Аsosnoma tadqiqotchining F. I. Sh.: Raxmonova Yulduz Xusanovna Bajarilishi rejalashtirilayotgan dissertatsiya ishi mavzusi


Download 90.5 Kb.
bet4/5
Sana06.02.2023
Hajmi90.5 Kb.
#1171917
1   2   3   4   5
Bog'liq
ASOSNOMA tekshirilgan1.

Tadqiqotning maqsadi Ernest Hemingueyning “Fiesta” asarini tadqiq qilish orqali, uning o’ziga xos yozish uslubi, konseptning semantik maydoni va tarjimaviy xususiyatlarini tadqiq etishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
- Ernest Hemingvay asarlarini yozish uslubini qiyosiy-tipologik tahlil qilish;
- Gertruda Steynning «Sizlar zavol topgan avlodsiz!» degan mashhur iborasi epigraf qilib olingan «Fiesta» ya’ni ikkinchi nomi “Quyosh baribir chiqaveradi” asarining ma’nosini to’laqonli ochib berish;
-asarda ham ayni shu «zavol topgan avlod»ning botiniy dunyosi o’zbek kitobxonlariga ikki tilda qiyoslagan holda yetkazib berish;
- Urushga o’rgangan va urushsiz yashay olmay qolgan avlodning urushsiz dunyoda o’zligini topish mashaqqatlarini aks ettirgan asar qaxramonlarining xissiyotlarini semantik tahlil asosida ochib berish;
- Asar qaxramonlarini psixologik portretini ochib berish.
Tadqiqot ob’ekti : Ernest Hemingueyning “Fiesta” yoki “Quyosh baribir chiqaveradi" romani
Tadqiqot predmeti: Asl matn va tarjimadagi leksik ma’no xususiyatlari, hamda tarjima jarayonida yo’qotilinayotgan va orttirilayotgan semantik ma’nolarini tahlilidan iborat.
Tadqiqot metodologik asosi va tadqiq usullari. Tadqiqot uchun material XX asr AQSh adabiyotining yorqin namoyandasi Ernest Miller Xeminguey “Quyosh baribir chiqaveradi” badiiy asari hizmat qildi.
Tadqiqotda belgilangan maqsadga muvofiq quyidagi tadqiq usullaridan foydalanildi: lingvistik sharhlash va tavsiflash, funksional-semantik, komponent, translotologik, transformatsiya usullari.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ingliz tilidagi asarni o’zbek tillga tarjima qilingan badiiy matnlarida semantik maydonning o’xshash va farqli tomonlarini ochib berish orqali asarning asl ma’nosini kitobxonlar ommasiga yetkazish.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uch bob, umumiy xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʼyxatidan iborat bo`ladi.



Download 90.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling