Assotsiativ eksperiment haqida tushuncha Assotsiativ eksperimentni o’tkazish tartibi Assotsiativ eksperimentning samarasi


So‘z va so‘z guruhlarini eksperiment asosida o‘rganish


Download 21.94 Kb.
bet3/3
Sana25.02.2023
Hajmi21.94 Kb.
#1228827
1   2   3
Bog'liq
1-amaliy PL (2-semestr)

So‘z va so‘z guruhlarini eksperiment asosida o‘rganish
Erkin assotsiatsiya metodikasi ko‘p narsalarni belgilay olsa-da, u cheklangandir. Chunonchi, u nomlarning standart, chastotali assotsiativ aloqalarini yaxshi aniqlarkan, botiniy aloqalarni aniqlashda yaxshi ishlay olmaydi. U holda, botiniy assotsiativ aloqalarni qanday o‘rganish mumkin? degan savol tug‘iladi. Bunga faqat bir yo‘l bilan, ya’ni assotsiatsiyani “erkin” emas, “yo‘naltirish” orqali erish mumkin. Boshqacha aytganda, assotsiativ hududni qisqartish orqali botiniy assotsiativ aloqalarni aniqlash mumkin bo‘ladi.
Bunda so‘zning antonimlari qo‘l keladi. So‘zning antonimini berish assotsiatsiyani “yo‘naltirilgan” qiladi. Masalan, sovuq so‘zining antonimi turli kontekstlarda olinadi:
sovuq - issiq 63, iliq 29, va b. 8;
sovuq suv – issiq suv 89, iliq suv 9, va b. 2
kostryulkadagi sovuq suv – kostryulkadagi issiq suv 84, kostryulkadagi iliq suv 10, va b. 10;
daryodagi sovuq suv – daryodagi issiq suv 8, daryodagi iliq suv 85, va b. 7.
Xullas, botiniy assotsiativ strukturalarda ham zohirda bo‘lgani kabi assotsiativ aloqalarning qonuniyatlari mavjudligini ko‘rish mumkin: kuchli aloqalar kuchsizlarni “unutadi”, shu bilan birga, assotsiatsiyalar “yo‘naltirilgan”da kuchsiz aloqalar faollashishi ham mumkin.
Kontekstlarni kengaytirish va yo‘nalishni kuchaytirish orqali botiniy assotsiativ strukturalarga shunchalik chuqur kirib borish mumkin. Biroq bunday assotsiatsiyalarning xususiyatlari ularning shunchaki oddiy nutqiy hodisalar emasligini, aksincha, aniq, ijtimoiy mustahkamlangan kontekst tomondan asoslangan strukturalar ekanligini ko‘rsatadi.
Topshiriq:



  1. Assotsiativ eksperiment haqida umumiy tushunchangizni so’zlab bering.

  2. Assotsiativ eksperimentni guruhda o’tkazib ko’ring.

  3. Mavzuga doir adabiyotlar bilan tanishing.



Uyga vazifa: 4 ta mavzuda turli yosh va faoliyatdagilardan Assotsiativ eksperiment asosida anketa to’ldirib keling.
Download 21.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling