Astanova jayronaning falsafa fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Ulug‘vorlik kategoriyasining falsafiy mohiyati. Fojeaviylik (tragediya) kategoriyasi
Download 64.11 Kb.
|
estetik qarashlar
4. Ulug‘vorlik kategoriyasining falsafiy mohiyati. Fojeaviylik (tragediya) kategoriyasi.
Ulug‘vorlik kategoriyasi estetikaning yana bir muhim kategoriyasidir. Qadimgi estetikada «ulug‘vorlik» iborasi tantanaligi va ahamiyatliligi bilan ajralib turadigan nutqning alohida uslubini tavsiflash uchun ishlatilardi. Ulug‘vorlik muammosiga estetik-nazariy yondashish III asr notig‘i Longin yozgan «Ulug‘vorlik to‘g‘risida»gi risoladan boshlanadi. U ulug‘vorlikni nutq go‘zalligi bilan bog‘lanib ketgan odatdan tashqari fikrlar va ehtiroslar sifatida tushunib, u insonga his-tuyg‘uli ta’sir etuvchi, uni quvonch va hayratga soluvchi kuch deb uqtiradi. XVII asr ingliz olimi E.Byork fikricha, ulug‘vorlik tuyg‘usining manbai-dahshat yoki shunga o‘xshash tuyg‘ular ko‘zg‘atadigan barcha narsalar, voqea-hodisalardir. Byork ulug‘vorlikni insonga his-tuyg‘uli ta’sir o‘tkazish shakllari ichida eng kuchlisi bo‘lgan qoniqmaslik tuyg‘usi bilan bog‘laydi: Go‘zallik qoniqish asosidagi estetik zavqlanish baxsh etsa, ulug‘vorlik dahshat va qoniqmaslik tuyg‘usining vujudga keltiradi. Boshqa ingliz olimi T.Xoum fikricha, ulug‘vorlik go‘zallikdan faqat o‘zining ko‘lami bilan farq qiladi va ijobiy his-tuyg‘ular uyg‘otadi. I.Kant fikricha, go‘zallik ham, ulug‘vorlik ham qo‘pol, sof foyda ma’nosidagi manfaatdan xoli bo‘lib, hamma uchun umumiy ahamiyatli, maqsadga muvofiqlik va zarurlik tasavvurlarini o‘zida mujas-samlashtirgandir. Ular o‘rtasidagi farqlar: agar go‘zallik sifatdan olingan qoniqish orqali vujudga kelsa, ulug‘vorlikning zaminida miqdor tasavvuri yotadi; go‘zallik hamma vaqt jozibali, ulug‘vorlik esa goh o‘ziga tortadi, goh o‘zidan qochiradi va nisbiy his-tuyg‘ular qo‘zg‘aydi. CHernishevskiy fikricha, ulug‘vorlik tabiiy hodisalarga ham xos estetik tushunchadir. Masalan, oddiy shamoldan bir necha yuz marta kuchli bo‘ron ulug‘vordir, pastkash hisob-kitob va intilishlardan yuz karra kuchli bo‘lgan sevgi ulug‘vordir. Ulug‘vorlik ko‘lami go‘zallik ko‘lamidek cheksizdir. Tabiatda ulug‘vorlik timsollari: okeanlar, osmon, dengizlar, sharsharalar, tog‘lar. Ularning umumiyligi-ulkanligida, keng ko‘lamligida. Ulug‘vorlik quvonch, hayratlanish, tan berish, shuningdek, ba’zida qo‘rquv hissini uyg‘otadi. Ijtimoiy hayotda ulug‘vorlik qahramonlik va mardlik bilan qo‘shilib ketadi, ularni alohida-alohida mushohada etish qiyin. Ulug‘vorlikka xos estetik va axloqiy sifatlar mavjuddir. Fidoyilar, qahramonlarning qiyofalari bir vaqtning o‘zida ham ulug‘vorlikni, ham mardlikni namoyon qiladi. Ulug‘vorlik va pastkashlik qiymatlari ham o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Insonning tabiat ustidan hukmronligi – yaqin kunlargacha ulug‘vorlik timsoli sifatida in’ikos etilardi. Bunday munosabat ekologiya buzilishi, Orolning qurishi, kishilar sog‘lig‘ining yomonlashishiga olib keldi. Tabiat ustidan hukmronlik qilish emas, balki u bilan hamohang bo‘lish, ijtimoiy faol, tashabbuskor, ijodkor shaxsni shakllantirish – ulug‘vorlik orzusining asosiy mazmuni. Ulug‘vorlik san’atda har tomonlama ifodalanadi, chunki u san’atning asosiy mavzularidan biridir. Qahramonlik dostonlari, lirik dostonlar, qahramonlik musiqa asarlari, me’morchilikda ulug‘vorlik turlicha tasvirlanadi. San’atda ulug‘vorlik ba’zida fojialilik bilan yonma-yon namoyon bo‘ladi. Masalan, Shekspir asarlari, Shashmaqom, ba’zi me’moriy obidalar bir vaqtning o‘zida ham ulug‘vorlik, ham fojialilik ruhi bilan sug‘orilgan bo‘ladi. Lekin har doim ham emas. Masalan, Registon – ulug‘vor, lekin fojiali his uyg‘otmaydi, Makbet xonim fojiali, lekin ulug‘vor emas. Fojialilik va kulgililik estetik kategoriyalari yordamida hayot ziddiyatlari va to‘qnashuvlari baholanadi va mushohada qilinadi. Fojialilik va kulgililik ijtimoiy xususiyatga ega tushunchalardir. Ular yolg‘iz insonga xosdir, faqat ijtimoiy munosabatlar jarayonidagina namoyon bo‘ladi. Fojialilik va kulgililik o‘zaro bog‘liqligi hayotning murak-kabligi, ziddiyatliligi, harakatchanligidan kelib chiqib, ularni san-’at yordamida yaxshiroq anglaymiz. San’at asarlarida fojialilik va kulgililik yaxlit namoyon bo‘ladi. Ko‘p hollarda fojialilik va kulgililikning uzviy chirmashib ketishi ildizlari ijodkor iste’dodiga borib taqaladi. Masalan, Shekspir asarlarida fojiali va kulgili tomonlar shu qadar chirmashib ketganki, ularning birini ikkinchisisiz anglash qiyin. Fojialilik muammosi har doim, falsafiy va estetik tafakkur e’tiborini o‘ziga jalb qilib kelgan. Fojialilikda voqeiy hayotning chuqur ziddiyatlari va to‘qnashuvlari hayot va o‘lim, ozodlik va zarurat, aql va tuyg‘u, qonun va burch, shaxsiy va ijtimoiy xususiyatlar namoyon bo‘ladi. Shekspir va Sofokl asarlari, Dostoevskiy, SHoloxov ro‘mon-lari, M.SHayxzodaning «Jaloliddin Manguberdi», «Mirzo Ulug‘bek» sahna asarlari fojia san’atiga misol bo‘ladi. Fojia san’ati – insoniyatning doimiy hamrohi. Inson o‘z orzularini ro‘yobga chiqarish uchun bir umr intiladi, kurashadi. Insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida ijtimoiy adolatsizliklar, mu-nosabatlardagi xilma-xillik, san’atda fojiali ohanglar tug‘ili-shiga sabab bo‘ladi. Download 64.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling