Asr oshgan qahramonlar


Download 15.51 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi15.51 Kb.
#1582211
Bog'liq
Asr oshgan qahramonlar


Asr oshgan qahramonlar
Taniqli yozuvchi , noyob iste’dod egasi Abdulla Qoddiriy o’zbek romanchilik maktabining asoschisidir.U asrimiz boshida umrboqiy romanlar yaratib adabiyotimiz tarixida yangi bosqichni boshlab berdi . Adibning “ shoirona nafis nazokat “ bilan yozilgan asarlarini kitobxonlar bayramdek kutib oldilar. Tillarda dostonga aylangan romanlarini esa boshdan oyoq yodladilar . Xalq orasida mashhur bo’lgan asarlarida yozuvchi o’tmishdagi ijtimoiy – siyosiy mavzular bilan birga oila , oilada ota-ona ma’suliyati , insonlarning axloqiy – ma’naviy fazilatlar kabi masalalarga ham e’tiborini qaratdi . Qahramonlari misolida kishilarni insoniy fazilatlar egasi bo’lishga chaqirdi . Adibning “Mehrobdan chayon “ romanidagi Nigoroyim kitobxonlariga ma’naviyati bilan o’rnak bo’ladigan ana shunday obrazlardan biridir . Bilamizki , insonlar jamiyatga puli , mol-mulki yoki martabasi bilan obro’ topishi mumkin . Nigoroyim esa davlati bilan emas balki o’zining aql-zakovati , samimiyligi yumshoqso’zligi bilan mashhur bo’ladi . “Farg’onaning kuylariga qo’shilib maqtaladigan Ra’no “ ning onasi bo’lgan bu ayol hech qachon hayotdan umidini uzmaydigan , orzu qilishdan to’xtamaydigan ayol sifatida tasviralanadi . garchi “ ortiqcha sarf – xarajatga xushi yo’q “ turmush o’rtog’i Solih maxdumdan ro’shnolik ko’rmagan bo’lsa ham to’rt farzandining ulg’ayib , shularning orqasidan yaxshi kunlar ko’rishiga ishonadi . Birni ikki qilish uchun oilasi u yoqda tursin hattoki o’ziga ham hech narsani ravo ko’rmaydigan bu kishining xasisligidan , ziqnaligidan nolib dardini ko’chaga olib chiqib hammaga ham doston qilavermaydi . Nigoroyim sabr-toqatli ayol bo’lib onasi ham dosh berolmagan turmush o’rtog’ining “ qiliqlari “ ga tishini tishini tishiga qo’yib chidaydi . Yil bo’yi usti oharli ko’ylak ko’rmasa ham , qozoni haftada bir palov ko’rmasa ham , qozoni hatda palob ko’rsa ham ko’nikib yashaydi . “ Zamonasining nodir domalsi “ bo’lgan Solix maxdum singari Nigorxonim ham o’qimishli , ayol bo’lib qizlarga ilm beradi , otinoylik qiladi . Odatda , muallimalar o’quvchilaridan bergan ilmlari evaziga ortig’i bilan sovg’a-salomlar olishadi . Qo’li ochiq , Nazari to’q , ta’magirlikdan yiroq Nigoroyim esa shogirdlaridan qo’shimcha daromad olishni ko’zlamaydi . Ilmli , ma’rifatli bo’lishiga qaramay mag’rurlanmaydigan , o’zini boshqalardan katta olmaydigan bu ayol farzandlari , shogirdlari , mahalla ayollari bilan bolalarcha sodda , samimiy suhbatlashadi . Shuning uchun yosh-u qari uning orqasidan gapirishsa ham nomini hurmat – ehtirom bilan tilga olishadi .
Darhaqiqat , har bir yozuvchi asar yaratyotganda kitobxonining ma’naviy kamol topishi uchun qahramonini o’rnak bo’ladigan qirrasiga urg’u beradi . O’z qahramoning odobi , axloqi ezgu sifatlari bilan o’quvchisini komil inson qilib tarbiyalashga intiladi . Abdulla Qodiriy ham Nigoroyim misolida kitobxonlarini sodda , samimiy , to’g’riso’z ayni paytda ilmli bo’lishga undaydi . Shuning uchun yozuvchi qahramonlari qaynab turgan ma’naviyat chashmasiga o’xshaydi va bundan asrlar o’sha kattay-u kichik bahra olib tarbiyalanaveradi .
Download 15.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling