Asrlar ko’zgusi


Download 26.5 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi26.5 Kb.
#1035493
Bog'liq
Maqola2


Asrlar ko’zgusi


Bo’lsa erdi onlaming aqli raso Kasbi-kor aylar edilar
Sidqiyo Наг bir inson tug’ilibdiki hamishi olam va odamni bilishga, unga nisbatan o’z qarashlarini shakllantirishga va qalbi va ongida chinakam insoniy fazilatlami ulg’aytirishga harakat qiladi. Bu kabi fazilatlar kishiga asrlar davomida meros bo’lib kelmoqda va eng ahamiyatlisi ular bizga ona allasidan yuqadi. Ayni damda xalq og’zaki ijodi hamda milliy adabiyotimizning ahamiyati kattadir. Chunki biz ular orqali milliy o’zligimizi anglaymiz. Ulardan dostonlarga alohida to’xtalib o’tish lozimdir. Xususan, “Go’rogli” turkumidagi dostonlar, “Ravshanxon”, “Rustamxon”, “Kuntug’mush”, “Alpomish” kabi dostonlar shu kabilar jumlasidandir.
Bu o'rinda shuni aytish kerakki, Alpomish dostoni bizga vatanparvarlik fazilarlaridan saboq beradi. Adolatli va haqgo'y bo'lishga, jonajon yurtimizni, oilamiz qo'rg'onini qo'riqlashga, do'stu birodarlarimizni, or-nomusimizni, ajdodlarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya qilishga o'rgatadi. Bu o'lmas asami xalqimiz asrlar davomida yaratgan, o'z iymon-e'tiqodidek asrab-avaylab qanchadan-qancha avlod-ajdodlarimiz Alpomish dostoni asosida tarbiya topgan, o'zligini anglagan, ma'naviy boylikka ega bo'lgan. Bunday xislatlar “Alpomish” dostoni bilan tengma-teng boshqa dostonlaming badiiy maqsadida ham yetarlichadir.
Huddi shu kabi milliy adabiyotimiz yorqin namoyondalarining asarlarini mutoalaa etsak ularda ham mana shuinday masalalarni ko’ramiz. Masalan, Sidqiy Xondayliqiyning hajviy she rlaridan birida avliyo nomi bilan beva-bechoralaming bor-butini shilib olayotgan firibgarlami asl basharasini ochib tashlaydi:
...Sidqiyo ahli tama’vahm ahlidir,
Behayo benangu kajfahm ahlidir.


Chunki ushbu behayolar “Avliyo”
Mehnat haqidagi ibratomuz so’zlarining qatiga ham zamonasidagi ishyoqmas, tekinxo’r va tayyorxo’r shayxlaming qoralanishi singdirilgan:
Mard bo’lsang ishla, elga bo’lma yuk,
Ishlabon topgan qaro nondur chuchuk.
Sog’lig’ing qadrini bilg’il, ishlog’il
Dardi yo’q bekomi yalqovdan chekil.
Ijtimoiy-siyosiy she'rlari esa dawning muhim voqealari haqidadir. Bundan ko’rishimiz mumkinki, har bir asarda biz o’tmishning sahifalarini o’qiy olamiz. Dostonlar qadim ajdodlarimizni orzu havaslarini, yashash sharoitlarini so’zlasa, milliy adabiyotimiz yaqin o’tmishdan hikoya qiladi. Shunday qilib har bir davming o’z asari bo’lib, ular bizga o’sha davr to’g’risida ma’lumot beraib turadi. Shunday ekan, biz yoshlar o’qib-izlanishimizda, komil inson bo’lib tarbiya topishimizda badiiy asarlaming ahamiyati bexisobdir. Hech qachon ulami mutoalaa qilishdan va o’rganishdan chaechamaylik.



ADU filologiya fakulteti talabasi
Erkinova Dildora
Download 26.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling