Asoslar. Asoslar deb


Download 27.73 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi27.73 Kb.
#1120103
Bog'liq
Asoslar


Asoslar.
Asoslar deb – metal atomi va bir yoki bir nechta gidrokso guruhdan tashkil topgan murakkab moddalar. Umumiy formulasi Me(OH)n
Bu yerda; Me – metal n – metal valentligi
Asoslarning nomlanishi.
1) o’zgarmas valentli metallarda metal nomiga “gidrokso” guruh qo’shib nomlanadi.
Misol uchun;
KOH – kaliy gidroksid
Ca(OH)2 – kalsiy gidroksid
Al(OH)3 – alyuminiy gidroksid
2) o’zgaruvchan valentli metallar uchun metal nomidan keyin metal valentligi rim raqamida qavs ichida keyin gidroksid so’zi qo’shib nomlanadi.
Misol uchun;
Cu(OH)2 – mis (II)-gidroksid
CuOH – mis (I)-gidroksid
Fe(OH)3 – temir (III)-gidroksid
3) metal nomiga “gidrokso” guruh sonini grekcha sonlarda ifodalanishini qo’shib ham nomlash mumkin.
Misol uchun;
Al(OH)3 – alyuminiy trigidroksid
Cu(OH)2 – mis digidroksid
KOH – kaliy monogidroksid



Asoslarning turlari





Suvda eriydigan asoslar
(Ishqoriy va ishqoriy yer
metal gidroksidlari)

Amfoter asoslar


(amfoter metallar
gidroksidlari)

Suvda erimaydigan


asoslar
(oraliq metallar

Suvda eriydigan asoslar kuchli teriga tegsa terini kuydirish (o’yish) xususiyatiga ega shuning uchun o’yuvchi ishqorlar deyiladi.


Misol uchun;
KOH – o’yuvchi kaliy
NaOH – o’yuvchi natriy
Ca(OH)2 – o’yuvchi kalsiy
Amfoter gidroksidlar – ham kislota ham asos hossasiga ega bo’lgan gidroksidlar. Bularga;
Al(OH)3,Zn(OH)2,Be(OH)2,Cr(OH)3,Fe(OH)3
Asoslarni olinishi.
I) Suvda eriydigan asoslarning olinishi
1) Aktiv metallarga suvni ta’sir ettirib
2Na + 2H2O → 2NaOH + H2, 2K + 2H2O → 2KOH + H2
2Rb + 2H2O → 2RbOH + H2, Mg + 2H2O → Mg(OH)2 + H2
Na2O + H2O → 2NaOH, K2O + H2O → 2KOH
Rb2O + H2O → 2RbOH, MgO + H2O → Mg(OH)2
3) Aktiv metallarning gidridlariga suvni ta’sir ettirib
NaH + H2O → NaOH + H2, KH + H2O → KOH + H2
RbH+ H2O → RbOH + H2 MgH2+ 2H2O → Mg(OH)2 + 2H2
II) Suvda erimaydigan va amfoter asoslarning olinishi:
1) Metallarning tuzlariga ishqorlarni ta’sir ettirib.
CuSO4 + 2KOH → K2SO4 + Cu(OH)2, MnCl2 + 2KOH → 2KCl + Mg(OH)2
Fe(NO3)2 + 2KOH → 2KNO3 + Fe(OH)2, CrBr2 + 2KOH → 2KBr + Cr(OH)2
Asoslarning xossalari.
Fizik xossalari – asoslar turli ranga ega bo’ladi.
Misol uchun;

KOH, NaOH, Ca(OH)2 – oq rangli
Ni(OH)2 – yashil rangli
Fe(OH)3 – qo’ng’ir rangli
Cu(OH)2 – havorang rangli
CuOH – sariq rangli.

Kimyoviy hossalari.
1) Asoslarga kislotalarning ta’siri:
NaOH + HCl → NaCl + H2O, KOH + HCl → KCl + H2O
LiOH + HCl → LiCl + H2O, Ba(OH)2 + 2HCl → BaCl2 + H2O
2) Asoslarga kislotali oksidlarning ta’siri:
2NaOH + Cl2O → 2NaClO + H2O
6KOH + P2O5 → 2K3PO4 + 3H2O
Ca(OH)2 + CO2 → CaCO3 + H2O
3) Amfoter asoslarga kislota va ishqorlarning tasiri:
Be(OH)2 +2HCl → BeCl2 + 2H2O, Zn(OH)2 + 2HCl → ZnCl2 + 2H2O
Al(OH)3 +3HCl → AlCl3 + 3H2O, Cr(OH)3 + 3HCl → CrCl3 + 3H2O
Be(OH)2 + 2KOH → K2[Be(OH)4], Zn(OH)2 + 2KOH → K2[Zn(OH)4]
Al(OH)3 + KOH → K[Al(OH)4], Cr(OH)3 + KOH → K[Cr(OH)4]
4) ishqorlar tuzlar bilan reaksiyaga kirishib yangi tuz va yangi asos hosil qiladi.(sharoitga qarab o’rta yoki asosli tuz hosil qiladi)
a) ishqor ko’p bo’lsa o’rta tuz hosil bo’ladi.
Misol uchun;
CuCl2 + 2NaOH → Cu(OH)2 + 2NaCl
NiCl2 + 2KOH → Ni(OH)2 + 2KCl
b) ishqor kam bo’lsa asosli va o’rta tuz hosil bo’ladi.
Misol uchun;
AlCl3 + KOH → Al(OH)Cl2 + KCl
Fe2(SO4)3 + 4NaOH → (Fe(OH)2)2SO4 + 2Na2SO4
5) asoslar qizdirilganda metal oksid va suv hosil qiladi.
Misol uchun;
2Fe(OH)3 → Fe2O3 + 3H2O
Cu(OH)2 → CuO + H2O
2Cr(OH)3 → Cr2O3 + 3H2O
Download 27.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling