Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari va ularning hisobi


Asosiy vositalar moddiy(jismonan) va ma’naviy eskiradi


Download 1.46 Mb.
bet2/3
Sana24.03.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1290319
1   2   3
Bog'liq
Bugalteriya

Asosiy vositalar moddiy(jismonan) va ma’naviy eskiradi
Moddiy eskirish mehnat vositalaridan foydalanish jadalligi va uning korxonada ishlatilgan muddatlari bilan belgilanadi.
Ma’naviy eskirish texnika taraqqiyoti natijasida mehnat vositalarining arzonlashuvi hamda iqtisodiy jihatdan mukammal boʻlgan yangi mehnat vositalarining yaratilishi va joriy qilinishi bilan bogʻliq

aMORTIZaTsIYani HISOBLaSh USULLaRI

  • Teng ulushli (toʼgʼri chiziqli) hisoblash usuli
  • Ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab chiqarish usuli)
  • Kamayib boruvchi qoldiq usuli (ikki karrali amortizatsiya me’yori)
  • Yillar yigʼindisi usuli (kumulyativ usul)

Yillik amortizatsiya summasi = (dastlabki qiymati-tugatish qiymati) /xizmat qilish muddati

Amortizatsiya hisoblashning bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisoblash usuli

  • Amortizatsiya hisoblashning bir tekisda (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulida amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi asosiy vositalar obyektining boshlang’ich (qayta tiklash) qiymatidan uning tugatish qiymatini ayirish orqali va mazkur obektning foydali xizmat muddatidan kelib chiqib aniqlanadi:
  • Masalan: Kompyuterning boshlang’ich qiymati 1100000 so’m, uning foydalanish muddati oxiridagi qoldiq (tugatuvchi) qiymati 100000 so’m, foydali xizmat muddati 5 yil, yillik amortizatsiya meyori amortizatsiyalanadigan qiymatning 20 % ni yoki 200000 so’m ((1100000-100000)/5=200000) so’mni tashkil etadi.

Amortizatsiyani bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab chitsarish usuli).

  • Amortizatsiyani bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab chitsarish usuli). Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usuli asosiy vositalar obyektining har bir konkret yildagi ishlab chiqarish hajmiga asoslanadi. Mazkur usul bo’yicha har yillik amortizatsiya summasini hisoblab chiqish uchun foydali xizmat muddatining butun davomidagi umumiy baholangan jami ishlab chiqarish hajmini va konkret bir yildagi ishlab chiqarish hajmini aniqlash zarur
  • Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usulida amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi hisobot davridagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) hajmining tabiiy ko’rsatkichi hamda asosiy vositalar obyektining tugatish qiymati chegirib tashlangan boshlang’ich (qayta tiklovchi) qiymatining ushbu asosiy vositalar obyektining butun foydali xizmat muddati davomida ishlab chiqariladigan mahsulot (ish, xizmat)larning taxminiy baholangan hajmiga bo’lgan nisbatidan kelib chiqib aniqlanadi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling