Bank ishi noixtisoslik 3-kurs 2- semestr 1-joriy nazorat. 1-vazifa
Download 16.79 Kb.
|
1-JN - hemisga
19-vazifa:
Xo„jalik yurituvchi subyekt dastlabki qiymati 200 ming sh.b. ga teng bo„lgan “Neksiya” rusumli yengil avtomobilga ega. Foydalanish boshlangan vaqtda uning foydali foydalanilish muddati 5 yilga teng deb belgilandi va boshqa qayta ko„rib chiqilmadi. Hozirgi vaqtga kelib, avtomobildan 6 yil mobaynida foydalanilmoqda. Uning bozor narxi 25 ming sh.b. ni tashkil qiladi. Mazkur avtomobil avvalgi egasida dastlabki qiymati 180 ming sh.b.ka, qoldiq qiymati 20 ming sh.b. ka va joriy bozor narxi 30 ming sh.b. ka teng bo„lgan “Ravon” rusumli avtomobilga almashtirilyapti. Ravon rusumli avtomobilni balansga kiritishdagi qiymatini aniqlang. 20-vazifa: Xo„jalik yurituvchi subyekt asbob-uskunani 2 yilga ijaraga olib, unga xizmat ko„rsatish va uni saqlab turish bilan bog„liq tavakkalchiliklarning katta qismini o„z zimmasiga oladi. Obyektning joriy bozor narxi 4 000 shartli birlikka teng. Har yillik ijara to„lovlari 3 200 shartli birlikni tashkil qiladi va ular quyidagi muddatlarda to„lanadi: a) yil yakunida; b) yil boshida. Yillik foiz normasi 100 foizni tashkil qiladi. Asosiy vositalar obyekti ijarachisining asosiy qarzi va moliyaviy xarajati summasini aniqlang. Ularning butun ijara davri uchun o„zgarish grafigini tuzing. 21-vazifa: Xo„jalik yurituvchi subyekt asosiy vositani xarid qilish uchun 2015-yil yanvarda shartnoma tuzdi va uning narxini fevralda oldindan to„lab berdi. Obyektning qiymati 1 414 213,56 sh.b.ni tashkil qiladi. Obyekt yetkazib beruvchi tomonidan mart oyida yuklab jo„natildi va 2015-yil avgustda olindi. Yillik foiz 66 normasi 100 foizni tashkil qiladi. Asosiy vositaning qiymatini va foizlar uchun xarajatlar (daromadlar) miqdorini aniqlang. 22-vazifa: Xo„jalik yurituvchi subyekt obyektni 2015-yil fevralda qo„lga kiritdi. Obyektning qiymati 1 414 213,56 sh.b. ni tashkil qiladi. Obyektning narxi 2015-yil avgustda to„landi. Yillik foiz normasi 100 foizni tashkil qiladi. Asosiy vositaning qiymati va foizlar uchun xarajatlar miqdorini aniqlang. Download 16.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling