Astranomiya fani va uning kelib chiqishi, zamonaviy yo’nalishlari. Astranomiya fanining boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi. Sayyoralarning ko’rinma harakatlarini tushuntirish. Kepler qonunlari Reja


Sayyoralar ko’rinma sirtmoqsimon harakati


Download 0.79 Mb.
bet3/4
Sana23.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1385132
1   2   3   4
Bog'liq
astranomiya tayyor referat

4. Sayyoralar ko’rinma sirtmoqsimon harakati
Sayyoralar o’zlarining Quyosh atrofidagi harakatlarida Quyoshga nisbatan turli vaziyatlarni egallashlarini ko’rib chiqqan edik. Keling Yer T Quyoshga nisbatan rasmdagi vaziyatda bo’lsin. Bu paytda ichki yoki tashki sayyoralar, orbitasining istalgan joyida bo’lishi mumkin. Agar ichki sayyora masalan, Venera V1, V2, V3, V4 vaziyatlarida bo’lsa V1 va V3, uning mos ravishda quyi va yuqori Quyosh bilan birlashishi, V4 - sharqiy elongasiyasi, V2 - g’arbiy elongasiyasidir.
Tashqi sayyora esa masalan, Mars (M), Yerdan M4 - sharqiy, M2 - g’arbiy kvadraturalarda, M3 - qo’shilishi, M1 - qarama-qarshi turish vaziyatlarida turadi. Ichki sayyora Yerga quyi qo’shilishi vaziyatida eng yaqin va yuqori qo’shilishida eng uzok masofada bo’ladi. Tashqi sayyoralar esa M1 qarama-qarshi tomonda bo’lganida Yerga yaqin masofaga kelsa qo’shilishi M3 da uzoq masofada bo’ladi.
Sayyoralarning sirtmoqsimon harakatini tushuntirish asosida Yer va sayyora orbita bo’ylab chiziqli harakatlarini solishtirish yotadi. Yuqori

sayyora qo’shilib, vaziyati yaqinida M3 bo’lganida (Rasm 13-a) uning tezligi Yerning tezligiga qarama-qarshi bo’ladi.


Yerdan uning tezligi kattalashganday tuyuladi qarama-qarshi turish paytida sayyoraning tezligi qarama-qarshi tomonga qaratilgandir. Lekin Yerning tezligi sayyora tezligidan katta bo’lganligi sababli sayyora teskari tomon sharqdan g’arbga tomon harakat qilganday bo’lib ko’rinadi.
Xuddi shunday analiz (Rasm 13-b) nima uchun quyi sayyoralar pastki qo’shilishi paytida (V1) teskari harakat qilib, yuqori qo’shilishi paytida esa (V2) to’g’ri harakat kilishni ko’rsatadi.


5. Sayyoralarning sinodik harakat tenglamasi
Sayyoralarning sinodik (S) davri deb, ularning ikki marotiba ketma-ket o’tgan bir xil konfigurasiyalari orasidagi vaqtiga aytiladi.
Siderik yoki yulduz aylanish davri (T) deb sayyoraning Quyosh atrofida bir marotiba to’la aylanishi uchun ketgan vaqtga aytiladi. Yerning siderik aylanish davriga yulduz yili deyiladi (T). Ana shu uchta davr orasidagi matematik bog’lanishni topamiz. Sayyora uchun bir sutkada burchak buyicha siljishi quyidagiga tengdir. 360/T Yer uchun 360/T sayyoralar va Yer (Yer va sayyora) sutkali burchak siljishlarining farqi, sayyoralarning bir sutkadagi ko’rinma siljishiga, ya’ni 360/S ga tengdir.
Ichki sayyoralar uchun (8.1)
Tashqi sayyoralar uchun esa (8.2)
(8.1) va (8.2) - ga sayyoralarning sinodik harakat tenglamalari deyiladi. Kuzatishdan sinodik davr S va Yerning siderik aylanish davri T aniqlanadi. Sayyoralarning siderik aylanishi davrlari esa (8.1) va (8.2) tenglamalardan foydalanib topiladi. Yulduz yili davomiyligi 365,325 o’rtacha Quyosh sutkasiga tengdir.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling