Asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish tartibi va ularning natijalarini hisobda aks ettirish


Download 83.49 Kb.
bet2/10
Sana22.04.2023
Hajmi83.49 Kb.
#1381779
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavzu Asosiy vositalar inventarizatsiyasi

Reja:
Kirish
I.Nazariy qism.
1.1 Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar haqida tushuncha.
1.2 Inventarizatsiya to'g'risida tushuncha. Inventarizatsiyaning turlari.
1.3 Inventarizatsiya o'tkazish ishlarini rejalashtirish, Inventarizatsiya natijalarini aniqlash tartibi.
1.4 Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar inventarizatsiyasini hisobga olish.
II.Amaliy qism.
2.1 Inventarizatsiya o'tkazish tartibi.
2.2 Asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish.
III.Xulosa.
IV. Foydalanligan adabiyotlar ro’yxati.
V. Ilovalar .


Kirish
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, korxonalar o‘z aktivlari va majburiyatlarini inventarizatsiya qilishlari lozim.
Inventarizatsiyaning maqsadi korxona asosiy vositalarining haqiqatda borligini va sifat holatini aniqlash, texnik hujjatlar (transport, tavsifnoma, loyihalar)ni tekshirish va buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini oydinlashtirishdan iborat.
Korxona, tashkilot va muassasalarda asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish «Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» nomli 19-son BHMS va «Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMSga asoslanadi. «Buxgalteriya hisobi va hisoboti to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq, asosiy vositalar inventarizatsiyasi bir yilda kamida bir marta yillik hisobot tuzishdan oldin o‘tkaziladi.
Asosiy vositalar inventarizatsiyasi haqiqatda borligini va sifat holatini aniqlash texnik hujjatlarini tekshirish va buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan taqqoslash maqsadlarida o‘tkaziladi. Inventarizatsiyani korxona rahbari buyrug‘i bilan tayinlangan inventarizatsiya komissiyasi o‘tkazadi va moddiy javobgar shaxs ishtirokida asosiy vositalar inventarizatsiya qilinadi.
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari korxonaning mol-mulkining ahvoli va harakati, uning manbalari haqida aniq axborot berishi lozim, hujjatlardagi ma’lumotlar mavjud aniq ma’lumotlarga mavjud aniq ma’lumotlarga mos kelmog’i shart. Biroq ayrim holatlarda ma’lum sabablarga ko’ra tafovutlar kelib chiqadi. Bu saqlashda yo’l qo’yilgan tabiiy kamayish, hujjatlardagi xatolar, suvis’temolchilik, talon-taroj qilish oqibatida yuz berishi mumkin.
Inventerizatsiya deb aniqlangan mavjud mol-mulklar va moliyaviy majburiyatlarni ma’lum sanadagi buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan solishtirish orqali aniqlashga aytiladi. Inventarizatsiyaning maqsadi, uni o’tkazish tafovutlarni tartibga solish qoidalari va inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish. 1999 yil 19 oktyabrda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan BHMS 19-son «Inventarizatsiyani tashkil qilish va o’tkazish» da belgilab qo’yilgan.

Download 83.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling