Asosnoma mavzuning dolzarbligi


Download 16.36 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi16.36 Kb.
#219710
Bog'liq
Mark Tven asarlari asosnoma


“Mark Tven asarlari o’zbekcha tarjimalarining o;ziga xosliklari”

Mavzuida

ASOSNOMA

Mavzuning dolzarbligi. Yosh avlaod ma’naviy kamolatini ta’minlashda badiiy adabiyotning yetuk namunalari o’ziga xos o’rin egallaydi. Bu xususda bolalar adabiyoti tarjimachiligi ham muhim o’rin tutadi. Chunki jahon adabiyoti durdona namunalari bilan tanishish yosh kitobxonlarda o’zga xalqlarurf-odatlari, tarixi, madaniyati haqida tushunchalar hosil bo’ladi, dunyoqarashi kengayadi.

Mavzuning respublikada olib borilayotgan tadqiqotlarning ustuvor yo’nalishlariga mosligi.

Muammoning o’rganilganlik darajasi. Amerika va jahon adaboyitining yorqin vakillardan biri bo’lgan Mark Tven(asl ismi Samuel Klemens) yaratgan asarlari bilan nafaqat bolalar, balki kattalar qalbida ham o’chmas iz qoldirgan. Mark Tven asarlari XX asr o’rtalaridan boshlab o’zbek tiliga tarjima qilinq boshlagan. Jumladan, “Geklberi Finning boshidan kechirganlari” O.Raximiy tomonidan tarjima qilinib, 1938, 1947, 1948, 1960 yillarda to’rt marta qayta nashr qilingan. Lekin bu nashrlar shunchaki nashr bo’lmay, har bir nashrga tarjimaon muayyan o’zgartirishlar kiritgan. O.Raximiy “Tom Soyerning boshidan kechirganlari”ni 1948 yilda,“Hikoya va pamfletlar”ini 1959 yilda tarjima qilgan. “Shahzoda va gado”ni Nurbek 1962 yilda, “Ezma Bessi”ni U.Shamsimuhammedov 1963 yilda, “Janna d’Ark”ni R.Komilov 1965 yilda, “ Tom Soyerning yangi sarguzashtlari”ni A.Abdumajidov 1980, “Yanki va qirol Artur”ni Sh.Usmonjo’jayev 1984 yilda, “Ovsar Vilson”ni Sh. Usmonjo’jayev 1986 yilda tarjima qilishgan.

Biroq Mark Tvenning deyarli barcha asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan bo’lsa-da, tarjimashunosligimizda yozuvchi asarlari o’zbek tarjimalarining o’rganilishi borasida hech qanday ma’lumot yo’q.

Ishning ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqligi.

Tadqiqotning maqsadi.

-Mark Tven asarlarining amerika va jahon adabiyotida tutgan o’rnini belgilash;

-“Tom Soyerning boshidan kechirganlari” va “Geklberi Finning sarguzashtlari” asarlari tarjimalarida milliy kolorit qayta yaratilishi o’ziga xosliklarini tadqiq etish;

-“Tom Soyerning boshidan kechirganlari” va “Geklberi Finning sarguzashtlari” asarlar tarjimalarida bosh qahramon xarakterlari qayta yaratilishi bilan bog’liq jihatlarini o’rganish;



Tadqiqot obyekti.

Mark Tven ingliz tilidagi asarlari, ularning Ruscha tarjimalari hamda Ruscha tarjimalari asosida o’zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan asarlari.

Tadqiqot predmeti.

Tarjimashunoslik.



Kutilayotgan ilmiy yangiliklar.

-Mark Tven asarlarining o’zbek tiliga tarjima qilinishi tarixi yaratiladi;

-Mark Tven asarlari o’zbekcha tarjimalarini o’rganish orqali bolalarga mo’ljallangan asarlar tarjimalarining o’ziga xosliklarini belgilashga harakt qilinadi;

- Mark Tvenasarlarining o’zbekcha tarjimalarini qiyosan tadqiq etish bilan bir yozuvchi asarlarining bir tarjimon tomonida o’girilishida tarjimon mahorati muammolarining turli qirralarini ko’rsatih ko’zda tutiladi;

-Mark Tven asarlari o’zbekcha tarjimalarida milliy koloritni qayta yaratilishining turli jihatlari turli tarjimonlar badiiy mahorati nuqtai nazaridan o’rganiladi;

-Mark Tven asarlarining o’zbekcha tarjimalarida bosh qahramonlar xarakterlari shakllanishi turlicha talqinlarining o’ziga xos jihatlarini ko’rsatishga harakat qilinadi.



Mavzu bo’yicha rejalashtirilayotgan ishlar;

Ishning birinchi bobida -Mark Tven ijodining Amerika va jahon bolalar adabiyotidagi o’rni hamda yozuvchi asarlarining o’zbek tiliga tarjima qilinish trixi haqida ma’lumot beriladi.

Ikkinchi bobda “Tom Soyerning boshidan kechirganlari” va “Geklberi Finning sarguzashtlari” asarlari tarjimalarida milliy koloritning qayta yaratilishi muammolari xususida fikr yuritiladi.

Uchinchi bobda “Tom Soyerning boshidan kechirganlari” va “Geklberi Finning sarguzashtlari” asarlari tarjimalarida bosh qahramon xarakterining qayta yaratilishidagi o’ziga xosliklar tahlil qilinadi.



Tadqiqot usullari.

Tadqiqot qiyosiy-tarixiy tadqiq usuliga asoslanadi.
Download 16.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling