Asr boshidan beri 480 ta korporatsiya kasod bo‘lgan: yirik kompaniyalar o‘z dolzarbligini qanday saqlab qoladi? Polaroid va Kodak kompaniyalarining, masalan, Canon’dan farqi nimada?
Korporativ innovatsiyalarni joriy etishdagi to‘siq va muammolar
Download 239.63 Kb.
|
1 2
Bog'liqAsr boshidan beri 480 ta korporatsiya kasod bo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xo‘sh, qanday tashkil qilinadi o‘sha korporativ innovatsiyalar
Korporativ innovatsiyalarni joriy etishdagi to‘siq va muammolar
Kompaniya kattalashgach, u yerda ko‘p qavatli iyerarxiya va murakkab ichki kommunikatsiya paydo bo‘lib, o‘zgarishlarni boshqarish ham sekin, ham muammoli bo‘ladi. Masalan, 1985 yilda AQShda ochilgan Blockbuster kompaniyasi filmlar va videoo‘yinlarni kompakt disklarda ijaraga berish bilan shug‘ullangan. O‘z faoliyati cho‘qqisi bo‘lmish 2004 yilda 9000 dan ortiq savdo nuqtalarida 85 mingga yaqin ishchilari bo‘lgan ushbu gigant kompaniya 2010 yilga kelib kasod bo‘lganini e’lon qilgan. 1997 yilda tashkil topgan xuddi shunday biznes, ya’ni disklar prokati bilan shug‘ullangan Netflix esa bugun dunyodagi eng muvaffaqiyatli kompaniyalar sirasiga kiradi. Ehtimol, bu raqobatda Netflix yutib chiqishi uning nisbatan yoshroq va kichikroq, demakki, innovatsiyalarni joriy qilish uchun ochiqroq bo‘lgani sabab bo‘ldi. Videoni internet orqali iste’mol qilish disklar biznesini o‘ldirgach, faqat zamonga moslasha olgan Netflix’gina bozorda qola oldi. Butun dunyoda, rivojlangan o‘lkalardaki korporatsiyalar innovatsiyalarni joriy qilishga qiynalar ekan, O‘zbekistonda bu jarayon ayniqsa mushkul kechadi. Fintex uyushma raisi o‘rinbosari Otabek Nosirovning fikricha, dunyo bo‘ylab banklar eng konservativ korporatsiya (yirik kompaniya)lardan hisoblanadi, Markaziy bank kabi regulyatorlar ham, afsuski, o‘zining progressivligi va tezkorligi bilan maqtana olmaydi. «Shunday mushkul masalalar hal bo‘lishi uchun bozordagi o‘yinchilar, regulyator, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari hamda global kompaniyalar o‘rtasida muloqot olib borilishi kerak», – deydi u. O‘zbekiston fintex assotsiatsiyasi shu maqsadda shtab-kvartirasi Kaliforniyada joylashgan, korporativ innovaitsiyalar bo‘yicha yetakchi global kompaniya Plug & Play bilan hamkorlikda O‘zbekiston banklari innovatsiyalar bilan ishlovchi mutaxassislari va soha vakillari uchun amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilgan. Xo‘sh, qanday tashkil qilinadi o‘sha korporativ innovatsiyalar? Yirik kompaniyalarda innovatsiyalar qilishning ikki usuli bor: yopiq va ochiq. Yopiq innovatsiyalar yangi loyihalar ustida ishlash va ularni amalga oshirish kompaniya ichki resurslari, shtatdagi ishchilar yordamida qilinishi va jarayonlar konfidensial bo‘lishini anglatadi. Masalan, kompaniya o‘z tarkibida R&D ya’ni tadqiqot va ishlanmalar bo‘limini tashkil qiladi. 2003 yilda Amazon kompaniyasi Lab126 jamoasini tuzishi va uning uzoq izlanish va muhokamalardan keyin Kindle elektron qurilmasini ishga tushirishi yopiq innovatsiya keysidir. Keyinroq Lab126 Amazon Fire, Amazon Echo produktlarini yaratadi. O‘zbekiston banklari misolida bunday yopiq innovatsiyalarga o‘nlab moliya muassasalari yaratayotgan mobil ilovalar misol bo‘la oladi. Mobil ilovalar kompaniyaning ichida, maxsus jamoa tomonidan yoki uning buyurtmasi bilan ishlab chiqiladi. Ochiq innovatsiyalar esa ichki resurslar bilan bir qatorda tashqaridan yangi g‘oya va ishlanmalarni olishga qaratilgan biznes amaliyotdir. Bunda katta kompaniyalar startaplar akseleratorlari, xakaton va pitch musobaqalari tashkil etadi, innovatsion yechimlar bilan kelgan tadbirkorlar ichidan eng ma’qullari tanlab olinib, ular bilan birga ishlash, qo‘shilish yoki sotib olish taklif etiladi. Masalan, Walt Disney kompaniyasi 2004 yilda Pixar’ni 7,4 milliard dollarga, keyinroq Marvel va Lucasfilm’ning har birini 4 milliard dollarga xarid qilgach, 2022 yilga kelib 164 milliard dollarga baholanadigan gigantga aylandi. O‘zbekistondagi katta kompaniyalar va banklar shu masalada rivojlanishning eng dastlabki bosqichida turibdi. Fintex uyushma vorkshopiga tashrif buyurgan bankirlarning turli savollari va tadbirkorlar yaratgan startaplarni sotib olishdagi ko‘plab muammoli vaziyatlarni ko‘tarishlari ham shundan dalolat beradi. Boz ustiga, alohida venchur fond ochish yo‘li bilan ochiq innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlayotgan yagona moliya muassasa «Aloqabank» AJ hisoblanishi ham sohada yana qancha ildamlashimiz kerakligini bildiradi. «Aksellerator yoki xakatonlar orqali startaplarni tanlab olib, ochiq innovatsiyalarni tashkil qilish boshqa kompaniyalardan ko‘ra banklarda qiyin kechadi va nozikroq masala hisoblanadi. Chunki litsenziyaviy faoliyat yuritadigan banklarda murakkab jarayonlar bo‘lib, uning ichida ishlamagan yosh tadbirkorlar bank siri, kiberxavfsizlik kabi nyuanslarni tushunmay, e’tiborga olmay qolishi tabiiy», – deya ta’kidlaydi o‘z faoliyatini bankirlikdan boshlagan, hozirda O‘zbekiston milliy venchur fondida yuridik bo‘limni boshqarayotgan Xurshida Igamberdiyeva. «Ammo shu muammoga qaramasdan, rivojlanish yo‘lida ijodiy mustaqillik tarafdorimiz. Startaplar va korporatsiyalar hamkorligi ikki tomonlama manfaatli bo‘lib, iqtisodiyotning turli tarmoqlariga yangi nafas olib kirish imkonini beradi. Har kuni 09:00 – 18:00 rejimida ishlaydigan xodimlar armiyasi hamda muayyan bir muammoni yechishda tinmay izlanish olib boradigan kichik jamoa o‘rtasida farq katta», – qo‘shimcha qiladi u. Bozor munosabatlari va zamonaviy dunyoning ilg‘or tajribalari ertami-kechmi kirib keladigan iqtisodiyotimizda doim innovatsiyalarga quchoq ochadigan kompaniyalar yashab qoladi. Buning uchun industriyadagi o‘yinchilar muntazam fikr almashishi lozim Download 239.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling