Asqad Muxtorning “Paxta” she’rining badiiy tahlili


She’rning poetik xususiyati


Download 27.88 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi27.88 Kb.
#1578645
1   2   3   4
Bog'liq
Asqad Muxtorning “Paxta” she’rining badiiy tahlili

She’rning poetik xususiyati:

She’r janri: ijtimoiy lirikaga mansub.




Asarning tashqi qurilishi:

Asosiy matn:8misradan iborat.


Epigraf: mavjud emas.
Bag’ishlov: yo’q.
Joy qaydi: berilmagan.
She’r yozilgan sana:1943.


Tematik kompozitsiya:

1.Boshlanma: sarlavha


2.O’y-fikrlar va voqealar rivoji.
3.Tugallanma: so’ngi misralar.


Til xususiyatlari:
Ushbu she’rda ruscha so’zlar uchramaydi, fikrlari barcha uchun tushunarli soda va ravon tilda yozilgan.
Badiiy asarda tasvirlanayotgan narsani jonli ravishda tasvirlash, his-tuyg’u va kechinmalarni yorqin ifodalashga xizmat qiluvchi vositalarni umumlashtirib “badiiy tasvir va ifoda turlari” deb ataymiz. Badiiy tilning xususiyati bo’lgan obrazlilik va emotsionallikni kuchaytiruvchi unsurlar hisoblanadi. Badiiy matnning isoniy tahlilidayozuvchining qanchalik mahoratlligi ochib beriladi. She’rning til xususiyatlari shoirning so’z qo’llash bilan bog’liq mahoratini ko’rsatib beradi, hamda lirik qahramonning ruhiy holati, kechinmalarini anglash uchun xizmat qiladi.
She’rning til xususiyatlari qaysidir ma’noda shoirning so’z qo’llash bilan bog’liq mahoratini ko’rsatib beradi hamda lirik qahramonning ruhiy holati, kechinmalarini anglash uchun xizmat qiladi. Mana shunday unsurlardan biri yuqorida aytib o’tganimiz arxaik so’zlardir. Arxaizm tilning hozirgi davri uchun eskilik bo’yog’iga ega bo’lgan til birligidir. “Terimchi qizga” she’ridagi eskirgan yoki qo’llanish doirasi chegaralangan so’zlar uchramaydi.
Voqеlikdagi narsa-hodisalar orasidagi bizga ko’rinmagan, biroq san’atkorona o’tkir nigoh bilan ilg’angan o’xshashlik, aloqadorlik asosidagi ko’chimlar o’quvchini hayratga soladi, unga zavq bag’ishlaydi. Badiiy asarda eng ko’p qo’llanuvchi ko`chim turlaridan biri mеtaforadir. Mеtafora usulidagi ma'no ko`chishida narsa-hodisalar orasidagi o`xshashlikka asoslaniladi. Tabiatan, mеtaforani yashirin o`xshatish dеb atash mumkin.

Tun. Vayrona. Oyna chil-chil siniq,


Yig’laydi och mushuk yolg’iz ko’chada.
Jonini qahraton yamlab o’tsa-da,
Ketmaydi – kulbaning g’ishtlari iliq.
Shoirning ushbu sheʼriy parchasida "tun" , " vayrona" haqida soʻz yuritiladi. Tunda chil-chil holatda subhan oyna, unda mushuk yigʻlab oʻtirishi shoirning sheʼr yozish koʻnikmasini qay darajada yuksakligini bayon etib beradi.
Mehmondo’st rasmini tasvir etibdi
Qaysi bir erkaning qo’g’irchoqlari…
Yuzlarin qurumlar bosib ketibdi,
Balki go’dak qizning ovunchoqlari…

Bunda lirik qahramon sheʼrni yozishda davom etar ekan, qoʻgʻirchoq oʻynab oʻtirgan bir erka qizning yuzlaridagi holat, uning ovunchoqlari yoki oʻzining holati qanday darajada ekanligi , vayronadan keyin uning holati yuksak darajada tasvirlangan.


Qofiyalanish tartibi. Bunda band misralarining o‘zaro qofiyalanish sxemasi nazarda tutiladi. Banddgi qofiyalanish tartibi turlicha bo‘lib, bu tartib bandning ritmik-intonatsion butunlikka birikishida muhim ahamiyat kasb etadi.
She'rdagi qofiyalanish tartibi quyidagicha:
She’r bandlarga ajratilmagan, qofiylanishini oson tushuntirish maqsadida bandlarga ajratib oldim:
1-band: a-b-b-a
2-band: a-a-a-a

Tugallanma vazifasidagi birinchi band qofiyalanish tartibi qolgan 2 banddagidan o‘zgacharoq tarzda kelgani she'rdagi "portlash" ni, yakunni alohida ta'kidlash maqsadida qo‘llanganini ko‘ramiz.


She'riy nutqning tashkillanishida o‘ziga xos gap qurilishining juda katta xizmati borki, uning musiqiy ohangga ega bo‘lishi, emotsional jihatdan to‘yintirilishi, ta'sirdorligi ko‘p jihatdan she'riy sintaksis hisobiga ta'minlanadi. Sintaksik sathdagi normadan og'ishlar ko‘proq she'riy nutqqa xos hodisa sanaladi, shu bois ham adabiyotshunoslikda “poetik sintaksis” degan maxsus tushuncha mavjud.
She'riy sintaksisga xos normadan og‘ishning eng keng tarqalgan ko‘rinishi inversiyadir. Inversiya she'riy nutqda gap bo‘laklari tartibining o‘zgartirilishidir. So‘z tartibining o‘zgarishi ma'no urg‘usi tushayotgan so‘zni ta'kidlab ko‘rsatish, uni misradagi urg‘uli pozitsiya – ko‘proq misra oxiriga surish imkonini beradi.

Download 27.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling