Holima yor tarahhum qilmas, Yig`lasam zor,tabassum qilmas
Download 51.5 Kb.
|
Navoiy ģazallari tabdili 88809
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tushunarsiz so`zlar lug`ati: Tavahhum
- tazod
Holima yor tarahhum qilmas, Yig`lasam zor ,tabassum qilmas . Ko`ngluma vahm erur hijronidin, Qatldin hech tavahhum qilmas . G`uncha og`zing so`zida qaysi zamon, Kim , hazin ko`nglum o`zin gum qilmas . Javrlarkim qilur ul oy manga, Yetti aflok aro anjum qilmas. Qaysi bir zulmki qilmas ul sho`x, Garchi bu zor tazallum qimas . Yuz kalom el bilan aytur har dam , Bizga bir nukta takallum qilmas . Ey Navoiy ,qiya boqti demakim , Ko`ngluma yor tarahhum qilmas . Tushunarsiz so`zlar lug`ati: Tavahhum-vahimaga tushish,qo`rquv ,Tazallum—zulmlanish ,zulm ko`rish shikoyat.tarahhum-rahm qilishning ko`pligi degan ma`nolani anglatadi,aflok – osmon gumbazi.takallum –suhbat qurish ,gaplashish G`AZALNING NASRIY BARONI :Holimga yor rahm qilmaydi.Qancha yig`lasam ham bir marotaba menga tabassum qilmaydi .Uning hijronidan ko`nglumga shu qadar vahm ya`ni qo`rquv borki ,u bo`lsa qatldan hech qo`rqmaydi .Har qachon gapirsang ham saning og`zing g`unchadek ,maning ko`nglum o`zini gum qilolmaydi .U oy manga qanchadan qancha jabr qilsa ham bir bora . yetti osmon gumbazidan ham suhbat qilmas.Ul sho`x qancha zulm qilsa ham ,bir marotaba shikoyat qilmadim .Elga har doim yuz martalab so`z aytsada ,men bilan bir bor suhbat qilmadi .Ey Navoiy qiya boqdi dema, ul yor ko`nglumga rahm qilmadi . Ushbu g`azalda lirik qahramon boshdan oxirigacha yorining zulmkashlidigan unga bir marotaba ham tabassum qilmasligidan aziyat chekkaninidan shikoyat qilganligi tasviri asosida qurilgan. Baytlarda mashuqaning oshiqqa qilgan jabr –zulmi k etma ket sanalar ekan o`quvchi ko`z o`ngida ishq- muhabbatdan qiynalgan oshiq holati aks etaveradi . Navoiyning oshiqona g`azallaridan biri bo`lgan ushb u g`azal 7 baytdan tashkil topgan bo`lib ramal bahrida yozilgan ,taqte`si: -v-- ,/-v-- , / -v- .G`azalda tanosub ,tazod , tashbeh, istiora kabi she`yiy san`atlardan unumli foydalanilgan . G`azalning matlasida yig`lasam va tabaassum qilish so`zlarida tazod san`ati ni yuzaga keltirgan . Vahm , hijron , tavahhum ,so`zlari orqal I tanosub, g`uncha og`zing da tashbeh san`ati yaqqol aks etgan . G`azalda barcha baytlar matla`da qo`llangan mavzuni maqta`gacha izchil yoritishga safarbar etilgan .Maqta`da lirik qahramon Navoiyga murojaat qilib , ma`shuqa senga qiya boqdi ,va bu bilan senga rahm qildi deydi . N avoiyning har bir g`azalida an`anaviy mavzuni yangi ruh , yangi tuyg`u va fikrlar bilan yangidan yaratish , g`azalning qadimiy shaklidan foydalaninb ,shoirona mo`jizalar ko`rsatish mahorati namoyon bo`ladi . Voqean tahlilga olgan g`azalimiz ham “ Holima tor tarahhum qilmas “ deb boshlanadi . Bunda hijron mavzusini yoritishda o`zinig eng baland cho`qqisiga ko`tarilgan , insonga xos eng yuksak hislarni buyuk hayajon va ilhom bilan kuylaydi .G`azal oshiqning ishq dardiga mubtalo bo`lgani ,faqat yor vasli uchun azob chekayotgani ifodalangan . Download 51.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling