Asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish tartibi va ularning natijalarini hisobda aks ettirish


Download 83.49 Kb.
bet5/10
Sana22.04.2023
Hajmi83.49 Kb.
#1381779
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavzu Asosiy vositalar inventarizatsiyasi

Inventarizatsiya deb, tegishli moddiy javobgar shaxs zimmasidagi tovar-moddiy boyliklarning to'liqligini son va sifat jihatidan aniqlab, buxgalteriya yozuvlariga asosan natijalarni aniqlashga aytiladi.
Inventarizatsiya yordamida moddiy javobgar shaxs zimmasidagi tovar-moddiy boyliklar son-sifat jihatidan o'rganilib, ularning iste'molga yaroqliligini aniqlash bilan birga hisobot bo'yicha ham to'liqligi hisob-kitob qilinadi.
Inventarizatsiya o'tkazish yo'li bilan korxonaga taalluqli bo'lgan moddiy boyliklarning to'liqligi ta'minlanadi. Inven­tarizatsiya to'Uq, qisman, tanlab olingan holda o'tkazilishi mumkin.
To'liq inventarizatsiya o'tkazish rahbar tomonidan maxsus yozma farmoyish berish yo'li bilan amalga oshiriladi. Qisman o'tkaziladigan inventarizatsiya asosan baholarning o'zgarishi amalga oshirilganda o'tkaziladi va ma'lum bir tovar turi bo'yicha uning natijalari aniqlanadi.
Tanlab olgan holda o'tkaziladigan inventarizatsiyalar ko'p holda tashkilot rahbari yoki bosh buxgalter tomonidan o'tkaziladi. Inventarizatsiya o'tkazishda tegishli javobgar shaxs zimmasidagi mulk to'liq sanalib, tortilib hisob- kitobi pul birligida aniqlanadi. Inventarizatsiya to'satdan o'tkaziladi, demak, tuzilgan rejadagi muddatlar faqat bosh buxgalter va tashkilot rahbariga ma'lum bo'lishi kerak, boshqa xodimlardan bu reja sir tutiladi. Ayrim holda inventarizatsiya sud-tergov organlari, moliya-soliq qo'mitalari tomonidan ham o'tkazilishi mumkin.
Rejalashtirihnagan inventarizatsiya ishlari tabiiy ofatlar natijasida o'g'irlik, moddiy javobgar shaxslarning ish faoliyatida nojo'ya harakatlar to'g'risida ma'lumotlar olin-ganda o'tkazilishi mumkin. Chakana savdo tashkilotlarida buxgalteriya hisobining navbatdagi vazifasi tovar va moddiy boyliklarning to'liq saqlanishini nazorat qilishdir. Bunda tovarlarni qabul qilinishi va sotilishi, inventarizatsiyani o'z vaqtida o'tkazishni talab qiladi.
Chakana savdo tashkilotlarida tovarlarning to'liqligini ta'minlashda moddiy javobgarlikni to'g'ri tashkil qilish alohida ahamiyatlidir, chunki tovarlarning to'liqligini ikki tomonlama nazorat qilinadi. Birinchisi moddiy javobgar shaxsning hisobotida, ikkinchisi esa buxgalteriya yozuvlarida olib boriladi,
Buxgalteriya hisobi yordamida tashkilotning xo'jaUk faoliyati har tomonlama o'rganiladi va tegishli mablag'-larning harakati ularning joylanishi va tashkil topish manbalari bo'yicha tartibga soUnadi.
Savdo tashkilotlarida mulk shaklining o'zgarishi bilan buxgalteriya hisobini tashkil qilish, mulkning to'g'ri hiso-bini yuritish, uning to'g'rih'gini ta'minlash hozirdagi asosiy vazifalardan biridir.
Chakana savdo tashkilotlarida buxgalteriya hisobi yordamida aholiga sotilgan tovarlar summasi aniqlanadi va bu ko'rsatkich aholining turmush darajasini o'z pul daromadining o'z ehtiyojiga kerakli bo'lgan tovarga ayirboshlaydi.
Chakana savdo tashkilotlarida tovar oborot rejasining bajarilishi, aholining xalq iste'moli tovarlariga bo'lgan talabini to'liq bajarishga ijobiy ta'sir qiladi hamda savdo tashkilotlarining ba'zi ko'rsatkichlariga, shu jumladan, muomala xarajatlarini kamaytirishga, rentabellik darajasini va moliya natijalarini yaxshilashga, daromad summasining ko'payishiga olib keladi.
Buxgalteriya hisobining asosiy vazifasi, tovar oborot rejasini to'liq bajarilishini nazorat qilib borish va savdo shoxobchalarida ehtiyot tovarlarini belgilangan assorti-mentda bo'lishini ta'minlashdir. Bunday nazoratni shart-noma shartlarining bajarilishini, tovar, kassa hisobotlarini tekshirish va shu hisobotlar yuzasidan yozilgan hisob ko'rsatkichlarining to'g'riligini aniqlash orqali amalga oshi-rish mumkin.
Hisob xodimlari tovarlarni o'z vaqtida va sifatli qabul qilinishini, tovar yuboruvchilarga sifatsiz tovar yuborilganligi uchun qilingan da'vo summalarini o'z vaqtida to'lashlarini hamda tovar yuboravchilarga ortiqcha to'langan summa­larini o'z vaqtida undirib olishni ta'minlaslilari zarur. Bu esa buxgalteriya hisobi oldiga da'vo muddatlarini o'z vaqtida bajarilishini tekshirishni va tegishli jarima summalarini belgilangan muddatlarda undirib olishni tekshirish vazifasini qo'yadi.
Chakana savdo tashkilotlarida belgilangan miqdorda ehtiyot tovarlarining bo'lishi aholining xalq iste'mol mollariga bo'lgan talabini uzluksiz bajarilishini ta'minlaydi. Lekin chakana savdo tashkilotlaridagi ehtiyot tovarlarining miqdori belgilangan limitdan ortib ketishi mumkin emas. Ayrim hollarda ehtiyot mollarini belgilangan limitdan ortib ketishi savdo tashkilotlarining ish faoliyatini susaytiradi va moliyaviy qiyinchiliklaiga qo'shimcha xarajatlar qiUshga olib keladi.
Sistematik tarzda ehtiyot tovarlarining holatini aniqlash tovar hisobotlari orqali olib boriladi.



Download 83.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling