Asosiy vositalarning eskirish xisobi
Тezlashtirilgan eskirish hisoblash usuli
Download 123 Kb.
|
ASOSIY VOSITALAR BILAN TAMINLANGANLIK VA QUROLLANGANLIK TAHLILI
3. Тezlashtirilgan eskirish hisoblash usuli
a) sonlarning yigindisi bo’yicha qiymatni hisobdan chiqarish usuli. Bu usul eskirish hisoblanadigan asosiy vositaning xizmat qilish yillari summasi orqa-li aniqlanadi va bu summa hisoblash koeffitsientida maxraj bo’lib xizmat qila-di. Bu koeffientsientning sur’atida ob’ektning xizmat muddati oxirigacha qolgan yillar soni (teskari tartibda) turadi. Bu usulda ham, oldingilarga o’xshash, eski-rish summasi boshlang’ich qiymatdan tugatish (qoldiq) qiymati chegirilgandan qol-gan qismidan hisoblanadi. Masalan, yuqorida misol tariqasida olingan dastgohning taxmin qilina-yotgan foydali xizmat muddati 5 yil bo’lsin. U holda dastgohni ishlatish yillari summasi (kumulyativ son) - 15 yil bo’ladi: 1+2+3+4+5=15 Dasgohning xizmat muddatining har yiliga to’g’ri keladigan eskirish summa-si ulushini topish uchun xizmat muddatini oxirigacha bo’lgan yillarni (ya’ni tes-kari tartibda) kumulyativ songa bo’lib chiqamiz, ya’ni 515, 415, 315, 215, 115 So’ngra, har bir kasrni eskirish hisoblanadiganso’mma (B-Т) ga ko’pay-tirish orqali har yillik amortizatsiya summasi aniqlanadi. Bu usulda amortiza-tsiya ajratmalari summasi jadvali quyidagi ko’rinishda bo’ladi (jadvalga qarang). Jadvalda keltirilgan hisoblardan ko’rinib turibdiki, dastgohning xizmat muddatining dastlabki yillarida eng katta amortizatsiyaso’mmasi hisoblanmokda, keyingi yillarda esa u yilma-yil kamayib bormoqda, jamlangan amortizatsiya sekin-asta ortib boradi, balans qiymati qoldiq qiymatga etib bormagunicha har yili eskirish summasiga kamayib boradi. ( so’m hisobida)
Download 123 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling