Assalomu aleykum


Download 115.05 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi115.05 Kb.
#1606060
1   2   3
Bog'liq
Assalomu aleykum 2

Shunday qilib, zanjirning bir qismidagi o‘zgaruvchan tokning quvvati va bajargan ishi tok kuchi va kuchlanishning effektiv qiymatlari bilan aniqlanadi.U shuningdek, kuchlanish va tok kuchi orasidagi faza siljishiga ham bog‘liq bo‘ladi. P = UIcosφ. formuladagi cosφ ko‘paytma quvvat koeffitsiyenti deb ataladi.


Agar zanjirda reaktiv qarshilik yo‘q bo‘lsa, unda φ = 0, cosφ = 1, P = U I
p(t)
u(t)
i(t)
i
u
p
O
t
bo‘ladi, ya’ni biz o‘zgarmas tok quvvatini olamiz. Zanjirda aktiv qarshilik yo‘q bo‘lsa, φ = +p/2, cosφ = 0 va P = 0 ga teng bo‘ladi. Faqat reaktiv qarshilik bor zanjirdagina ajraladigan quvvat nolga teng bo‘lar ekan. Zanjirda tok mavjud bo‘lsa-da, qanday qilib o‘rtacha quvvat nolga teng bo‘lib qolishi mumkin? Uni keltirilgan grafik yordamida tushuntirish mumkin. Grafikda kuchlanish, tok kuchi va quvvatning φ =+ p/2 qiymatidagi oniy qiymatlari keltirilgan.

Quvvatning oniy qiymatining vaqtga bog‘liqlik grafigini har bir momentga to‘g‘ri kelgan tok kuchi va kuchlanishni bir-biriga ko‘paytirilib topiladi.Grafikdan ko‘rinadiki, davrning to‘rtdan bir qismida quvvat musbat qiymatga ega va energiya zanjirning mazkur qismiga beriladi; lekin davrning keyingi choragida quvvat manfiy qiymatga ega va energiya zanjirning mazkur qismidan energiya olingan tarmoqqa qaytarib beriladi. Davrning to‘rtdan bir qismida zanjirga berilgan energiya tokning magnit maydonida to‘planadi, so‘ngra tarmoqqa qaytariladi.

  • Quvvatning oniy qiymatining vaqtga bog‘liqlik grafigini har bir momentga to‘g‘ri kelgan tok kuchi va kuchlanishni bir-biriga ko‘paytirilib topiladi.Grafikdan ko‘rinadiki, davrning to‘rtdan bir qismida quvvat musbat qiymatga ega va energiya zanjirning mazkur qismiga beriladi; lekin davrning keyingi choragida quvvat manfiy qiymatga ega va energiya zanjirning mazkur qismidan energiya olingan tarmoqqa qaytarib beriladi. Davrning to‘rtdan bir qismida zanjirga berilgan energiya tokning magnit maydonida to‘planadi, so‘ngra tarmoqqa qaytariladi.

Download 115.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling