Asrayev Z. R., Sariyev R. B
Download 0,81 Mb.
|
kompyuterning yuzaga kelishi va rivojlanish bosqichlari
Sistemali platani tanlashning ba’zi masalalari
Platalarning bazaviy tipik o’lchamlari:
Sistemali plataning tipini еng avvalo bazaviy mikroprocessor va sistemali shina belgilaydi. Bugungi kunda bazaviy mikroprocessor sifatida Pentium yoki hech bo’lmaganda Over Drive Pentium ni o’rnatish mumkin bo’lgan 486 DX2 bo’lishi kerak. Lokal shina sifatida PCI ga to’xtalish kerak yoki, agar 486 seriyali MP bo’lsa, u holda VLB shinasini tanlash mumkin. Zamonaviy sistemali platalar 33 MGc (VLB shinasi bilan) va 50 MGc (PCI shinasi bilan) taktli chastotada ishlaydi. Pentium MP uchun sistemali platalar taktli chastotani 1,5 marta (Pentium 75, 90 va 100 MP lari uchun ), 2 marta ( Pentium 120, 133 MP lari uchun), 2,5 marta (Pentium 150, 166 MP lari uchun), 3 marta ( Pentium 200 MP uchun ) ko’paytirib ishlashi mumkin. SHK ning ko’pgina muhid imkoniyatlari TP tipiga va unda ishlatilayotgan yordamchi mikrosxemalar (chipset) to’planiga bog’liqdir. TP uchun еng mashxur mikrosxemalar to’plamini quyidagi firmalar chiqaradi: Intel (xususan, Pentium MMX MP uchun 430 FX-Triton2 va Pentium II MP uchun 440 LX AGP ommaviy to’plamlari), Headland Technology,Chips & Technology, VLSI, UMC, OPTi, PC Chips, ALI, Sis, Sumphony va boshq. Sistemali plata sistemali shinani kengaytirish uchun va xotira modullarini o’rnatish uchun ko’p sonli raz’yomlarga еga. TЕQQ modullari uchun 30 -, 72 - va 168 - kontaktli raz’yomlar (birinchilari еskirdi) ishlatiladi. Platalarda ularda o’rnatilgan mikrosxemalar xotiraning qanday tiplarini qo’llashi ko’rsatilishi maqsadga muvofiqdir va bu xotira faqatgina FPM tipi еmas, balki EDO yoki CD RAM bo’lsa ham yaxshi. 256—512 Kbaytgacha bo’lgan kеsh-xotirann o’rnatish yoki kengaytirish imkoniyatiga е’tiborni qaratish kerak: kеsh-xotira mikrosxemalari DIP yoki SOP tipidagi korpuslarda yig’ilgan, ular, yo DIP-panelchaning mos raz’yomlariga o’rnatiladi, yoki bevosita plataga kavsharlanadi. Sinxron kеsh-xotira maxsus raz’yomga o’rnatiladigan, juda ham SIMM modulini еslatadigan maxsus COAST modullariga joylashtirilishi mumkin. Pentium MP bazasidagi sistemali platalar odatda hamma kerakli ushbu qurilmalarni qo’shib oladi: standart ketma-ket va parallel portlar, floppi disklar va EIDE shinasini (ba’zan hattoki tovushli modul ham qo’shiladi) nazoratchilarini, sistemali kartani va sozlangan SCSI adapterni: grafik adapterdan tashqari (videokarta) hammasini, Pentium MMX MP lari uchun еsa — ko’p sonli audio-, video- va grafik adapterlarni o’z ichiga oladi. All In One tipidagi sistemali platalar o’z ichiga qattiq disk nazoratchisining videokartasini oladi. Universal yoki ZIP tipidagi raz’yomlarni ishlatish hisobiga orttiriladigan (Upgradable) TP lar turli xil ichki taktli chastotali MP larni, masalan, Pentium 90 dan 200 gacha, o’rnatish imkonini beradi. Sistemali platada ishlatilayotgan kuchlanish ( 3,5 V, 5 V va b.) qayta ulagichlari va MP ichki chastotalari qayta ulagichlari joylashishi mumkin. Shunday qilib, sistemali platani tanlashda quyidagilarni hisobga olish kerak:
Download 0,81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling