Assalam alaikum hammaga
Estetikaning falsafiy mohiyati Estetikani falsafiy mohiyati
Download 2.66 Mb.
|
falsafa (08-23)
Estetikaning falsafiy mohiyatiEstetikani falsafiy mohiyatiEstetikaning falsafiy mohiyatini uning san’at asariga yon-dashuvida ko‘rish mumkin. Ma’lumki, har bir san’atshunoslikilmi o‘z tadqiqot obyektiga uch tomonlama —nazariy, tarixiy,tanqidiy jihatdan yondashadi. Masalan, adabiyotshunoslikniolaylik. Adabiyot nazariyasi faqat adabiyotgagina xos bo‘lganbadiiy qonuniyatlarni, badiiy qiyofa yaratish usuli va vositala-rini o‘rganadi. Adabiyot tarixi muayyan tarixiy-badiiy jarayon-lar orqali badiiy adabiyotning rivojlanish qonuniyatlarini ochibberadi. Adabiy tanqid esa adabiy-badiiy ijodning zamonaviy ja-rayonlarini tadqiq etadi va har bir yangi asarni baholaydi, asarijodkorining ijodiy rivojlanishini kuzatib boradi. Musiqada ham,tasviriy san’atda ham va boshqa san’at turlarida ham shunday.Estetikada esa tadqiqot obyektiga yondashuv uch emas, birginanazariy jihatdan amalga oshiriladi: tarix ham, tanqid ham na-zariyaga bo‘ysundiriladi.Estetika fan sifatida ilmiy, ma’rifiy, badiiytaraqqiyotning o‘ziga xos muammolari doirasida bahs yuritadi, tahlil qiladi, o‘rganadi va o‘rgatadi. Estetikaning eng asosiy funksiyalaridan biri dunyo- qarashni shakllantirish bo‘lib, ushbu funksiya badiiy ijod bilan shug‘ullanuvchilar va ijodiy faoliyat uchun juda zarur. Ayniqsa, ranglar jilosini his qilish, musiqa sehrini anglash, asardan xulosa chiqarish aynan ushbu funksiyaning ta’sirida ro‘y beradi. Zero, dunyoqarash ijodkorni boshqaradi, ijod jarayoni rivojiga ko‘mak beradi. Estetikaning bilish funksiyasi esa san’at asarini bilish va baholash faoliyati natijalarini, semantik va pragmatik axborotni yetkazib berish, haqiqiy badiiy asar bilan saviyasi past asarni farqlay bilishlari, «ommaviychilik san’ati»ni rad qila olishda muhim ahamiyatga ega.Oʻzbek milliy Estetikasi taraqqiyoti tarixan mintaqaviy tabiatga ega boʻlib, uning ildizlari dastlab Avesto, keyin moniylikning muqaddas kitobi Xuastuanift (Za.)ga borib taqaladi. Islom dini qabul qilingach, milliymintaqaviy Estetika Qurʼoni karim oyatlari va Hadisi sharifdagi "Alloh goʻzal va U goʻzallikni sevadi" degan tamoyil asosida rivojlandi. Bunda mashshoiyyunlik (Forobiy, Ibn Sino) bilan yonmayon tasavvuf Estetikasida kubroviylik (Najmiddin Kubro). joʻmardlik (Pahlavon Mahmud), naqshbandiya (Alisher Navoiy) singari tariqat mutafakkirlarining goʻzallik, sanʼat va sanʼatkor borasidagi qarashlari muhim ahamiyat kasb etdi. Oʻzbek Estetikasi tarixida, ayniqsa, Temuriylar davri alohida oʻringa ega; Navoiyning "Mahbub ul-qulub", "Majolis unnafois", "Mezon ulavzon" asarlari, 15—16-asrlarda qator tazkiralar va musiqa nazariyasi borasidagi risolalar oʻzbek Estetikasi rivojiga ulkan hissa boʻlib qoʻshildi. XonlikLar va chorizm mustamlakasi davrida esa oʻzbek Estetikasi koʻproq tazkiralarda (Fazliy) va sheʼriy shakllarda (Furqat) oʻz ifodasini topdi. Oʻzbek milliy Estetikasidagi yuksalish 19-asr oxirlari — 20-asr boshlariga toʻgʻri keladi. Bu davrda maʼrifatchijadid mutafakkirlar yangicha estetik gʻoyalarni oʻrtaga tashladilar, badiiy adabiyotda, dramaturgiya janriga va zamonaviy teatr sanʼatiga asos soldilar. Anbar Otinning "Qarolar falsafasi" (1910), Fitratning "Oila" (1914), keyinroq "Adabiyot qoidalari" (1926) risolalari yuzaga keldi, Choʻlponning badiiy adabiyot, teatr sanʼatiga bagʻishlangan turqum maqolalari eʼlon qilindi. Lekin shoʻrolar hukmronligi davridagi totalitarizm barcha falsafiy fanlar qatori Estetikani ham sinfiylik va partiyaviylik tamoyillari asosida biryoqchamalikka, mahdudlikka, soxtalikka mahkum qildi Download 2.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling