Assalomu aleykum mehribon volidam sizni fasllarning erka kelinchagi baxor yosharish yangilanish bayrami bilan chin yurakdan tabriklayman. Yuragi oppoq qordek pokiza kulgusi shams nuridek nurafshon mehri ummondek cheksiz qadri cheksizlikdanda cheksiz bo`lgan, ko`zlarim quvonchi, qaysar ko`nglimni ishonchi, yiqilishimga qo`ymagan, madadkorim suyanchim, baxordek beg`uborim onajonim. Dunyodagi neki chiroyli so`zlar tilaklar, barcha go`zalliklar, ushbu keng olam bag`ridagi jamiki faqat ezgulikni o`zida jo aylagan har bir narsa har bir tuyg`u barchasi siz uchun, faqat siz uchun onajonim. Hamisha baxordek ochilib mehr ulashib yashang baxtimizga sog` salomat bo`ling sizni juda ham yaxshi ko`raman.
Do'stlaringiz bilan baham: |