Astanova jayronaning falsafa fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Estetika kategoriyalarining an’anaviy va zamonaviy tasnifi. Go‘zallik va uning muqobillari


Download 64.11 Kb.
bet3/5
Sana24.06.2023
Hajmi64.11 Kb.
#1652956
1   2   3   4   5
Bog'liq
estetik qarashlar

Estetika kategoriyalarining an’anaviy va zamonaviy tasnifi. Go‘zallik va uning muqobillari

Estetika falsafiy fanlardan biri sifatida o‘z kategoriyalarini ishlab chiqqan bo‘lib, ulardan asosiylari – go‘zallik, ulug‘vorlik, fojialilik, kulgililikdir. Estetika fanining barcha muammolari aslida go‘zallik muammosi bilan muayyan darajada bog‘liqdir. Go‘zallik nafosat olamining mag‘zi, asosiy belgisi, bosh xossasi, asosiy mohiyatini tashkil qiladi. Har qanday estetik muammoning echimini topganimiz sari go‘zallik yanada yorqin namoyon bo‘lib boradi. Estetik munosabatlarni estetik ob’ekt va estetik sub’ekt tabiatini in’ikos etish bilan birga go‘zallikning u yoki bu tomonlari ham mushohada etiladi.


Go‘zallik – bu asosiy estetik qadriyat bo‘lib, uni idrok etish qobiliyati esa estetik sub’ektning asosiy xossasidir. Bu xususiyat estetik ong va uning asosiy qismlariga ham taalluqlidir. Estetik his-tuyg‘u, eng avvalo go‘zallikni his etish jarayonini anglatadi. Estetik orzu esa go‘zallikni inson xohlagan u yoki bu tasavvurlar tarzida ifodalaydi. Estetik did bo‘lsa ko‘p jihatdan shaxs va jamiyat nimani go‘zallik sifatida, nimani xunuklik sifatida idrok etishida namoyon bo‘ladi. Estetik qarashlar go‘zallikning tabiati va mohiyati haqidagi fikrlarni anglatadi. a) Mutafakkirlarning aytishlariga qaraganda, go‘zallik haqida fikr yuritish va uni bayon qilish nihoyatda murakkab va mashaqqatli jarayondir. Go‘zal, ijobiy his-tuyg‘u uyg‘otadigan narsani ko‘rsatish oson. Lekin o‘sha narsa nima uchun go‘zal ekanligini tushuntirib berish qiyin. Go‘zallikning tabiati va mohiyati haqida juda ko‘p fikr-mulo-hazalarning mavjudligi uning murakkabligi, ko‘p qirraligidadir. Ilmiy tushunchalar tizimida ham go‘zallik muammosini tushuntirish ancha qiyin. SHuning uchun go‘zallik muammosiga falsafiy yondoshish zarur.
Qadimgi yunon faylasufi Platon bu muammoni ilk bor «Nima go‘zal?» va «Go‘zallik nima?» degan savollarga ajratish bilan tarixga go‘zallik haqidagi falsafiy ta’limotning asoschisi bo‘lib kirgan edi. Go‘zallikni u jonli, hissiyotli, o‘zgaruvchan narsalar olamidan ajralib qolgan abadiy ruh - g‘oya sifatida ta’riflaydi. Go‘zallik tuyg‘udan yuqoriroq tabiatga ega bo‘lgani uchun uni faqat aql vositasida anglash mumkin. Go‘zallik haqidagi bu «Platon yo‘nalishi» F.Akvinskiy, Gegel ijodida davom ettirildi. Gegel fikricha, mutlaq ruh–g‘oya go‘zallikning namoyon bo‘lishidir, san’at go‘zallikning asl makonidir, go‘zallik bu aniq turdagi hodisalar kamolotining namunasidir, ya’ni go‘zallik mukammallik va kamolot bilan bog‘liqdir. “SHunday narsa go‘zalki, agar undagi tug‘ma belgilar to‘la tarzda namoyon bo‘lsa, shunday inson go‘zalki, agar unda yaxshi insoniy fazilatlar va sifatlar mujassamlashgan tarzda ko‘rinsa”. Ingliz faylasufi D. YUm fikricha, go‘zallik narsalar sifatini bildirmaydi, balki narsalarni mushohada qilayotgan inson ruhi darajasida amal qiladi; ya’ni har bir inson ruhi o‘zi belgilagan, tanigan, anglagan go‘zallikni ko‘radi.
Bu ta’limotlarda go‘zallikning ma’naviy mazmundorligi masalalari aks etadi. Ikkinchi yo‘nalish: Qadimgi yunon mutafakkiri Aristoteldan boshlanadi. Aristotel go‘zallikni real voqelik in’ikosi sifatida talqin etadi. U go‘zallikni moddiy olamning moslik, aniqlik, hamohanglik, mezon-o‘lchovlik kabi miqdoriy va makonli tavsiflari bilan bog‘lab mushohada qiladi. Aristotel fikriga ko‘ra, go‘zallik zaminida inson va narsalarning bir-biriga muvofiqligi, loyiqligi, mosligi aqidasi yotadi. O‘zining mazkur g‘oyasini asoslash uchun u «o‘ta kichik narsa go‘zal bo‘la olmas edi, chunki oz vaqt ichidagi tasavvur qorishib ketadi, o‘ta ulkan narsa go‘zal bo‘la olmas edi, chunki uni idrok etish birdaniga sodir bo‘lmay, uning birligi va yaxlitligi yo‘qolib ketadi», - deb uqtiradi.
Go‘zallik muayyan mezon – o‘lchov ko‘rinishdagina namoyon bo‘ladi. Uning fikricha, go‘zallik sifatiga nafaqat tabiat hodisalari, balki adolat, mardlik, sahovat, donishmandlik kabi yaxshi insoniy fazilatlar ham kiradi. Uyg‘onish va ma’rifatparvarlik davri estetik qarashlarida go‘zallikning tabiiy qonunlarini ishlab chiqish, ularni san’at sohasiga ham tadbiq etishga urinishlar bo‘lgan. Masalan, Didro go‘zallikning ichki mazmundorligi, san’at asarlariga nisbatan ifoda kuchi haqida fikr yuritib, go‘zallik bilan go‘zallikni baholash o‘rtasida sub’ektiv omil muhim o‘rin tutishini ta’kidlaydi. Go‘zallik – bu tabiat, jamiyat, san’at hodisasi bo‘lib, biror narsaga his-tuyg‘u orqali ta’sir o‘tkazish bilan insonda jismoniy va ma’naviy kuchlar oqimining ko‘payishiga, shodlik, zavqlanish, ma’na-viy qoniqish holati vujudga kelishiga imkon yaratiladi. Go‘zallik ijtimoiy ahamiyatga molik hodisadir. Go‘zallik hamisha foydali, lekin u alohida turdagi foydali – u avvalo, insonga, jamiyatga, taraqqiyotga ma’naviy foyda keltiradi. b) Go‘zallik xilma-xil darajada namoyon bo‘ladi. Tabiatdagi go‘zallik ijtimoiy hayot go‘zalligidan, foydali-amaliy faoliyatdagi go‘zallik badiiy ijoddagi go‘zallikdan farq qiladi. Lekin barchasi qandaydir umumiy belgiga egadir. Mana shu umumiy belgi tufayli hodisalarni go‘zallik tushunchasi bilan ifodalaymiz.
Go‘zal narsalar inson amaliy faoliyatiga, manfaatlariga mos bo‘lib, ularni idrok etish hayrat va quvonch bag‘ishlaydi, shaxsning uyg‘un hamohang rivojlanishiga, unda eng yaxshi insoniy xislat-fazilatlar tarkib topishga ko‘maklashadi. Inson hamma erda va har qanday darajada mavjud tabiiy hamohanglik bilan to‘qnashar ekan, u albatta tabiat go‘zalligidan zavq-shavq oladi, ma’naviy boylik orttiradi. Hamma vaqt ham tabiatga estetik munosabat va tabiatni estetik o‘zlashtirish, uni «insoniylashtirish», tabiat hodisalariga inson talab-ehtiyojlarini, maqsad-orzularini o‘tkazib tatbiq etish bilan bog‘lanib ketgan. Insonda tabiatga qanday munosabatda bo‘lish tuyg‘usi sekin-asta, inson zoti va tabiatda rivojlanish yuz bergani sari shakllanib borgan. Masalan, ibtidoiy san’at manzarali tasvirlarni bilmagan, tabiat hodisalarining go‘zal yoki xunuk ekanligini baholamagan. Ular o‘z diqqate’tiborlarini hayotning asosiy manbai bo‘lgan narsalar voqea-hodisalarga (hayvonlarga) qaratganlar. Keyinchalik, ovchilik o‘rniga (yoki u bilan yonma-yon) dehqonchilik kirib kelishi, insonning ishlab chiqarish faoliyati atrofidagi tabiatni o‘zlashtira boshlashi bilan, tabiatning o‘zi ijtimoiy orzu mezonlari bilan baholanadi, inson uchun tabiatning xunuk va go‘zal tomonlari ayon bo‘la boshlaydi.
Go‘zallikni yuksak darajadagi foydalilik tarzida in’ikos etish go‘zallik ko‘rinishlaridan faqat bittasini o‘z ichiga oladi. Hozirgi davrda insoniyat ulkan vayron qilish qudratiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish kuchlariga ham ega bo‘lib qoldi. Tabiatga «o‘zlashtirish» nuqtai nazaridan munosabatda bo‘lish yovuzlikdan boshqa narsa emasdir. Inson tabiat haqida qayg‘urib, undan oqilona foydalanib, ayni vaqtda tabiiy hamohanglik sirlari ichiga yanada chuqur kirib bormoqda.



Download 64.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling