Astma Kasalliklari


Download 170.25 Kb.
bet1/3
Sana04.02.2023
Hajmi170.25 Kb.
#1165403
  1   2   3
Bog'liq
Astma Kasalliklari


Astma Kasalliklari
Astma jiddiy yuqumli boʻlmagan kasalliklar sarasiga kiritilgan boʻlib, nafas yoʻllarining yalligʻlanishi va torayishi bilan tavsiflangan surunkali oʻpka xastaligidir. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tahlillariga koʻra, 2019 yilda butun dunyoda astma bilan kasallanganlar soni 262 million nafarni tashkil etdi va ulardan 461 ming nafar kishida xastalik oʻlim holati bilan yakun topgan.
Mamlakatimizda esa aholining 5 foizga yaqin qismi mazkur dard bilan ogʻriydi. Xoʻsh, astma qanday kasallik? Uning oʻziga xos belgilari, uni davolash usullari qanday?
Ushbu savollarga Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Nargiza PARPIYEVA javob beradi.
– Astma soʻzi yunon tilidan tarjima qilinganda “boʻgʻilish”, “ogʻriq” degan maʼnolarni anglatib, kasallik doimiy va takrorlanib turadigan boʻgʻilish xurujlari bilan tavsiflanadi.
Bronxial astma — bronxlarning allergik yoki infeksion sabablarga koʻra surunkali tarzda yalligʻlanishi hisoblanib, xastalik allergen omillarga bogʻliq va bogʻliq boʻlmagan turlarga boʻlinadi.
Tibbiyotda allergenlar asosan toʻrt guruhga ajratiladi: daraxt gullarining changi, uy changlari, hayvon yungi va boshqalar. Noallergik sabablar sifatida jismoniy yuklamalarning koʻpligi, ruhiy tushkunlik, sovuq havo kabilarni kiritish mumkin. Toʻgʻri, sovuq havo, virusli infeksiyalar, oʻtkir hidlar, asabiylashish allergen hisoblanmaydi, biroq mazkur omillar astma xurujiga turtki boʻlishi mumkin.
— Kasallikning qanday oʻziga xos belgilari bor?
— Xastalik kechayu kunduz muntazam yoʻtal, boʻgʻilish va nafas chiqarishning qiyinligi, jismoniy mashqlar paytida boʻladigan yoʻtal, koʻkrakning “hushtak” chalishi, allergenlar bilan muloqotda boʻlganda xurujlarning qoʻzgʻalganligi hamda koʻkrak qafasidagi noqulaylik kabi belgilar bilan kechadi.
Bemorning nafasi qisilganda tananing diafragma sohasida kuchli ogʻriq paydo boʻladi. Xuruj yoʻtal tutishi bilan birga kelib, bronxlar ichki yuzasidagi balgʻam chiqarib tashlangach, bemor ahvoli birmuncha yaxshilanadi. Kasallik xurujida oʻpka alveolalarida gazlar almashinuvi keskin susayadi. Bu esa organizmning kuchsizlanishi, nutq muammolari va taxikardiya (yurakning tez urishi)ni keltirib chiqaradi.
Shuningdek, baʼzilarda kasallik xuruji jismoniy yuklamalardan soʻng yanada kuchayadi. Ayrimlar esa sovuq havodan nafas olganida ham oʻzini yomon his qiladi. Bu, albatta, tananing individual xususiyatiga bogʻliq.
Ushbu xastalikka jiddiy eʼtibor qaratish zarur, aks holda turli koʻngilsiz hodisalar kelib chiqadi. Agar oʻz vaqtida muolaja qilinmasa, astma, hatto, oʻlimga ham olib kelishi mumkin. Shu bois unga eʼtiborsiz boʻlish aslo yaramaydi.
— Astma irsiy kasallikmi?
— Bronxial astma bilan ogʻrigan kattalarning uchdan bir qismi bolaligida aynan ushbu xastalikka chalingan boʻladi. Oʻsmirlik paytida undan xalos boʻlgan odamlarning katta boʻlganlarida astma xavfiga duchor boʻlish ehtimoli yuqori. Bu paytda kasallikning rivojlanish xavfi irsiy omillar, shuningdek, atrof-muhitning taʼsiri bilan yanada kuchayadi.
Tibbiyotda bronxial astmaning kelib chiqish sabablari orasida nasliy moyillik alohida tilga olinadi. Ayniqsa, allergik bronxial astmada irsiy omillar muhim oʻrin tutadi. Agar ota-onaning birida kasallik mavjud boʻlsa, tugʻilajak farzandda xastalikning ehtimoliy darajasi 20-30 foizni tashkil etadi. Bordi-yu, ota-onaning ikkisi ham astmatik hisoblansa, kasallikning nasl surish ehtimoli 75 foizni tashkil qiladi.
— Bolalarda astma kasalligi qanday davolanadi?
— Astma kasalligi yosh tanlamasligi, ayniqsa, bolalarda kuzatiladigan surunkali xastaliklar orasida yetakchi oʻrinda turishi bilan barchani jiddiy tashvishga soladi.
Odatda bolalarda astma ikki bosqichda davolanadi. Birinchi galda kasallikni keltirib chiqaruvchi omillar – allergen, sovuq havo, tashqi muhitdagi begona moddalar(tamaki, chang)ni aniqlab, ularni bartaraf etish zarur. Ikkinchisi, kasallikni dori bilan davolash usulidir. Bu usulni doimiy yoki xastalik xuruj qilganda amalga oshirish mumkin.
Shifokorlar bunday paytlarda koʻpincha gormonal preparatlar, glyukortikoidlar, ingalyasion bronxolitiklar va antileykotriyen dori vositalaridan keng foydalanadi. Parhez tutish buyuradi. Bolalarda davolash toʻgʻri olib borilsa ularning 50 foizi butunlay tuzalib ketishi mumkin.
— Kattalarda kasallik qanday davolanadi?
— Astma qancha erta aniqlansa, muolajalar shunchalik yaxshi foyda beradi. Aniqlangan xastalik bosqichiga koʻra, turli dori vositalari va fiziomuolaja (nafas yoʻllari gimnastikasi, mashqlar, suzish va boshqa chiniqtiruvchi usul) lar bilan davolanadi.
Shuni aytish lozimki, bronxial astma surunkali xastalik boʻlib, undan butunlay xalos boʻlish qiyin jarayon hisoblanadi. Biroq toʻgʻri tanlangan muolaja usullari yordamida bemorning umumiy holatini uzoq va barqaror holatga olib kelish va bu orqali uning salomatligini yaxshilash mumkin. 
Bronxial astmada ingalyasion bronxolitiklar ( qisqa va uzoq taʼsir qiluvchi) ingalyasion glyukokortikoidlar, antileykotriyent dori vositalari katta samara beradi. Bemorlar doimiy ravishda oʻzini nazorat kilib yurishlari kerak, xar kanday ahvoldagi oʻzgarishlarini oʻz vaqtida shifokor bilan maslaxatlashib davoni davom ettirishlari kerak.
Shifokorlar kasallikdan himoyalanish uchun eng birinchi galda allergenlardan ehtiyot boʻlishni tavsiya etadi. Ayniqsa, bemor yashayotgan uy ozoda boʻlishi, xonalar tez-tez shamollatib turilishi, atrofda chang zarralari, kimyoviy vositalar, hayvonlar (mushuk, it) boʻlmasligi lozim. Ammo inson hayoti davomida baribir allergenlar bilan “uchrashadi”. Shu bois bemor bronxlarini himoya qila olishi kerak.
Buning uchun yuqori samarali maxsus dorilar yordamida doimiy bronx devorlari yalligʻlanishini bir meʼyorda ushlash talab etiladi. Bundan tashqari, kasallikni oldini olish uchun AQID (Allergenga qarshi immuno davo) terapiya usuli qoʻllanilish ham yaxshi samara beradi. Faqat bu muolaja allergolog nazoratida olinishi zarur.
Yana bir gap. Astma koʻpincha uyqu paytida koʻproq namoyon boʻladi. Boisi bu vaqtda nafas olish yoʻllari sezgirligi ortib, oʻpkaning qisqarishi pasayadi. Shuningdek, tunda organizm oʻpka faoliyatini oʻzgartiruvchi maxsus moddalarni ishlab chiqaradi va tana harorati pasayadi. Bu esa nafas yoʻllarining sovushiga olib keladi.
— Astma kasalligi bilan ogʻriyotganlarga tavsiyangiz.
— Ushbu xastalik bilan ogʻrigan insonlarga shifokorlar yilda ikki bor tabiat qoʻynida, ayniqsa, archa koʻp ekilgan sihatgohlarda hordiq chiqarishni tavsiya etadi.
Shuningdek, isteʼmol qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari ham allergik taʼsirlardan xoli boʻlishi talab qilinadi. Unutmang, agar hayot tarzingizda tartibga rioya qilmas ekansiz, bu xastalik bilan kurashish anchayin qiyin kechadi

Astma kasalligi yosh tanlamasligi, ayniqsa, bolalarda kuzatiladigan surunkali xastaliklar orasida yetakchi oʻrinda turishi bilan barchani jiddiy tashvishga soladi.

Xoʻsh, bolalardagi astma kasalligini qanday davolasa boʻladi? Kattalardachi? Astma irsiy kasallikmi?


Shu kabi savollarga Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi direktori Nargiza Parpiyeva javob beradi.
— Astma irsiy kasallikmi?
— Bronxial astma bilan ogʻrigan kattalarning uchdan bir qismi bolaligida aynan ushbu xastalikka chalingan boʻladi. Oʻsmirlik paytida undan xalos boʻlgan odamlarning katta boʻlganlarida astma xavfiga duchor boʻlish ehtimoli yuqori. Bu paytda kasallikning rivojlanish xavfi irsiy omillar, shuningdek, atrof-muhitning taʼsiri bilan yana-da kuchayadi.
Tibbiyotda bronxial astmaning kelib chiqish sabablari orasida nasliy moyillik alohida tilga olinadi. Ayniqsa, allergik bronxial astmada irsiy omillar muhim oʻrin tutadi. Agar ota-onaning birida kasallik mavjud boʻlsa, tugʻilajak farzandda xastalikning ehtimoliy darajasi 20-30 foizni tashkil etadi. Bordiyu, ota-onaning ikkisi ham astmatik hisoblansa, kasallikning nasl surish ehtimoli 75 foizni tashkil qiladi.
— Bolalarda astma kasalligi qanday davolanadi?
— Odatda bolalarda astma ikki bosqichda davolanadi. Birinchi galda kasallikni keltirib chiqaruvchi omillar – allergen, sovuq havo, tashqi muhitdagi begona moddalar (tamaki, chang)ni aniqlab, ularni bartaraf etish zarur. Ikkinchisi, kasallikni dori bilan davolash usulidir. Bu usulni doimiy yoki xastalik xuruj qilganda amalga oshirish mumkin.
Shifokorlar bunday paytlarda koʻpincha gormonal preparatlar, glyukortikoidlar, ingalyatsion bronxolitiklar va antileykotriyen dori vositalaridan keng foydalanadi. Parhez tutish buyuradi. Bolalarda davolash toʻgʻri olib borilsa ularning 50 foizi butunlay tuzalib ketishi mumkin.
— Kattalarda kasallik qanday davolanadi?
— Astma qancha erta aniqlansa, muolajalar shunchalik yaxshi foyda beradi. Aniqlangan xastalik bosqichiga koʻra, turli dori vositalari va fiziomuolaja (nafas yoʻllari gimnastikasi, mashqlar, suzish va boshqa chiniqtiruvchi usul) lar bilan davolanadi.
Shuni aytish lozimki, bronxial astma surunkali xastalik boʻlib, undan butunlay xalos boʻlish qiyin jarayon hisoblanadi. Biroq toʻgʻri tanlangan muolaja usullari yordamida bemorning umumiy holatini uzoq va barqaror holatga olib kelish va bu orqali uning salomatligini yaxshilash mumkin.
Bronxial astmada ingalyatsion bronxolitiklar (qisqa va uzoq taʼsir qiluvchi) ingalyatsion glyukokortikoidlar, antileykotriyent dori vositalari katta samara beradi. Bemorlar doimiy ravishda oʻzini nazorat qilib yurishlari kerak, har qanday ahvoldagi oʻzgarishlarini oʻz vaqtida shifokor bilan maslahatlashib davoni davom ettirishlari kerak.
Shifokorlar kasallikdan himoyalanish uchun eng birinchi galda allergenlardan ehtiyot boʻlishni tavsiya etadi. Ayniqsa, bemor yashayotgan uy ozoda boʻlishi, xonalar tez-tez shamollatib turilishi, atrofda chang zarralari, kimyoviy vositalar, hayvonlar (mushuk, it) boʻlmasligi lozim. Ammo inson hayoti davomida baribir allergenlar bilan “uchrashadi”. Shu bois bemor bronxlarini himoya qila olishi kerak.
Buning uchun yuqori samarali maxsus dorilar yordamida doimiy bronx devorlari yalligʻlanishini bir meʼyorda ushlash talab etiladi. Bundan tashqari, kasallikni oldini olish uchun AQID (Allergenga qarshi immuno davo) terapiya usuli qoʻllanilish ham yaxshi samara beradi. Faqat bu muolaja allergolog nazoratida olinishi zarur.
Yana bir gap. Astma koʻpincha uyqu paytida koʻproq namoyon boʻladi. Boisi bu vaqtda nafas olish yoʻllari sezgirligi ortib, oʻpkaning qisqarishi pasayadi. Shuningdek, tunda organizm oʻpka faoliyatini oʻzgartiruvchi maxsus moddalarni ishlab chiqaradi va tana harorati pasayadi. Bu esa nafas yoʻllarining sovishiga olib keladi.





  • Astmani qanday davolash kerak

  • Astmani qanday davolash mumkin

  • Qrim astmatikasida qaerda dam olish kerak

  • Allergiyadan qanday qutulish mumkin

Siz astma bilan kurashishingiz mumkin. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, o'tkir kasalliklarni faqat antibiotiklar yordamida davolash mumkin. Agar siz o'ta og'ir ahvolda paydo bo'lgan bo'lsangiz, unda oldini olish va keyingi davolash yanada an'anaviy tusga ega bo'lishi mumkin.
O'tkir respirator kasalliklarga qarshi kurashda xalq davolash usullari uzoq vaqtdan beri rivojlanmoqda. Hozirgi vaqtda astmani davolashning bir qancha usullari mavjud. Ba'zi usullar hujum paytida ham, profilaktika sifatida ham qo'llaniladi.
1. Qarag'ay konuslariga damlamasi. Termos olib, pastki qismiga yashil konuslarni, bir oz qarag'ay qatronini joylashtiring va yarim litr sut quying. Konuslarni ishlatishdan oldin yuvish kerak va iloji bo'lsa ularni kesish kerak. Sutni issiq tushiring, lekin qaynatilmaydi. Ushbu bulonni 4 soat turib oling. Keyin termos tarkibini tülbent orqali siqib chiqaring. Konuslarni yana ishlatish mumkin va natijada olingan sharbat sizning doringizga aylanadi. Bir oy davomida kuniga bir stakan iching.
2. Qora turp aralashmasi. Qora turpni, qobig'ini, qirg'ichini yuving. Keyin asalni suyuq holga keltiring va turp bilan aralashtiring. Ushbu massadan har kuni yotishdan oldin bir osh qoshiq eyishingiz kerak.
3. O'tkir astma xurujini to'xtatish uchun odamni issiq, nam muhitga joylashtirish kerak. Bunga iliq xona va juda issiq suvli basseyn yordam beradi. Biror kishini havzaning ustiga qo'ying, nafas oling, namlik balg'amni yo'talishiga yordam beradi va uni kamroq og'riqli qiladi.
4. Astma kasalligini davolashda bo'rsiq yog'i juda yaxshi. Mahsulot keng tarqalgan emas, ammo tanqidiy holatlarda siz hamma narsani olishingiz mumkin. Siz kuniga bir qoshiq bo'rsiq yog'ini eyishingiz kerak, yotishdan oldin.
5. Asalari zahari kuchini kamaytirmang. Astmatika, propolis va asalari noni har kuni shirinliklar bo'lishi kerak. Ushbu mablag'lar kasallikning agressiv xususiyatini kamaytirishga yordam beradi.
Ushbu kasallik uning rivojlanishining turli darajalarida bo'lishi mumkin. Bosqichga asoslanib, astmani qanday davolash kerakligini aniqlashingiz mumkin. Ba'zida dori-darmonlar ajralmas, ba'zida esa keraksiz bo'ladi. Qanday bo'lmasin, dori yoki davolanishdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Download 170.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling