Astronomiya o`qitishning umumiy metodikasi. Аstrоnоmiya tа’limining umumnаzаriy аsоslаri


Download 52.45 Kb.
bet3/5
Sana06.11.2023
Hajmi52.45 Kb.
#1751469
1   2   3   4   5
Bog'liq
astronomiya oqitishning umumiy metod

Fiziologiya - o‘quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik xususiyatlarini inobatga olinishi uchun boshlang‘ich asoslarni beradi.
Gigiyena - o'quvchilaming salomatligini muhofazalash, ulaming jinsiy jihatdan to‘g‘ri shakllantirishda nazariy va amaliy g‘oyalari bilan yordam beradi.
Psixologiya - shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruhiy-intellektual, hissiy-irodaviy sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.
Tarix -astronomiya fani taraqqiyoti, ilmiy merosimiz, ajdodlarimizning astronomiyani rivojlanishida qo‘shgan hissasi shuningdek, xalq pedagogikasi g‘oyalarini kelgusi avlodga uzatish uchun yo‘naltiriladi.
Madaniyatshunoslik - o‘quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat asoslari haqidagi tasavvumi shakllantirish, ularda madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.
Tibbiy fanlar - shaxsning fiziologik-anatomik jihatidan to‘g‘ri rivojlanishini ta’minlash, uning organizmida namoyon bo‘layotgan ayrim nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli bolalarni o ‘qitish hamda tarbiyalash muammolarini o‘rganishda ko‘maklashadi. Astronomik hodisalarni inson ongi va fiziologiyasiga ta’sirini o‘rganish va o'rgatish.
Ma’naviyat asoslari - jamiyat, inson va ma’naviyat o‘rtasidagi munosabatlarni, ma’naviyatning jamiyat taraqqiyoti, inson ongini rivojlanishidagi roli, fuqarolarni ma’naviy tarbiyalash omillarini o‘rganadi.
Astronomiya va fizika. Astronomiyaning fizika bilan bog’liqligi, ayniqsa, astronomiya kursining astrofizika bo’limini o'tishda yaqqol seziladi. Osmon jismlarining fizik holatini molekular-kinetik nazariya asosida tushuntirish, nurlanish jarayonlari, issiqlik tarqalishi va atom yadrosining yemirilishi va sintez hollarini tushuntirish fizikaviy bilimlarga tayaniladi. Yulduzlaming spektrlarini olish
bilan ulaming tarkibi va temperaturasi aniqlanadi. Quyosh nurlarining tarqalishida optika bilimlariga asoslanadi. Sayyoralaming harakatlarini tushuntirishda esa mexanika qonuniyatlariga tayaniladi. Bunda Nyuton hamda Kepler qonunlari katta ahamiyatga egadir.

Download 52.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling