Assalam alaikum hammaga


Download 2.66 Mb.
bet2/5
Sana03.11.2023
Hajmi2.66 Mb.
#1743978
1   2   3   4   5
Bog'liq
falsafa (08-23)

Estetika tarixi

Estetika tarixining ibtidosi Somir (Shumer), Bobil, qadimiy Misr, qadimiy Xitoy va keyinroq yunon miflariga borib taqaladi. Bundan 5—6 ming yil avval ilk yozuv — mix xatda bitilgan Somir giltaxtalaridagi matnlarda "goʻzallik", "sanʼat", "musiqa" singari soʻzlarda aks etgan.dastlabki estetik tushunchalarni uchratish mumkin. qadimiy Misrda miloddan 4—4,5 ming yil avval sanʼatning barcha asosiy turlari, sal keyinroq esa professional teatr vujudga keldi

Estetikaning kelib chiqishi


Bugungi kunda estetika fanining kelib chiqishi xususida bir qancha qarashlar mavjud. Bizningcha ushbu fanning kelib chiqishi insoniyatning go‘zallikka bo‘lgan estetik ehtiyojining natijasidir. Uning kelib chiqishida esa, sinergetika, (xaosdan garmoniyaning yaralishida), ratsional aql hamda intuitiv omillar (aqliy va hissiyotga asoslangan), xalqlarning an’ana va marosimlari, odatlari, ijod jarayoni va buyuk shaxslarning asarlari, arxetiplar(jamoaviy onglanmaganlik), o‘yin nazariyasi, mimemsis (taqlid) va mehnat salmoqli o‘rinni egallagan deb hisoblaymiz. Shuningdek, sekin-asta inson tomonidan orttirilgan hayotiy tajribalar, ko‘nikmalar, bilimlar orqali estetika fani shakllanib bordi va rivojlandi.

Estetika fani maqsadi va vazifasi

Estetika fani o‘z maqsadi va vazifalarini uyg‘unlik, yaxlitlik, ifodalilik va maqsadga muvofiqlik tamoyillari orqali amalga oshiradi. Ushbu tamoyillar orasida estetik munosabatlarda ko‘proq ko‘zga tashlanadigan uyg‘unlik va maqsadga muvofiqlikning mohiyati haqida quyidagi fikrlarni aytish mumkin.


Estetika — falsafiy fan sifatida barcha san’atshunoslik fanlari
erishgan yutUqlardan umumiy xulosalar chiqarib, shu xulosalar
asosida insonni go‘zallik orqali haqiqatga yetishtirishga xizmal
qiladi.

Estetika

Estetika nafosat, did, goʻzallik, xunuklik, ulugʻvorlik, tubanlik, fojiaviylik, kulgililik, moʻʼjizaviylik, hayolilik singari kategoriyalar bilan ish koʻradi. Ular orasida nafosat tushunchasi alohida oʻrin egallaydi. U bir tomondan, estetik anglashning barcha jihatlarini (estetik hissiyot, estetik zavq, estetik did, estetik muhokama va boshqalar), ikkinchi tomondan, estetik xususiyatlarni — amaldagi goʻzallik, ulugʻvorlik, fojiaviylik, kulgililik va h.k. jihatlarni oʻz ichiga oladi. Ana shu keyingi jihati bilan nafosat baʼzan Estetikaning predmeti sifatida ham qabul qilinadi


Download 2.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling