Asqad Muxtorning "Chinor" romanida obraz


Download 36.73 Kb.
bet1/4
Sana21.06.2023
Hajmi36.73 Kb.
#1644075
  1   2   3   4
Bog'liq
Asqad Muxtorning111


Asqad Muxtorning “Chinor” romanida obraz

Reja:
I.Kirish


II. Asosiy qism
2.1. “Chinor” romanining mazmuni.
2.2. “Chinor” romanining kompozitsiyasi
2.3. “Chinor” romanida ayol portreti
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
Mundarija

I.Kirish……….………………………………………………………………….3


II. Asosiy qism
2.1. “Chinor” romanining mazmuni…………………………………………..11
2.2. “Chinor” romanining kompozitsiyasi…………………………………..13
2.3. “Chinor” romanida ayol portreti………………………………………….20
III. Xulosa……………………………………………………………………….25
IV. Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………….26


I.Kirish
O'zbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtor o'zining serqirra ijodiy-estetik faoliyati bilan XX asr milliy madaniyatimiz rivojiga sezilarli ulush qo'shdi.O'zbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtor o'zining serqirra ijodiy-estetik faoliyati bilan XX asr milliy madaniyatimiz rivojiga sezilarli ulush qo'shdi. Uning mumtoz she'riyatimiz, nasrimiz, dramaturgiyamiz va tarjimachilik san'atimiz bisotidanmunosib joy olgan qanchadan-qancha o'qishli asarlari bor. Yodingizda bo'lsa, adibning qariyb besh yillik ijodiy mehnati mahsuli bo'lmish “CHinor” romani bosh qahramoni Ochil buva taqdirning lahzalik hal qiluvchi sinoviga dosh berolmay o'zini nobud qilgan Akbaraliga shunday ta'rif beradi: “O'zi... bandi mo'rt edi. Uchdi ketdi.”
Asqad Muxtor avlodining bolalik va o'smirlik yillari kechgan o'tgan asrning 20-30-yillari shafqatsiz bo'ronlari ham uning son-sanoqsiz tengdoshlarini bandi mo'rt yaproqdek uchirib, nest-nobud qilganiga tarix guvoh. Kolxozlashtirishdek noinsoniy siyosat butun mamlakatni zir titratayotgan bir pallada – 11 yoshida otasidan ayrilgan, yana o'n bir nafar norasida bilan yolg'iz ona qo'lida qolgan Asqadning, shukrlar bo'lsinki, “bandi mo'rt”, umri qisqa emas ekan.
Qolaversa, adibga tengdosh, u bilan bir vaqtda yozishni boshlab, undan-da ko'proq umr nasib etgan qanchadan-qancha qalamkashlar bitgan narsalar, aynan bandi mo'rtligi tufayli ham mulliflaridan oldinroq yo'qlik sari yuz tutgani ham achchiq haqiqatdir...
O'zining ko'plab avloddoshlarinikidan farq qilaroq, Asqad Muxtor yozgan aksariyat asarlar umrboqiyligining ayrim omillarini esa adibning “Uyqu qochganda” (“Tundaliklar”) nomli mo''jaz kitobidagi bitiklar qa'ridan izlashga harakat qilamiz.
“Shunday yillarni ko'rdikki, baxtli bo'lish uyat edi”, deydi adib.
San'at va adabiyotning estetik hodisa ekanini, ular, avvalo, ming jilvada turlanuvchi insoniy his-tuyg'ular, odam bolasini to qiyomat qadar o'yga toldiruvchi abadiy muammolar tasviri, tahlili va talqini bilan band bo'lishi lozimligini unutmagan holda yana bir haqiqatni ham aytmoq kerakki, zamonasi dardlariga, insoniyat, o'z xalqi va millati taqdiriga befarq ijodkor o'sha san'at yoxud adabiyotda hodisa bo'lgulik birorta asar yarata olmaydi. San'at va adabiyotning hozirga qadar yashab kelayotgan barcha mumtoz namunalarining “xamirturishi”da mualliflar o'z zamonasidan orttirgani achchiq dardlar, ularning qalbiga zamona kishilari etkazgan kuchli ozorlar mujassamdir. Eslasangiz, Asqad Muxtor izidan borgan juvonmard shoir SHavkat Rahmon ham “baxt so'zi”ga shunday yondashgandi:
Bu so'zni bir umr aytmay yashadim,
har shodlik kelganda yurdim sekinroq.
G'am so'zin elimdan avvalroq aytdim,
baxt so'zin aytaman,
eldan keyinroq.
Ayni haqiqatlarga ishora qilar ekan, “Tundaliklar” muallifi o'zini-da ayamagan tarzda mana bu mardona, ayni paytda g'oyat tagdor iqrorni bitadi: “Bizning avlodda zamonadan qochganlar qutildi”. Bu gapni bir-biriga qarama-qarshi ikki ma'noda tushunish, tushuntirish mumkin. Birinchisi – “zamona tazyiqlariga bo'ysunib, uning tahdidlariga bir amallab chap berib jon saqlaganlar” ma'nosida va ikkinchisi – “zamona zayliga yurmay, uning yo'ldan ozdiruvchi qutqularidan baland turib, insoniy qiyofasini saqlab qolganlar” mazmunida. eng asosiysi – adib har ikki ma'noda ham o'zi kashf etgan hayotiy va insoniy haqiqatni o'quvchiga sezdira olgani. Avloddoshlarining ko'pchiligidan yana farq qilaroq, faqat milliy, Sharq adabiyotinigina emas, balki butun insoniyat klassiklari yaratgan asarlarni tinimsiz mutolaa qilgan, o'zining ijod mahsullarini ular bilan muntazam muqoyasa qilib borishga odatlangan Asqad Muxtorning badiiy didi havas qilarlik darajada baland bo'lgani ham “Tundaliklar”dan yaqqol seziladi. Professional adib o'zi shug'ullanayotgan sohaning oliy estetik talabini mana qanday ifoda etadi: “Donjuanlar, faustlar, majnunlar, prometeylar, iskandarlar, jyul`ettalar ko'p bo'lgan. Lekin ularni faqat Bayron va Pushkin, Hyote va Heyne, Navoiy va Nizomiy, esxil va SHekspir nomlari bilan bog'laymiz. Boshqa mualliflarda bular hayotda yoki tarixda bo'lgan narsa kabi qabul qilinadi. Faqat daholar qo'liga tushgandagina “fakt” muammoga aylanadi. Biz endi buni klassika deb ataymiz”.
Darhaqiqat, yuqorida ta'kidlanganidek, zamonasining eng og'ir dardlarini qalbidan o'tkazgan ijodkorlar hayot faktlari, hodisalari qa'ridagi, insonlar tabiatidagi abadiy muammolarni ko'ra oladilar, ularni reallikdagidan-da murakkabroq manzaralarini chiza bilishadi. Navoiy dostonlarida, Dostoevskiy, Tolstoy, Remark, Kam`yu va Aytmatov romanlarida, qo'ying-chi, san'at va adabiyotning aksariyat mumtoz namunalarida biz benihoya chigal, murakkab, javobsiz muammolarni idrok qilamiz, shu idrok asnosida o'zimiz-da ruhan o'zgaramiz, qalban toblanamiz.
Ana shu nuqtai nazarda sobit turgan Asqad Muxtor, bizningcha, o'z davridan hozirga qadar juda ko'p ziddiyatli talqinlarga sabab bo'layotgan Umar Xayyom merosiga ham eng qisqa va eng to'g'ri ta'rifni bergandek: “Xayyom ruboiylari – foniy bandaning javobsiz faryodlaridir”.
Garchi muallif “Tundaliklar”dan o'rin olgan bitiklarini “uzuq-yuluq”, “biri bog'dan, biri tog'dan” deya ta'riflasa-da, didli o'quvchi bu kitobda nihoyatda zukko o'zbek ziyolisining sir va jumboqlarga to'la hayot haqidagi, cheksiz chigal inson tabiati, millatning arimas dardlari, ijodiy mehnatning ko'z ilg'amas tabiati ... xususidagi bir-biriga chambarchas bog'liq, bunisi boshqasini to'ldiradigan, biri ikkinchisiga izoh bo'lib boyitadigan yaxlit tafakkur mahsulini sezadi, his qiladi.
Masalan, adibning mana bu mulohazalarini yuqoridagi fikrlari fonida idrok etishga harakat qilaylik: “Bir qolipdagi (tipovoy) imoratlar, bir qolipdagi shaharlar xuddi shunday bir qolipdagi odamlar va bir qolipdagi fikrlovchilarning paydo bo'lishiga yordam beradi”.
Mana shunday – individual dunyoqarash va diddan mosuvo, ozgina o'zgacha fikr va harakatni nayza bilan qarshi oluvchi, shaxslikka intilayotganlarga nafrat-la boquvchi omma – olomonni esa barcha zamonlarning hokimi mutlaqlari osonlik bilan o'z yo'liga solishgan, uning nomidan hukmlar o'qib, uning nomidan tarixlar to'qishgan (Abdulla Oripov. “Olomonga” she'ri).
Bundan ikki yil avval Germaniya, Frantsiya, SHveytsariya diyorlariga safarimiz chog'i bizni – yuqorida aytilgan muhitda o'sib ulg'aygan kishilarni bir narsa qayta-qayta hayratga soldi. U o'lkalarda qad rostlagan birorta imorat boshqasiga o'xshamasligi barobarida, ko'chalarni to'ldirib oqayotgan engil avtomobillar orasida ikkita bir xil modeldagi mashinani ko'rmadik. Dunyoda mashina deganlarining turi bu qadar ko'pligidan yoqa ushladik. Bizning yoqamizni ushlatgan narsa, aslida, nima edi?
Topdingiz: har qanday qoliplardan holi, erkin, ijodiy tafakkur, to'la hurlikka ega xayol va yaratuvchan fantaziya! “Tundaliklar”da buning yana bir tavsifi bor: “Har bir shaxs – mustasnodir”!
Yoshi etmishdan oshgan, bemor tanasi madorsiz, biroq olam go'zalligiga oshno ruhi hamisha uyg'oq Asqad Muxtorning yaratuvchan ijodiy xayolida dunyoga kelgan mana bu manzaraga biz ham ko'ngil ko'zimizni qarataylik:
“Ertalab turib nimalarni ko'raman? Ana ko'zgu – yorug'lik va kristallarning sirli o'yini... Qaerdadir tutun uyg'onib, qo'li bilan shamol kelgan tomonni ko'rsatyapti...
Dunyo katta, mo''jizalarga chulg'angan: chinorlarning mardligi, gullarning arxitekturasi... O'simliklarda ijodkor sharbat yog'du bosqichlaridan ko'tariladi, erga yashillik purkaydi.
– Hoy, tanobchi ariqlar! Toqqa necha chaqirim qoldi? Ular nima qilyapti?
Osmon tubida qoramtir biqinlarini yuvyapti!”
...So'zimiz avvalida Asqad Muxtorga tengdosh uncha-muncha yozuvchi-shoirlarning bandi mo'rt, bachki yaproqdek adabiyot daraxtidan uchib ketganini aytgan edik. “Tundaliklar”dan ana shunday qalamkashlar xususidagi kinoya ham o'rin olgan: “Uni hamma talantli yozuvchi deb hisoblar edi. Lekin bu tasavvurni o'zi buzib qo'ydi: o'zi ham shunday deb hisoblar ekan”.
Asqad Muxtor nazarda tutgan shunday yozuvchilardan birining uyushma minbarida g'oz turib aytgan mana bu gapini eshitish “baxti” ham nasib qilgan: “Mi obraz-pobraz ne priznaem: mi pryamo pishem!” Mana shu singari “pryamo pisar”lardan ko'ngli zada bo'lgan adib “Uyqu qochganda” quyidagilarni bitgan ekan:
“O'zingnikigina emas, o'zgalarning nodonligi ham yozishga xalaqit beradi”.
“Kimningdir yozganiga ofarin, kimningdir yozmagani uchun rahmat”...
Asqad Muxtor qoldirgan ulkan badiiy merosning jimitdekkina qismi, hajmi bor-yo'g'i bir yarim bosma toboq bo'lgan kitobchadagi ayrim bitiklarning o'zi ham ko'rsatib turibdiki, o'zbek adabiyoti bu donishmand adib faoliyati bilan qanchalar boyigan, qanchalar balog'atga erishgan. Bu meros tafti hali necha-necha avlodlar qalbiga nur, iliqlik olib kirajak. Ijodkor insonning eng katta baxti, uning ruhini shod qiladigan eng katta savob shu bo'lsa, ne ajab?..
, „Qizil Oʻzbekiston“ gazetalarida mas’ul kotib, boʻlim mudiri (1945—1948). Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi kotibi (1957—1969, 1985—1988), uyushma boshqaruvi raisining oʻrinbosari (1965), „Sharq yulduzi“ (1960—1965), „Guliston“ (1969—1980) jurnallari, „Oʻzbekiston adabiyoti va san’ati“ gazetasi bosh muharriri (1981—1982). 1996-yilning 17-aprelida vafot etgan.Dastlabki dostoni — „Bizning avlodlar“ (1939) Buxoro mehnatkashlarining oʻtmish hayoti haqida. Adib ijodida oʻzbek xalqining maʼnaviy kamolotini koʻrsatish masalasi muhim oʻrin egallagan. Bu niyatini u oʻzbek ishchi sinfi hayotini tasvirlash orqali amalga oshirishga intiladi.„Poʻlat quyuvchi“ (1947) poemasi bilan „Daryolar tutashgan joyda“ (1950), „Opa-singillar“ (1954), „Tugʻilish“ (1961) asarlari oʻrtasida mushtaraklik bor. „Davr mening taqdirimda“ (1964).„Chinor“ (1969) romanlarida mehnat kishisining yuksak insoniy fazilatlari tasvirlangan. „Chinor“ romani mazmun va shakliga koʻra oʻziga xos asar boʻlib, unda oʻzbek xalqi bosib oʻtgan tarixiy yoʻl, kishilar ruhiyati ifoda etiladi.Mehnat kishisi obrazi, uning yaratuvchilik faoliyati „Boʻronlarda bordek halovat“ (1976) qissasida yangi qirralari bilan aks etdi. „Amudaryo“ (1986) romani Afgʻonistondagi voqealar haqida hikoya qiladi. Adib qahramonlari fikrlovchi, mushohada yurituvchi, bahslashuvchi kishilardir. Bu hol uning lirikasi uchun ham xosdir.„99 miniatyura“ (1962), „Sheʼrlar“ (1966), „Sirli nido“ (1984) va boshqa kitoblariga kirgan nazmlari bilan oʻzbek poeziyasining boy imkoniyatlarini namoyish qildi. Uning poetik ijodi hayotiy mazmunga toʻla, koʻproq voqeaband, hajviyotga moyil. Ularda inson hayotining oʻtkinchiligi va haqiqati haqidagi oʻylar, inson va tabiat munosabatlariga oid murakkab savdolar aks etgan.
. Bu asarlarida inson maʼnaviyatining qadri, odamning bosh fazilati har qanday holatda ham insoniylik ekanligini samimiy tasvirladi. Sofokl, Tagor, Pushkin, Lermontov, Blok, Mayakovskiy singari adiblarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
“Chinor” romani yozuvchi Asqad Muxtor tomonidan 1969-yilda yozilgan. So'ngra “Yangi asr avlodi” nashriyotida nashr etilgan. Roman realistik uslubda yozilgan. “Chinor” romanida XX asrning 60-yillarigacha bo`lgan voqealar tasvirlangan. Chinor mangulik ramzi, xalqimiz ramzidir.Oila boshi Ochil buva safari bilan shartli ravishda o'zaro bog'langan qissalarning har biri mustaqil axloqiy-estetik fikrni oldingi suradi. Romandagi bosh qahramon Akbarali G`oziyev bo'lib, u juda mehnatkash, kamgap, novcha yigit. Bu asardagi asosiy qahramonlardan biri Ochil buva chinor tasviriida tasvirlangan Deb o'yladim. Uning umrini uzunligi va yaxshi yomon ko'p narsalarini vanvoqealarni ko'rganligi chinorga qiyoslangandir balki. Uning qarindoshi bo'lgan Akbarali vijdon azobi bilan qiynalgamligi ko'rib yuragi eziladi lekin o'z navbatida qo'lidan hechnarsa kelmasligini ham bilardi. Vaqt hamma narsaga davo bo'lganidek. Bungá ham davo bo'ldi balki. Akbarali o'zini suvga tashagani balki to'g'ri bo'lgandir u kimningdir hayoti evaziga yashab yurishni uni oldida qanchalar vijdonli qiynalgamligi sabab bo'lgandir. Juda ta'sirli kitob.



Download 36.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling