Asrayev Z. R., Sariyev R. B
Download 0.81 Mb.
|
kompyuterning yuzaga kelishi va rivojlanish bosqichlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi universal ketma-ket periferiya shinalari
- KIRITISH – CHIKARISHNING BAZALI SISTEMASI (BIOS).
- МАВЗУ: SHKLARNI TO’G’RI ISHLATISHNING BA’ZI MASALALARI SHKNING UNUMDORLIGINI OSHIRISHNING
- SHKNING UNUMDORLIGINI OSHIRISHNING ASOSIY OMILLARI
- ADABIYOTLAR
- Savollar
- SAVOLLAR DAVOMI
Periferiya shinalariPeriferiya shinalari juda ham xilma-xildir. IDE (Integrated Drive Electronics), EIDE (Enhanced IDE), SCSI (Smale Computer System Interface) lokal shinalari ko’proq faqat tashqi qurilmalarida ishlatiladi. Hozir keng tarqalgan AT Attachment (ASA) interfeysi, 1988 yilda IBM PC AT SHK foydalanuvchilariga taklif еtilib, Integrated Drive Electronics (IDE) nomi ostida keng ma’lum, bitta yig’uvchi sig’imini 504 Mbayt bilan chegaralaydi (bu sig’im «kallak—cilindr—sektor» an’anaviy adreslashning adres kengligi bilan cheklangan: 16 ta kallak x 102 ta cilindr x 63 ta sektor x 512 bayt sektorda q 504 Kbayt q 528482304 bayt) va 5-10 Mbayt/s qiymatlarni uzatish tezligini ta’minlaydi. Kallaklar, cilindrlar va sektorlar bo’yicha ham an’anaviy (lekin kengaytirilgan) adreslashni, ham logik bloklarni (Logic Block Adress LDA) adreslashni ishlatadigan Fast ATA-2 yoki Enhanced IDE (EIDE) interfeysi 840 Mbaytgacha disk sig’imini va 16 Mbayt/s gacha almashish tezligini ta’minlaydi. EIDE ga 4 tagacha yig’uvchilar, shu jumladan CD ROM ham, QMLY ham ulanishi mumkin. BIOS ning еski versiyalarida EIDE ni qo’llash uchun maxsus drayver kerak. ATA va ATA-2 bilan bir qatorda murakkabroq diskli Small Computer System Interface interfeyslarining uchta versiyasi: SCSI-1, SCSI-2 va SCSI-3 keng ishlatilmoqda. Ularning afzalliklari: ma’lumotlarni uzatishning yuqori tezligi (Fast Wide SCSI-2 interfeysi va yaqin vaqtda qutilayotgan SCSI-3 interfeysi 40 Mbayt/s gacha tezlikni ta’minlaydi ), ulanadigan yig’uvchilarning ko’p soni (7 donagacha) va maksimal sig’imi; ularning kamchiliklari: narxi balandligi (ATA dan taxminan 5—10 marta qimmatroq), o’rnatish va sozlash murakkabligi. SCSI-1 interfeysi 8 bitli shinaga еga; SCSI-2 va SCSI-3 — 16-bitli va kuchli mashina-serverlarda va ishchi stanciyalarida ishlatishga mo’ljallangan.
Ko’p qurilmalarni: vinchesterlar, videokameralar, yuqori o’tkazish kobiliyatli printerlar va b. yaxshisi SCSI tipidagi interfeyslar va yangi standartlar: Fire Wire «olovli sim» nomi bilan ma’lum bo’lgan IEEE-1394 va AGP (Accelerated Graphics Port — tezlashtirilgan grafikli porti ) orqali ulagan ma’quldir. Xususan, o’ta tezkor raqamli ketma-ket shina Fire Wire yuqori ishonchlilik va qiymatlarni uzatishning yuqori sifati bilan tavsiflanadi, 400 Mbit/s o’tkazish qobiliyatiga еga, uning bayonnomasi vaqt bo’yicha kritik ma’lumotlarni kafolatli uzatilishini ta’minlaydi, bunda video va audioxabarlarning haqiqiy vaqt o’lchamlarida sezilarli buzulishlarsiz o’tishi taninlanadi. Fire Wire shinasi yordamida Plug@Play texnologiyasi bo’yicha katta miqdordagi va amalda istalgan konfiguraciyadagi turli xil qurilmalarni bir-biriga ulash mumkin, bu bilan u oddin aytib o’tilgan SCSI tipidagi qiyin konfiguraciyalanadigan periferiya shinalaridan keskin farq kiladi. Kuchliroq kompyuter tizimlari uchun (lokal tarmoqdar, maynfreylar) yaxshi tanilgan, oson murojaat qilinadigan va unchalik qimmat bo’lmagan 10 Base-T Externet shinasini va 1 Gbit/s o’tkazish qobiliyati bilan ishlaydigan Fibre Channel shinasini tavsiya еtish mumkin. KIRITISH – CHIKARISHNING BAZALI SISTEMASI (BIOS).BIOS – киритиш – чиқаришнинг баъзали системаси. (Basic Input Output System). Унинг айнан шундай аталишига сабаб у ўз таркибида операцион тизим ва амалий дастурлар компьютерга уланган ва унинг таркибидаги қурилмалар билан ишлашга имкон берган буйруқлар тушумига эга. BIOS машинанинг доимий эслаб қолувчи қурилмасида ДЭҚҚ жойлашган вашунинг учун шахсий компьютернинг шу модели учун барча мумкин бўлган операцион тизимларнинг умумий ва ўзгармайдиган қисми ҳисобланади. ДЭSS ичидаги нарсани ўзгартириш мураккаб ишдир ва шунинг учун амалда бажарилмайди. Лекин керак бўлиб қолганда, BIOSвазифаларини, қўшимча модуллар ёрдамида кенгайтириш йўли билан ўзгартириш мумкин. Бу зарурият қуйидаги ҳолларда келиб чиқиши мумкин:
Шахсий компьютерга янги ташқи қурилма уланганда. Тезкор хотирада диск моделлаштирилганда (виртуал ёки электрон диск) Стандарт бўлмаган буйруқли процессорни ишлатганда ва б. Бундай қўшимча модул IBMBIO.COM (ёки EM BIOS) блокидир; бу блок гўёки BIOS устига қурилган бўлиб, унинг имкониятларини ўзгартиради ва тўлдиради. Умуман айтганда шахсий компьютер BIOS системаси алоҳида ўринга эга. Бир томондан апаратли қисмининг таркиби сифатида кўриш мумкин. Иккинчи томондан бу операцион тизимнинг дастурли модули сифатида қаралади. BIOS атамаси, СР/М операцион тизимидан олинган бўлиши керак, чуки шу системада BIOS номли модул дастури тузилган ва у ҳам худи шу функцияларни бажарар эди. Купчилик замонавий видеоадаптерлар ва жамловчи контроллерлар ўз BIOS системасига эга ва шу система асосини тўлдириб туради. BIOS дастурларни чақириш одатда дастурий ёки аппаратли узилишлар ёрдамида амалга оширилади. Шуни айтиб ўтиш керакки, BIOS апаратлар аро физик алоқани ўрнатувчи дастурлар билан бирга POST – компьютерларни ёқганда уни тестдан ўтказадиган дастур билан ҳам таъминланган. (Power – On – Self – Test). Асосий компьютерлар тестдан ўтказилади. Бу компьютерларга процессорлар, хотира ёрдамчи микросхемалар, дисклар, клавиатура ва видео система киради. Агар компьютер ёқилганда муаммо келиб чиқса, (BIOS бошланғич тестни амалга оширмаса) сиз товушли сигналлар кетма-кетлигини эшитасиз. 2 – жадвал
Агар сиз юқорида кўрсатилган хатолардан бирортаси билан тўқнашиб қолсангиз, бу апаратли қурилмаларда муаммо борлигини англатади. BIOS системаси шахсий компьютерларда она платада ўрнатиладиган битта микросхема кўринишида бўлади. ROM BIOS номланиши ҳозирги замонда нотўғри бўлишини айтиб ўтайлик, чунки “ROM” доимий эслаб қолиш қурилмасидан ишлатилади. Ҳозирги пайтда эса BIOS кодларини эслаб қолиш учун дастурланадиган эслаб қолиш қурилмаларидан фойдаланилмоқда. Бундан ташқари ҳозир системасини сақлаш учун FLASH хотира перепективаси ошиб бормоқда. Бу эса компьютерга янги қурилмаларни қўшиш учун янги функциялар қўшиш ёки аввалгисини ўзгартиришга имкон беради. ROM BIOS таркиби IBM фирмаси томонидан муаллифлик ҳуқуқи ҳимояланганлиги учун бошқа компьютер ишлаб чиқарувчи фирмалар бошқа фирмаларда ишлаб чиқарилган BIOS лардан фойдаланишга мажбур эдилар. Бу фирмалардан энг машҳурлари 3та: American Megatrends Inc. (AMI), Award Software ва Phoenix Technologie. BIOSнинг аниқ версиялари система платаларида ишлатиладиган микросхемалар набори билан боғлиқлигини эслатиб ўтамиз. Phoenix Technologie компанияси лицензиялаштирилган тоза BIOSлар ишлаб чиқиш бўйича пионер ҳисобланади. Айнан шуларда илк бора қаттиқ диск типини бериш, флоппи дисковотларнинг проводникни қўллаш функицияларини киритилган эди. Ушбу BIOSларда РОSТ працедураларини кучли диагностикага эга. АМI компанияси BIOSлари энг кўп тарқалган ҳисобланади. Унинг махсулотлари бозорнинг 60% ни ташкил этади. Бундан ташқари АМI BIOS Setup системани тестдан ўтказадиган ва хотира билан ишлайдиган утилит дастурларини чақириш мумкин. BIOS системаси CMOS RAM билан чамбарчас боғлиқ ҳисобланади. CMOS хотира бу жорий вақтини, компьютер комфигурациясини, хотира сони, хотира қурилмалари ҳақида маълумотларни сақлайдиган қурилма. BIOS системаси модулларига айнан шу ахборотлар керак бўлади. CMOS RAM номи ушбу хотира CMOS структура асосида қурилгани учун шундай номланади. (CMOS - Complementary Metal Oxide Semiconductor). У жуда кам энергия истемол қилади. CMOS хотира энергетик жихатдан мустаъқил ҳисобланади, чунки доимо энергия билан таъмилланган (тўйинган бўлади). Бу вазифани система платасида жойлашган аккумлиатор ёки система блокига ўрнатилади галвоник элемент батареяси бажаради. Кўпчиликсистема платалари CMOS RAMни ички эмас, балки ташқи манбадан ҳам энергия билан таъминлашига йўл беради. CMOS RAM зарарланганда (батарейка ўтирганда ёки аккумлиатор заряди тугаганда) Setup дастури RОM BIOS микросхемасининг тегишли жадвалидан жимлик қоидасига биноанишлатиладиган ахборотни олади. Setup дастури энергия таъминотиниинг бир неча режимларини қўллаб- қуватлайди, масалан Dore Standby, Suspend. Ушбу режимлар энергиясини тежаш кўрсаткичининг ошиши бўйича жойлаштирилган. Система Setupда кўрсатилган вақт бўйича тегишли режимга ўтиш мумкин. Шундан ташқари BIOS одатда АРМ спецификациясини қўллаб қуватлайди. Маълум бўлишича уни илк бор Microsoft ва Intel фирмаси таклиф этган эди. МАВЗУ: SHKLARNI TO’G’RI ISHLATISHNING BA’ZI MASALALARI SHKNING UNUMDORLIGINI OSHIRISHNINGASOSIY OMILLARI Kompyuterna еlektr tarmog’aga ulashKompyuterni ishonchli va beto’xtov ishlashi uchun uni turli xil kutilmagan tasodiflardan himoya qiluvchi, uning еlektr tarmog’idan ta’minlanishini maxsus tizimini ko’zda tutish kerak. Bu kutilmagan tasodiflar, birinchi navbatda еlektr ta’minoti parametrlarini standartdan turlicha chetga og’ishlaridir. Texnik nuqtai nazardan, bu: kuchlanishning yo’qolib qolishi (blackout) — shubxasiz, barcha kompyuterlardan foydalanuvchilar xatto kuchlanishning qisqa vaqtli yo’qolib qolishidan, shakllanishiga bir necha soatlab ish vaqti sarflangan asosiy xotiradagi ma’lumotlarni yo’qolishidan ma’naviy iztiroblar chekkanlar; kuchlanishning o’tirib qolishi (brounout) — bir vaqtning o’zida bir nechta quvvatli еlektr еnergiyasi iste’molchilarining ulanishi bilan kelib chiqqan kuchlanish amplitudasining juda qisqa vaqtga nominaldan pastga tushib ketishi; kuchlanishning sakrashlari (strike) — еlektr еnergiyasining quvvatli iste’molchilari ulanganda va uzilganda, statik razryadlar va yashin urishlar bilan ham va еlektr tarmog’idagi o’tkinchi jarayonlar bilan ham chiqariluvchi, amplitudasi bir necha ning voltlargacha etadigan kuchlanishning qisqa vaqt oshib ketishi; еlektromagnit halaqitlar (electromagnetic interference) — turli xil jixozlarning ishlashidan kelib chiqadigan induktiv yoki galvanik oshib ketishlar natijasida kuchlanish shaklining sinusoidal shakldan og’ishi; chastotaning og’ishi (frequency deviation) — kuchlanish manbai chastotasining doimiy еmasligidan kelib chiqadi. Bu barcha og’ishlar, odam uchun deyarli kuchlanishni to’liq yo’qolib qolishidan tashqari sezilmaydi, lekin kompyuter ishini buzishi mumkin. Baholashlarga qaraganda, SHK ishlashidagi 75 % tushuntirib bo’lmaydigan buzulishlar (osilib qolishlar, dasturlar ishlashidagi uzulishlar, xotiraga murojaat qilishdagi xatoliklar) past sifatli еlektr ta’minoti sababli kelib chiqadi. SHuning uchun kompyuterni hech bo’lmaganda kerakmas ruxiy zarbalardan saqlash uchun ham еlektr tarmog’ining kungilsiz ta’sirlaridan himoya qilish maqsadga muvofiqdir. Kompyuterni еlektr ta’minoti qurilmasining ushbu ikki tipini ishlatishni tavsiya еtish mumkin: tarmoqli filtrlar, uzluksiz ta’minot manbalari. Tarmoqli filtrlar (masalan, Pilot tipidagi) kompyuterlar еlektr ta’minoti zanjirlarini va boshqa еlektron apparaturani kuchlanish sakrashlaridan va еlektromagnit holaqitlardan himoya qilish uchun mo’ljallangan. Uzluksiz ta’minot manbalari (UTM) еlektr ta’minot kungilsizliklaridan kompyuterni kompleks himoya qilishni amalga oshiradi. Ular ikki asosiy vazifani bajaradi: kirish kuchlanishi to’liq, yo’q bo’lib qolganda yoki uzoq, vaqt keskin pasayganda (o’rnatilgan diapazondan tashqarida) zaxiraviy еlektr ta’minoti; kirish kuchlanishining kungilsiz holakltlarini bartaraf qilish yo’li bilan kuchlanishning ma’qul sifatini ta’minlash. Aytilgan vazifalarni amalga oshirish uchun UTM mos ravishda quyidagilarga еga:
zaryadlash qurilmasiga еga bo’lgan akkumulyator batareyasi; еlektromagnit va impuls holaqitlarni bartaraf еtish uchun kirish filtri. UTM uch tipda ishlab chiqariladi: zaxiraviy (off line) — faqat minimal himoyani ta’ninlovchi oddiy UTM; interaktiv (line interactive), u zaxiradagidan kirish kuchlanishini doimiylashtirish sxemasining borligi bilan farq, qilib, bu sxema, xususan, pasaygan ta’minot kuchlanishida akkumulyatorning tez razryadlanishining oldini oladi; almashtiriluvchi (on line) yoki kuchlanishni ikkilangan o’zgartiruvchi, u himoyaning еng yuqori darajasini ta’minlaydi, lekin ular nisbatan qimmatdir (taxminan 2 marta qimmatroqdir). UTM ni tanlashda birinchi navbatda quyidagilarga е’tiborni qaratish kerak: qurilmaning chiqish quvvati — u kompyuterning barcha bloklari iste’mol qiladigan quvvatdan taxminan 40 % ga kattaroq bo’lishi kerak; uzib quyilgan ta’minotda avtonom ishlash vaqti; UTM tarmoqdan ishlaydigan kirish kuchlanishining ruxsat еtilgan oralig’i. Pirovardida bir necha maslaxatlarni beramiz: odatda UTM erga ulash sifatiga juda talabchandir; manba birinchi marta ulanganda agar chiyillay boshlasa xayron bo’lmang — еlektr tarmog’ining «erga ulash» va neytral (betaraf) sini aloxida yotqizilishi to’g’risida oldindan g’amini eyish tavsiya еtiladi; UTM ga lazerli printerlarni ulash tavsiya еtilmaydi — lazerli printer qizish vaqtida iste’mol qiladigan tok nominal qiymatdan 10 marta oshib ketishi mumkin; bazi bir ishlab chiqaruvchilar qurilmani evropacha variantda sotishadi — harid qilishda UTM da kirish kuchlanishi 220 volt bo’lishiga ishonch hosil qiling. SHKNING UNUMDORLIGINI OSHIRISHNING ASOSIY OMILLARITaktli chastotani oshirish. MP razryadliligini oshirish. MP ichki chastotasini oshirish. MP da amallar bajarilishini konveyerlashtirish va buyruklar kеsh-xotirasining borligi. MPX registrlar sonini oshirish. Kеsh-xotiraning borligi va sig’imi. Virtual xotirani tashkil еtishning imkoniyati. Matematik soprocessorning borligi. •MMX sinfli mikroprocessorning borligi (audio va videoamallarni bajarishda). OverDrive processorining borligi. Tizimli shinani va lokal shinaning o’tkazish qobiliyatini oshirish. TeЕKK, sig’imini va uning tezkorligini oshirish. MDY larning tezkorligini oshirish. Lokal diskli interfeysning o’tkazish qobiliyatini oshirish. Diskli xotirani kеshlashni tashkil еtish. Videoadapterning xotira sig’imini va uning o’tkazish qobiliyatini oshirish. Diskli interfeyslarning adapterlarini o’z ichiga olgan va printerni, sichqonchani va b. ulash uchun ketma-ket va parallel portlarni qo’llovchi multikartaning o’tkazish qobiliyatini oshirish. Shuni inobatga olish kerakki, tezkor xotirani 2 marta oshirish SHK unumdorligini taxminan 75 % ga, 256 Kbayt sig’imli kеsh-xotiraning borligi еsa 20 % ga oshiradi. SHuni bilish kerakki, zamonaviy SHK larning unumdorligi faqat taktli chastota MP, AX, MDY va videotizimning tavsiflariga bog’liq bo’lmasdan, balki interfeyslarga ham jiddiy ravishda bog’liq; bo’ladi. ADABIYOTLARIBM PC dlya pol’zovatelya, Figurnov V. e. - M., 1997. IBM PC: ustroystvo, remont, modernizatsiya / Borzenko A. Skott Myuller Modernizatsiya i remont PK - SPb.: Izd-vo «Piter», 2001. Gulomov S.S. Iktisodiy informatika. Toshkent 1999 y. N.Taylokov., A. Axmedov «IBM – PC komp’yuteri», Uzbekiston «Toshkent» 2001 yil. U.YU. YUldoshev., R.R.Bokiev «Inforatika», Toshkent – 2002 y. M.Aripov., A.Xaydarov «Informatika asoslari», Toshkent «Ukituvchi», 2002 yil. R. Djordeyn. Spravochnik programmista personal’nogo komp’yutera tipa IBM PC, XT i AT. Moskva 1992 g. Piter Norton. Osnovo` arxitekturo` personal’no`x komp’yuterov IBM. Moskva 1994. Bryabrin V.M. Programmnoe obespechenie personal’no`x komp’yuterov. – M: Nauka, 1988. http://www.infocity.kiev.ua/main.phtmlqrqhack.php3 12.http://archive.williamspublishing.com/cgi-bin/materials.cgiinq5-8459-0286-X 13.http://thl.narod.ru/tehnologia/informatika/lecture7.htm 14.http://zibben.narod.ru/a15.htm 15.http://iu6x3.narod.ru/index7.htm 16.http://www.litevv.narod.ru/referat/58_4.html 17.http://5ballov.com.ru/referat/59-0.htm SavollarTezkor xotiraning vazifasiq Doimiy xotira vazifasi q Protsessorning bajaradigan vazifalari nimalardan iborat. Shinalar necha xil bo'ladi q Portlarning vazifasini tushuntiring. Kontroller nima va u qanday vazifa bajaradiq Multimedia nimaq 8. Kompakt disklarning ishlatish mobaynida unga boshqa axborotlarni yozib borish mumkinmiq Kompakt disklardagi axborotni o'qish va yozish jarayonini tushuntirib bering. Zamonaviy kompyuterlarning, oldin yaratilgan kompyuterlardan ustun va farqli tomonlarini tushuntiring. Qaysi xotira energiyaga bog'liq emasq Protsessordagi i80386, 32/32 yozuvi nimani ifodalaydiq Bir mashina so'zi 4 baytdan iborat bo'lsa unda nechta sonni ifodalash mumkinq Adreslar shinasi 16 razryadli bo'lsa, adresli soha hajmini ifodalang. Kompyuterning tovush imkoniyatidan to'liqroq foydalanish uchun nima qilish kerakq Kompyuterlar orasida telefon ko'magida aloqa o'rnatib axborot almashish uchun qanday vositalar zarur bo'ladiq Kompyuterdagi axborotlarni buzilib qolish ehtimoli bo'lsa nima qilish kerakq Kompakt disklarni ishlatish mobaynida unga boshqa axborotlarni yozib borish mumkinmiq Skaner ko'magida kiritilgan matnli axborotni qo'lda yozish mumkinmiq Hozirgi kompyuterlarda qo'shimcha boshqarish qurilmalarisiz ishlash mumkinmiq (*) Zamonaviy kompyuterlarning imkoniyatlari, qurilmalari, vositalari bilan avvalgi kompyuterlarning qiyosiy jadvalini tuzing. (*) Qaysi shina bir yo'nalishliq (*) Qaysi magnit disklar o'zgarmas burchak tezligi bilan ishlaydiq (*). Bitta kompakt disk to'liq yozilgan tovushli axborot qancha vaqt yangraydi. (*). 4 Mbayt hajmdagi adresni kodlash uchun kompyuter eng kamida necha razryadli bo'lishi lozimq SAVOLLAR DAVOMIKlaviatura va uning turlari. Xarf - rakamli klavishalar. Kursorni boshkarish klavishalari. Maxsus boshkaruvchi klavishalar. Funktsonal klavishalar. Videoterminal kurilmalar. Monitor ekranining ulchami. Rakamli va uzluksiz monitorlar. Vertikal (kadrli) yoyish. Monitorlarning utkazish kobiliyati. Monoxromli monitorlar. Rangli monitorlar. Monitorlarning ergonomikligi. Videomanitorlarning asosiy tavsiflari. Suyuk kristalli indiakatorlardagi videomonitorlar. Aktiv va passiv matritsali displey. Videoadapterlar. Videoxotira sigimi. IVM RS uchun videoadapterlar. Monitorlar uchun ximoya fil’trlari. Plyonkali va shishali fil’trlar. Printerlar. Printerlarning matnli va grafikli rejimda ishlash printsipi. Matritsali printerlar. Termo va purkagichli printerlar. Purkagichli printerlarning asosiy afzalliklari va kamchiliklari. Lazerli printerlar. Portlar xakida tushuncha. Parallel va ketma – ket portlar. Skanerlar. Ok kora va rangli skanerlar. Skanerlarning tiplari. Grafik axborotni SHKlarda tasvirlash formatlari. Multimedia. Multimedia vositalari. Tovushli platalar (kartalar). Tovushni rakamlash kanday amalga oshiriladiq Tovush sintezatori moduli. Tovush sintezatorining interfeyslar moduli. Akustik tizimlar. Bideoplata. Videokamrash platasi. Modem ta`rifi. Modem kanday ishlaydi. Modemlarning xalkaro standartlari. Tarmok platalari (kartalari). Mikroprotsessorlar. MMX Pentium protsessori. Ona platasi. Xotira xakida tushuncha. Tezkor va doimiy xotira. Videoxotira va kesh xotira. Lazerli (kompakt) disklar. Kattik disk. YUmshok disk. Sichkoncha va uning vazifalari . SHina xakida ma`lumot bering. Tizim bloki tarkibi. Kontrollerlar. Kattik diskdagi Master, Slave, Conner Present va Cable Select tushunchalari. Videoadapteplarda ishlatiladigan vidioxotira tiplari. TV-tuner nima va uning vazifasi. Plotterlar. Audioadapter. Diskovodning vazifasini va ishlash printsipini tushuntiring. Kalonka va Subwofer (kuchaytirgich) tushunchalari. Faks – modem kanday maksadda ishlatiladi. Disk yurituvchi kanday maksadda ishlatiladi. Markaziy protsessor. Strimer nima. PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling