Asosiy vositalarning eskirish xisobi
Budjet tashkilotlarida material zaxiralar hisobi
Download 123 Kb.
|
ASOSIY VOSITALAR BILAN TAMINLANGANLIK VA QUROLLANGANLIK TAHLILI
4. Budjet tashkilotlarida material zaxiralar hisobi
Budjet tashkilotining material zaxiralari tarkibiga qurilish matenallari, o'matiladigan uskunalar, materiallar, oziq-ovqat mahsulotlari, yoqilg'i va yonilg'ilar, ozuqa, yem-xashak, idishlar, mashina va uskunalar uchun ehtiyot qismlar, yordamchi xo'jalik mahsulotlari va buyumlari, yosh hayvonlar va boquvdagi mollar, o'quv, ilmiy va boshqa maqsadlar uchun mo'ljallangan materiallar hamda laboratoriya sinovida bo'lgan va uzoq vaqt foydalaniladigan matenallar, xo'jalik shartnomasi asosida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarida qo'llaniladigan maxsus uskunalar kiradi. Ishlab chiqarish (o'quv) ustaxonalarining buyumlari haqiqiy tannarxi bo'yicha hisobga olinadi, yordamchi xo'jaliklarning mahsulotlari va buyumlari esa yillik kalkulatsiyasi tuzilganiga qadar rejadagi tannarxi bo'yicha hisobga olinadi. O'zining xo'jaligidagi nasldor hayvonlardan olingan yosh chorva mollari rejadagi baholarda hisobga olinadi, keyingi yilga o'stirish va bo'rdoqiga boqish uchun o'tkazilayotgan yosh chorva mollari, shuningdek, hisobot yilida asosiy podaga o'tkazilayotgan yosh chorva mollari haqiqiy tannarxi bo'yicha baholanadi. Materiallar va oziq-ovqat mahsulotlari ularni sotib olish qiymati bo'yicha hisobga olinadi. Materiallar va oziq-ovqat mahsulotlari chakana ulgurji savdo qiluvchi baza va magazinlardan sotib olinganda belgilangan tartibda savdo chegirmasi berilganda bunday chegirmalar alohida hisobga olinadi, balansda esa chegirma summa chiqarib tashlangan chakana baholari bo‘yicha ko‘rsatiladi. Materiallarni va oziq-ovqat mahsulotlarini tashib keltirish uchun yollangan transport bo'yicha xarajatlar sotib olingan qiymatliklaming qiymati ko‘payishiga kiritilmaydi, balki bu qiymatliklar qaysi mablag‘lar hisobidan sotib olingan bo‘lsa, o‘sha xarajatlar moddasi bo'yicha hisobdan chiqariladi. To‘lov talabnomalarining schyotlarini aksept qilishdan rad etilishi yoki boshqa sabablar natijasida mas’ul saqlashga qabul qilingan material qiymatliklaming qiymati tegishli hujjatlarda ko'rsatilgan baholar bo'yicha balansdan tashqari schyotda hisobga olinadi. O'quv ustaxonalarida va yordamchi qishloq xo'jaliklarida ishlab chiqarish qoldiqlari xo'jalikning baholovchi komissiyasi tomonidan o'rtacha bozor baholari asosida aniqlaniladigan ulardan foydalanilishi mumkin bo'lgan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan baholar bo'yicha komissiya tomonidan baholanadi. Barcha material qiymatliklaming butligini ta’minlash hamda ishlatilishi va to'g'ri foydalanilishi ustidan nazorat, ta’minlash, zaxiralar va xarajatlaming belgilangan me’yorlariga qat’iy rioya qilish, belgilangan tartibda sotilishi lozim bo'lgan foydalanilmayotgan materiallarni o'z vaqtida aniqlash, tashkilot omborlarda mavjud bo'lgan qoldiqlar haqida aniq ma’lumot olish budjet tashkilotlarining material zaxiralar hisobi bo'yicha asosiy vazifalari hisoblanadi. Material qiymatliklaming butligini va hisobini to'g'ri yo'lga qo'yish maqsadida ombor hisobini tegishli tartibda tashkil qilish kerak bo'ladi. Material qiymatliklarni saqlash maxsus moslashtirilgan bino (ombor) larda amalga oshirilishi kerak. Material qiymatliklarni qabul qilib olish, saqlash va berish javobgarligi tashkilotning rahbari buyrug'i bilan tayinlangan material javobgar shaxslarga yuklatiladi. Bu shaxslami almashtirish omborlami inventarizatsiya qilish va tashkilotning rahbari tomonidan tasdiqlanadigan qabul qilish-topshirish dalolatnomasini tuzish orqali amalga oshiriladi. Buxgalteriya xizmatida material qiymatliklaming hisobi miqdor va summa ifodasida materiallaming nomlari va javobgar shaxslar bo'yicha yuritiladi. Material qiymatliklar ulami sotib olish qiymati bo'yicha yoki chakana baholar bo'yicha hisobga olinadi. Omborda material qiymatliklar hisobi material javobgar shaxs tomonidan materiallarni omborda 17-shakldagi hisobga olish kitobida faqat nomlari, navlari, bahosi va miqdori bo'yicha yuritiladi. Buxgalteriya xizmati omborga material qiymatliklarning kelib tushishi va ombordagi material qiymatliklarning sarflanishi ustidan muntazam nazorat o'matadi, shuningdek, material qiymatliklarning hisobi bo'yicha o'zining yozuvlarini omborda qayd etilgan yozuvlar bilan solishtirib turadi. Material zaxiralar joriy buxgalteriya hisobi subschyotlarida va balansda ulami sotib olish baholari bo'yicha hisobga olinadi. Materiallarni ombordan berish tashkilotning rahbari tomonidan tasdiqlangan hujjatlar bo'yicha amalga oshiriladi. Qaytariladigan yoki almashtiriladigan idishlaming (bochkalar, bidonlar, yashiklar, butilkalar va shunga o'xshashlar) bo'shlari ham, material qiymatliklar bilan band bo'lib turganlari ham tegishli guruh va turlari bo'yicha mol yetkazib beruvchining schyotlarida ko'rsatilgan baholarda hisobga olinadi. Idishlar qaytarilganda yoki sotilganda ulami sotib olish bahosi bilan ulami sotish bahosi o'rtasidagi farq tashkilotning haqiqiy xarajatlariga qo'shiladi. Material zaxiralar hisobini olib borish uchun quyidagi ikkinchi tartibli schyotlar (subschyotlar) tayinlangan: - «O'matiladigan uskunalar» subschyoti; - «Kapital qurilish uchun qurilish materiallari» subschyoti; 043 - «Ilmiy-tadqiqotlarda va laboratoriya sinovlarida uzoq vaqt foydalaniladigan materiallar» subschyoti; 044 - «Shartnoma asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlari uchun maxsus uskunalar» subschyoti; 050 - «Yosh chorva mollari va bo'rdoqiga boqilayotgan mollar» subschyoti; 060 - «O'quv, ilmiy va boshqa maqsadlar uchun materiallar» subschyoti; - «Oziq-ovqat mahsulotlari» subschyoti; - «Dori-darmonlar va yara bog'lash vositalari» subschyoti; - «Xo'jalik materiallari va idora buyumlari» subschyoti; - «Yonilg‘i, yoqilg‘i va moylash materiallari» subschyoti; - «Ozuqa va yem-xashak» subschyoti; - «Idishlar» subschyoti; - «Boshqa materiallar» subschyoti; - «Yo‘ldagi materiallar» subschyoti; - «Mashina va uskunalar uchun ehtiyot qismlar» subschyoti. Material zaxiralarning hisobini olib borish uchun tayinlangan hamma subschyotlar aktiv subschyotlardir. ADABIYOTLAR RO'YXATI Узбекистон Республикаси Конституцияси. -Т.: Ўзбекистон, 2003. Узбекистон Республикаси Солик Кодекси. (Ўзбекистон Республикасининг «Ўзбекистон Республикасининг Солик кодексини тасдиклаш тўгрисида»™ 2007 йил 25 декабрдаги конуни билан тасдикланган). 3 Узбекистон Республикасининг 2004 йил 26 августдаги «Давлат бюджетининг ғазначилик ижроси тугрисида»™ Қонуни. Узбекистон Республикасининг 2000 йил 14 декабрдаги «Бюджет тизими тугрисида»ги Қонуни (2005 йил 23 май, 2005 йил 19 декабрь, 2005 йил 31 декабрь ва 2007 йил 27 апрелда киритилган ўзгартиришлар билан). Узбекистон Республикасининг 1998 йил 29 августдаги «Хўжалик юритувчи субъектлар фаолиятининг шартномавий-ҳуқукий базаси тугрисида»™ Қонуни. Узбекистон Республикасининг 1996 йил 30 августда™ «Бухгалтерия хисоби тугрисида»™ Қонуни. П. 0‘zbekiston Respublikasi Prczidentining farmonlari va qarorlari Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2005 йил 27 декабрдаги ПҚ-594-сонли «Давлат бюджетининг газна ижроси тизимини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўгрисида»™ Қарори. Download 123 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling