Qayta baholashni tashkilot mustaqil ravishda yoki qonunchilikka muvofiq baholash faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lgan ekspcrt mutaxassislami jalb ctish bilan amalga oshiradi. - «To‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta baholash usuli» qo‘llanilganda obyektlaming to‘liq qayta tiklash qiymatini hujjatlar asosida tasdiqlash uchun tashkilotning xohishiga muvofiq quyidagilardan foydalanish mumkin:
- ishlab chiqamvchi tashkilotlardan va ulaming rasmiy dilerlaridan, tovar-xomashyo birjalari, ko'chmas mulk birjalaridan yozma shaklda olingan xuddi shunday mahsulotga doir narxlar to‘g ‘risidagi ma’lumotlar;
- qayta baholash sanasiga va asosiy vositalami xarid qilish sanasiga bo‘lgan 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kurslari nisbati sifatida belgilanadigan hisob-kitob koeffitsientini qo‘ llagan holda asosiy vositalaming xarid qilish sanasida erkin amal qiluvchi valutalardagi qiymati (tasdiqlovchi hujjat mavjud bo'lganda) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
d) tegishli davlat organlarida mavjud bo'lgan narxlar darajasi to‘g‘risidagi m a’lumotlar; e) qayta baholashni o‘tkazish davrida ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlarda e’lon qilingan narxlar darajasi to‘g‘risidagi m a’lumotlar; f) asosiy vositalar qiymati to‘g‘risida baholovchi hisoboti. - Asosiy vositalami qayta baholashda «Indeks usuli»ni qoilash uchun navbatdagi qayta baholash bo‘yicha tegishli indekslami 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi har yil 31 dekabrgacha ishlab chiqadi va ommaviy axborot vositalarida rasmiy e’lon qiladi.
- Yuqorida keltirilgan qayta baholash usullarini qo‘llash yo‘li bilan asosiy vositalaming balans qiymati ulami qayta tiklash qiymatigacha ko‘payishi (kamayishi) buxgalteriya hisobida asosiy vositalaming hisobga oluvchi subschyotlaming debeti (krediti) bo‘yicha «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti bilan korrespondensiyalanib qayd qilinadi.
- Indekslash yo‘li bilan asosiy vositalami qayta baholanganda buxgalteriya hisobida qayta baholash o'tkazish sanasi holati bo‘yicha turgan asosiy vositalaming (shu jumladan eskirishi to‘liq hisoblangan obyektlar) eskirish summasini ulami qayta tiklash qiymatiga qayta hisoblash chog‘ida asosiy vositalar qiymatini o‘zgartirishning tegishli indekslariga ko‘paytirish kerak bo‘ladi.
- Asosiy vositalami «To‘g ‘ridan-to‘g‘ri qayta baholash usuli» bilan qayta baholash chog‘ida buxgalteriya hisobida turgan eskirish summasi qayta baholashdan keyingi qayta tiklash qiymatining qayta baholashgacha bo‘lgan qiymatga nisbati bilan hisoblab chiqariladigan qayta hisoblash koeffitsienti bo'yicha indekslanishi kerak.
- Yuqorida keltirilgan tartibda hisoblab chiqarilgan eskirish summasi bilan ko‘rsatilgan asosiy vositalar bo‘yicha qayta baholashgacha bo‘lgan eskirish summasi o‘rtasidagi farq «Asosiy vositalaming eskirishi» subschyotining krediti (oshib ketgan taqdirda) yoki debeti (kamaygan taqdirda) bo‘yicha «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti bilan korrespondensiyalanib aks ettiriladi.
- Tashkilotning balansida qayta baholashgacha turgan va 1 yanvargacha foydalanishga kiritilgan asosiy vositalar balans qiymatining qayta tiklash qiymatigacha ko‘payishi buxgalteriya hisobida quyidagi qayd qilinadi.
- Qayta baholash natijasida asosiy vositalar balans qiymatining ko‘payishiga tashkilot buxgalteriyasida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 010 013, 015-019 «Asosiy vositalar» subschyotlari; Kredit 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti. - Qayta baholash natijasida asosiy vositalaming eskirish summasini ko‘payishiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 250 - «Asosiy vositalardagi fond» subschyoti; Kredit 020 - «Asosiy vositalaming eskirishi» subschyoti. СПАСИБО ЗА ВНИМАТЕЛЬНОСТЬ
Do'stlaringiz bilan baham: |