Astranomiya fani va uning kelib chiqishi, zamonaviy yo’nalishlari. Astranomiya fanining boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi. Sayyoralarning ko’rinma harakatlarini tushuntirish. Kepler qonunlari Reja


Yoritgichlarning ko’rinma holatlari.Yulduz turkumlari


Download 0.79 Mb.
bet2/4
Sana23.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1385132
1   2   3   4
Bog'liq
astranomiya tayyor referat

3.Yoritgichlarning ko’rinma holatlari.Yulduz turkumlari.
Yulduzlarning o’zaro joylashishi juda sekinlik bilan o’zgarib, maxsus o’lchashlarsiz,oddiy kuzatishlar asosida bunday o’zgarishlarni bir necha oy, hatto yillardan keyin ham sezib bo’lmaydi.
Qadim sharqda kishilar yoritgichlarga qarab mo’ljal olish uchun osmonning yorug’ yulduzlarini alohida to’dalarga ajratib, ularga yulduz turkumlari deb nom berganlar.
1922- yilda yulduz turkumlarini chegaralovchi egri chiziqlar to’g’ri chiziqlar bilan almashtirib, ayrim katta maydonli yulduz turkumlari bir necha yulduz turkumlariga ajratildi.
Osmonda ma’lum yulduz turkumini yoki yulduzni topish uchun, dastlab yulduz xaritalari va atlaslari bilan yaxshi tanishmoq va so’ngra ular yordamida ancha mashq qilmoq zarur bo’ladi.
Astronomiya kosmosdagi moddalarni laboratoriya sharoitida yuzaga keltirib bo`lmaydigan holatlarda va masshtablarda o`rganadi, shu bilan u olamning fizik manzarasini hamda bizning materiya hakidagi tasavvurlarimizni kengaytiradi. Bularning hammasi o`quvchilarning tabiat haqidagi ilmiy tasavvurlarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Astronomiya Quyosh va Oy tutilishlarini, kometalarning paydo bo`lishini oldindan hisoblab chiqish ham Yer va boshqa osmon jismlarning kelib chiqishi va evolyutsiyasini tabiiy-ilmiy tushuntirish imkoniyatlarini ko`rsatish bilan insonnning bilish doirasi cheksizligini isbotlaydi.
Yulduz turkumlari. Osmon bilan tanishishni bulutsiz kechalari, xira yulduzlarni kuzatishga Oyning yorug`ligi xalaqit bermaydigan paytlarda o`tkazish kerak. Miltiroq yulduzlar sochilgan tungi osmon manzarasi naqadar go`zal. Yulduzlar son-sanoqsizga o`xshab ko`rinadi. Lekin bu hali sizning ko`zingiz o`rganmaganligi va osmonda o`zaro joylashishiga nisbatan o`zgarmas bo`lgan yulduzlarning tanish gruppalarini topishni o`rganmaganingiz uchun shunday ko`rinadi. Yulduz turkumlari deb atalgan bunday gruppalarni odamlar bundan ming yillar ilgari ajratganlar. Yulduz turkumi deganda osmonning biror chegara ichidagi butun sohasi tushuniladi. Butun osmon 88 ta yulduz turkumiga bo`lingan bo`lib, ularni yulduzlarning o`ziga xos joylashishiga qarab topish mumkin.
Ko`pchilik yulduz turkumlarining nomlari qadim zamonlardan saqlanib kelmoqda. Ba`zilarninig nomlari grek afsonalari bilan bog`langan, masalan, Andromeda, Persey, Pegas, ba`zilari yulduz turkumlaridagi yorug` yulduzlarni o`zaro to`tashtirishdan hosil bo`ladigan shakllarni eslatuvchi bo`yumlar bilan bog`liq: O`q-yoy, Uchburchak, Tarozi va hokazo nomlar bilan ataladi. Shunday yulduz turkumlari borki, ularga hayvonlar nomlari berilgan, masalan, Arslon (Asad), Qisqichbaqa (Saraton), Chayon (Aqrab).
Osmon gumbazidan yulduz turkumlarni, kartalarda ko`rsatilganidek, ularning eng yorug` yulduzlarini to`g`ri chiziqlar bilan biror shaklga o`xshatib xayoliy tutashtirish yo`li bilan topiladi.
Oysiz tunda gorizontdan yuqorida taxminan 3000 ga yaqin yulduzni bevosita ko`rish mumkin. Hozirgi vaqtda astronomlar bir necha million yulduzlarning aniq vaziyatlarini belgilaganlar, ulardan kelayotgan energiya oqimini o`lchaganlar va bu yulduzlarning ro`yxati - katalogini tuzganlar.
Osmonnning kunduzi zangori bo`lib ko`rinishiga sabab, Quyosh yorug`ligi tarkibidagi zangori nurlarning har xil zichlikdagi havoda ko`proq sochilishidir. Yer atmosferadan tashkarida turib qaraganda osmon qora bo`lib ko`rinadi, unda bir vaqtning o`zida Quyosh va yulduzlarni kuzatish mumkin.
Yulduzlar turli ravshanlikka va har xil: oq, sariq, qizg’ish rangga ega. Yulduz qanchalik qizil bo`lsa, u shunchalik sovuqdir. Bizning Quyosh sariq yulduzlar turiga kiradi.
Qadimgi arablar yorug` yulduzlarga shaxsiy nomlarni berganlar. Oq yulduzlar: Lira turkumidagi Vega, Burgut turkumidagi Altoir (ular yoz va kuz paytlarida ko`rinadi), Sirius – osmondagi eng yorug` yulduz (qishda ko`rinadi); qizil yulduzlar: Orion turkumidagi Betelgeyze va Savr turkumidagi Aldebaran (qishda ko`rinadi), Aqrab turkumidagi Antares yozda ko`rinadi; Aravakash turkumidagi sariq Kapella (qishda ko`rinadi);
Eng yorug` yulduzlarni qadim zamonlardayoq 1-kattalikdagi yulduzlar deb, bevosita qaraganda kuz zo`rg`a ilg`aydigan eng xira yulduzlarni 6-kattalikdagi yulduzlar deb ataganlar. Ana shu qadimiy terminologiya hozirgacha saqlanib qolgan. «Yulduz kattaligi» (u m harfi bilan belgilanadi) termini yulduzlarning haqiqiy o`lchamlariga hech qanday aloqasi bo`lmay, u yulduzlardan Yerga kelayotgan yorug`lik oqimini harakterlaydi. Ikkita yulduzning o`zaro yulduz kattaliklari orasida farq birga teng bo`lsa, ularning ko`rinma yorug`ligi bir-biridan taxminan 2,5 marta farq qiladi, deb qabul qilingan. U holda 5 yulduz kattaligiga farq qilsa, ravshanlik farqi rosa 100 martaga to`g`ri keladi. Masalan, 1-kattalikdagi 6-kattalikdagi yulduzlardan 1000 marta yorug`. Hozirgi zamon kuzatish usullari taxminan 25-yulduz kattaligigacha bo`lgan yulduzlarni ko`rish imkonini bermoqda.
Aniq o`lchashlar, yulduzlar kasr va manfiy yulduz kattaliklariga ham ega ekanini ko`rsatmokda. Masalan, Aldebaran m=1,06, Vega m=0,14, Sirius m=-1,58, Quyosh m=-26,80 yulduz kattaligiga ega.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling