Bank ishi noixtisoslik 3-kurs 2- semestr 1-joriy nazorat. 1-vazifa
Download 16.79 Kb.
|
1-JN - hemisga
11-vazifa:
Xo„jalik yurituvchi subyekt 180 ming sh.b.ga “Neksiya” avtomobilini xarid qildi. Avtomobilning foydali foydalanilish muddati xo„jalik yurituvchi subyekt tomonidan uning nazarda tutilayotgan yo„l bosishi hajmi bo„yicha o„rnatilib, 300 ming km ni tashkil qiladi. Bunda dvigatel resursi bor-yo„g„i 150 ming km ni tashkil qiladi, undan keyin xo„jalik yurituvchi subyekt dvigatelni mukammal ta‟mirlashni emas, balki uni almashtirishni rejalashtiryapti. Obyekt bir inventar birligi sifatida, ya‟ni yaxlit transport vositasi sifatida hisobga olingan. Asosiy vositalar obyektini qayta baholash o„tkazilmadi. 150 ming km yo„l bosib o„tilganidan keyin dvigatel chindan ham o„z resursini tugatdi va u almashtirilmoqda. Xarid qilinayotgan dvigatelning qiymati 50 ming sh.b.ni, yangi xuddi shunday avtomobilning qiymati esa 250 ming sh.b.ni tashkil qiladi. Dvigatel almashtirilganidan keyin avtomobilning qiymatini aniqlang. 12-vazifa: Asosiy vositalar obyektining dastlabki qiymati 24 000 sh.b.ni tashkil qiladi. Ishga tushirish vaqtida aniqlangan tugatish qiymati 4 000 sh.b.ni tashkil qildi. Amortizatsiya to„g„ri chiziqli usul bilan hisoblanadi. Ishga tushirish vaqtida foydali foydalanilish muddati 5 yilga teng deb belgilandi. Ishga tushirilganidan keyin 1 yil o„tgach, asosiy vositalar obyekti 1,2 koeffitsiyent bilan qayta baholanadi. Qayta baholashdan keyin tugatish qiymati 6 000 sh.b. gacha oshadi, foydali foydalanilish muddati esa 4 yilgacha qisqaradi. Foydalanish boshlanganidan keyin 2-yilda amortizatsiya summasini va 2- yilning oxiri holatiga ko„ra qoldiq qiymatini aniqlang. 13-vazifa: Xo„jalik yurituvchi subyekt Toshkent – Buxoro yo„nalishida xizmat ko„rsatish uchun yo„lovchi avtobusini xarid qilmoqda. Avtobusning qiymati 20 mln. sh.b.ni tashkil qiladi. Bunda avtobusdan butun foydali foydalanilish muddati mobaynida olingan sof daromad 5 mln. sh.b.ni tashkil qilganligi bois viloyat mahalliy budjeti unga muntazam tashuvlarni amalga oshirish sharti bilan subsidiya berish orqali xo„jalik yurituvchi subyekt ko„rishi mumkin bo„lgan yo„qotishlarni qoplaydi. Subsidiya summasi 6,6 mln. sh.b.ni tashkil qiladi va kompaniya tomonidan belgilangan jadvalga amal qilingan taqdirda avtobusdan foydalanish boshlanganidan keyin 1 yil o„tgach o„tkazib beriladi. Yillik foiz normasi 10 foizni tashkil qiladi. Avtobusning uni IAS 20-standartida ruxsat etilgan ikkita yondashuv bilan hisobga olishdagi qiymatini aniqlang. Download 16.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling