Asosiy vositalar hisobi
Asosiy vositalar hisobi”nomli 5 BHMS ning umumiy qoidalari
Download 37.82 Kb.
|
Asosiy vositalar hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston Respublikasining Qonuni. Buxgalteriya hisobi to’g’risida. 30.08.1996.
1. Asosiy vositalar hisobi”nomli 5 BHMS ning umumiy qoidalari
Asosiy vositalar – uzoq davom etadigan vaqt mobaynida (bir yildan ko’proq vaqt davomida) moddiy ishlab chiqarish sohasida ham, noishlab chiqarish sohasida ham amal qilinadigan, shuningdek ijaraga berish uchun foydalanadigan moddiy aktivlardir (BXMA №5 ning 7-bandi). Asosiy vositalarga binolar, inshootlar, transport vositalari, uzatuvchi moslamalar, ishlab chiqarish va xo’jalik inventarlari va h.k. kiradi. Fermer xo’jaliklarida mahsuldor va ishchi hayvonlar, ko’p yillik daraxtlar va h.k. ham asosiy vositalar tarkibiga kiradi. Asosiy vositalarga yerlarni meliorativ holatini yaxshilash uchun qilingan kapital sarflar ham kiradi. Fermer xo’jaliklarida asosiy vositalar hisobini takomillashtirish va ular bilan ta’minlanish darajasini oshirish, asosiy vositalardan foydalanish samaradorligini oshirish bo’yicha tavsiyalar, me’yoriy hujjatlar mavjud bo’lib, ularning bitiruv malakaviy ishini bajarishda foydalanilganlarini ko’rib chiqamiz. O’zbekiston Respublikasining Qonuni. Buxgalteriya hisobi to’g’risida. 30.08.1996. Buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda hisobot tuzish bilan bog’liq munosabatlar ushbu Qonun hujjati bilan tartibga solinadi. Ushbu Qonun 24 moddadan iborat bo’lib, unda buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari (2– modda), buxgalteriya hisobi subyektlari (3-modda), buxgalteriya hisobi obyektlari (4-modda), buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga solish (5-modda), buxgalteriya hisobini tashkil etish (7-modda), boshlangich hisob xujjatlari (9- modda), buxgalteriya hisobi registrlari (10-modda), daromadlar va xarajatlarni hisobga olish (1 3-modda), xususiy kapitalni hisobga olish (14-modda), moliyaviy hisobot (1 6-modda), moliyaviy hisobotni taqdim etish tartibi (19-modda) kabilar alohida moddalarda belgilab berilgan. Qonunning 13–moddasi «Daromadlar va xarajatlarni hisob olish» deb atalib, bunda daromadlar va xarajatlar, to’langan vaqti va pul kelib tushgan sanadan qat’i nazar, qaysi davri taalluqli bo’lsa, o’sha hisobot davrida aks ettiriladi, deb yoritilgan. 2. O’zbekiston Respublikasi 5-son BHMS “Asosiy vositalar”. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirining 09.10.2003 y. 114-son buyrug’i bilan tasdiqlangan, Adliya Vazirligi tomonidan 20.01.2004 y. 1299-son bilan Download 37.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling