Asoslar. Asoslar deb
Download 27.73 Kb.
|
Asoslar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amfoter gidroksidlar
- Asoslarning xossalari. Fizik xossalari
- Kimyoviy hossalari. 1)
Asoslar. Asoslar deb – metal atomi va bir yoki bir nechta gidrokso guruhdan tashkil topgan murakkab moddalar. Umumiy formulasi Me(OH)n Bu yerda; Me – metal n – metal valentligi Asoslarning nomlanishi. 1) o’zgarmas valentli metallarda metal nomiga “gidrokso” guruh qo’shib nomlanadi. Misol uchun; KOH – kaliy gidroksid Ca(OH)2 – kalsiy gidroksid Al(OH)3 – alyuminiy gidroksid 2) o’zgaruvchan valentli metallar uchun metal nomidan keyin metal valentligi rim raqamida qavs ichida keyin gidroksid so’zi qo’shib nomlanadi. Misol uchun; Cu(OH)2 – mis (II)-gidroksid CuOH – mis (I)-gidroksid Fe(OH)3 – temir (III)-gidroksid 3) metal nomiga “gidrokso” guruh sonini grekcha sonlarda ifodalanishini qo’shib ham nomlash mumkin. Misol uchun; Al(OH)3 – alyuminiy trigidroksid Cu(OH)2 – mis digidroksid KOH – kaliy monogidroksid Asoslarning turlari Suvda eriydigan asoslar (Ishqoriy va ishqoriy yer metal gidroksidlari) Amfoter asoslar (amfoter metallar gidroksidlari) Suvda erimaydigan asoslar (oraliq metallar Suvda eriydigan asoslar kuchli teriga tegsa terini kuydirish (o’yish) xususiyatiga ega shuning uchun o’yuvchi ishqorlar deyiladi. Misol uchun; KOH – o’yuvchi kaliy NaOH – o’yuvchi natriy Ca(OH)2 – o’yuvchi kalsiy Amfoter gidroksidlar – ham kislota ham asos hossasiga ega bo’lgan gidroksidlar. Bularga; Al(OH)3,Zn(OH)2,Be(OH)2,Cr(OH)3,Fe(OH)3 Asoslarni olinishi. I) Suvda eriydigan asoslarning olinishi 1) Aktiv metallarga suvni ta’sir ettirib 2Na + 2H2O → 2NaOH + H2, 2K + 2H2O → 2KOH + H2 2Rb + 2H2O → 2RbOH + H2, Mg + 2H2O → Mg(OH)2 + H2 Na2O + H2O → 2NaOH, K2O + H2O → 2KOH Rb2O + H2O → 2RbOH, MgO + H2O → Mg(OH)2 3) Aktiv metallarning gidridlariga suvni ta’sir ettirib NaH + H2O → NaOH + H2, KH + H2O → KOH + H2 RbH+ H2O → RbOH + H2 MgH2+ 2H2O → Mg(OH)2 + 2H2 II) Suvda erimaydigan va amfoter asoslarning olinishi: 1) Metallarning tuzlariga ishqorlarni ta’sir ettirib. CuSO4 + 2KOH → K2SO4 + Cu(OH)2, MnCl2 + 2KOH → 2KCl + Mg(OH)2 Fe(NO3)2 + 2KOH → 2KNO3 + Fe(OH)2, CrBr2 + 2KOH → 2KBr + Cr(OH)2 Asoslarning xossalari. Fizik xossalari – asoslar turli ranga ega bo’ladi. Misol uchun; KOH, NaOH, Ca(OH)2 – oq rangli Ni(OH)2 – yashil rangli Fe(OH)3 – qo’ng’ir rangli Cu(OH)2 – havorang rangli CuOH – sariq rangli. Kimyoviy hossalari. 1) Asoslarga kislotalarning ta’siri: NaOH + HCl → NaCl + H2O, KOH + HCl → KCl + H2O LiOH + HCl → LiCl + H2O, Ba(OH)2 + 2HCl → BaCl2 + H2O 2) Asoslarga kislotali oksidlarning ta’siri: 2NaOH + Cl2O → 2NaClO + H2O 6KOH + P2O5 → 2K3PO4 + 3H2O Ca(OH)2 + CO2 → CaCO3 + H2O 3) Amfoter asoslarga kislota va ishqorlarning tasiri: Be(OH)2 +2HCl → BeCl2 + 2H2O, Zn(OH)2 + 2HCl → ZnCl2 + 2H2O Al(OH)3 +3HCl → AlCl3 + 3H2O, Cr(OH)3 + 3HCl → CrCl3 + 3H2O Be(OH)2 + 2KOH → K2[Be(OH)4], Zn(OH)2 + 2KOH → K2[Zn(OH)4] Al(OH)3 + KOH → K[Al(OH)4], Cr(OH)3 + KOH → K[Cr(OH)4] 4) ishqorlar tuzlar bilan reaksiyaga kirishib yangi tuz va yangi asos hosil qiladi.(sharoitga qarab o’rta yoki asosli tuz hosil qiladi) a) ishqor ko’p bo’lsa o’rta tuz hosil bo’ladi. Misol uchun; CuCl2 + 2NaOH → Cu(OH)2 + 2NaCl NiCl2 + 2KOH → Ni(OH)2 + 2KCl b) ishqor kam bo’lsa asosli va o’rta tuz hosil bo’ladi. Misol uchun; AlCl3 + KOH → Al(OH)Cl2 + KCl Fe2(SO4)3 + 4NaOH → (Fe(OH)2)2SO4 + 2Na2SO4 5) asoslar qizdirilganda metal oksid va suv hosil qiladi. Misol uchun; 2Fe(OH)3 → Fe2O3 + 3H2O Cu(OH)2 → CuO + H2O 2Cr(OH)3 → Cr2O3 + 3H2O Download 27.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling