatish qiymati 2 000 shartli birlik miqdorida belgilandi. Bosib o„tilgan masofa 40 ming km ni tashkil qilganidan keyin avtomobilning balans qiymatini aniqlang.
9-vazifa:
Xo„jalik yurituvchi subyekt o„z balansida dastlabki qiymati 50 000 shartli birlikka, hozirgi vaqtdagi qoldiq qiymati 25 000 shartli birlikka va tugatish qiymati 0 shartli birlikka teng bo„lgan omborxona binosiga ega. Amortizatsiya butun muddat mobaynida to„g„ri chiziqli usul bilan hisoblandi. Texnik inventarizatsiyani o„tkazish chog„ida santexnik quvurlarni to„liq almashtirish zarurligi aniqlandi. Binoni dastlabki hisobga qo„yish chog„ida quvurlar kam foydalanish muddatiga ega bo„lgan obyekt sifatida ajratilmadi. Yangi quvurlar konfiguratsiyasi eskilarining konfiguratsiyasiga mutlaq o„xshash. Yangi quvurlarning umumiy smeta qiymati 2 000 shartli birlikni tashkil qildi. Quvurlar almashtirilganidan keyin binoning qoldiq qiymati qanday bo„ladi (diskontlashni o„tkazmang)?
10-vazifa:
Ofisning qiymati 3 mln. sh.b.ni tashkil qiladi. Ishga tushirish vaqtida foydali foydalanilish muddati 25 yilga teng deb belgilandi, amortizatsiya to„g„ri chiziqli usul bilan hisoblanadi. 5 yildan keyin ofisda 200 ming sh.b. qiymatli pardevor qurildi. Pardevor foydalanishga topshirilayotgan vaqtda aniqlangan uning foydali foydalanilish muddati – 10 yil. Yana 5 yil o„tgach, eski pardevor yangisiga almashtiriladi, buning uchun yana 150 ming sh.b. sarflanadi. Pardevor qayta qurilganidan keyin ofisning balans qiymatini aniqlang.

Download 16.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling