Boy ilmiy-madaniy merosimiz, qadimiy urf-odat hamda anʼanalarimizdan ayonki, har qanday zamon va makonda ham oila biz uchun muqaddas qadriyat sanalgan
Download 19.2 Kb.
|
Boy ilmiy
Boy ilmiy-madaniy merosimiz, qadimiy urf-odat hamda anʼanalarimizdan ayonki, har qanday zamon va makonda ham oila biz uchun muqaddas qadriyat sanalgan. Binobarin, tarbiyaviy, maʼnaviy-maʼrifiy, ruhiy-axloqiy, iqtisodiy-huquqiy munosabatlarga asoslangan ijtimoiy birlik hisoblanmish oila qanchalik mustahkam boʻlsa, jamiyat ham shunchalik barqaror taraqqiy etishini ajdodlarimiz juda yaxshi anglashgan. Shu bois ota-bobolarimiz oilaga juda katta eʼtibor bilan qarashgan. Buyuk allomalarimiz Mahmud Koshgʻariy, Ahmad Yugnakiy, Kaykovusdan tortib Beruniy, Ibn Sino, Forobiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulugʻbek va boshqalargacha oʻz asarlarida oilaviy masalalar, xususan, oila aʼzolari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, bola tarbiyasida ota-ona, bobo-buvining oʻrni, komil va vatanparvar shaxsni yetishtirishda bu muhim ijtimoiy institutning roliga alohida yondashib, ibratli hikoyatlar, rivoyatlar, farzandlarga maktublar, hikmatli soʻzlar, sheʼriy satrlar orqali pand-nasihatlar, hayotiy xulosalar yozib qoldirganlar. Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Munavvarqori Abdurashidxonov kabi maʼrifatparvarlarimiz ham odob-axloqi goʻzal, jismonan va maʼnan yetuk avlodni tarbiyalashning yagona yoʻli — barqaror oila qurish ekanini, oilani mustahkamlamasdan davlat va jamiyat taraqqiyotiga erishib boʻlmasligini taʼkidlashgan. Bugungi shiddat bilan oʻzgarib borayotgan globallashuv davriga kelib ham Oʻzbekiston oʻz istiqboli va kelajagini oilani rivojlantirish, uni eʼzozlashda, deb bilayotgani yuqoridagi anʼanaviy qadriyatlarimizni yanada boyitgan holda zamonaviy, namunali va farovon oilani barpo etish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylanganida ham yaqqol namoyon boʻlmoqda. Prezidentimizning joriy yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan milliy hamda maʼnaviy qadriyatlarimiz asosida ushbu sohada yillar davomida toʻplanib qolgan, eʼtibordan chetda qolib kelgan muammolar yechimi yuzasidan tegishli davlat organlari hamda jamoat tashkilotlari oldiga eng muhim va dolzarb vazifalar qoʻyildi. Mazkur Farmonga binoan, Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi oila instituti sohasida yagona davlat siyosatini yurituvchi tizim sifatida tashkil etildi. Markazning asosiy vazifasi davlat va jamoat tashkilotlari, parlament, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini Oʻzbekiston oilalarini mustahkamlash gʻoyasi atrofida birlashtirish, bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirib borish, mamlakatda faqat sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat ustuni boʻla olishini aholi ongiga singdirish, ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish orqali oila institutini mustahkamlash etib belgilangani mamlakatimizda bu borada mutlaqo yangi bosqichdagi saʼy-harakatlar boshlanganidan dalolat beradi. Oʻz navbatida, umuminsoniy va milliy oilaviy qadriyatlarni tahlil qilish asosida zamonaviy, namunali oila mezonlarini belgilash hamda “Oila jamiyat va davlat himoyasida” konstitutsiyaviy prinsipini keng targʻib etish va jamiyatga singdirish masalalariga kompleks yondashish faoliyatimizda ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, oilani mustahkamlash va rivojlantirish, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilash, jamiyatda eng ibratli oilaviy anʼanalarni saqlab qolish hamda targʻibot qilish masalalari boʻyicha hududlarda qator fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borilayotir. Misol uchun, zamonaviy muvaffaqiyatli oila mezonlari qanday boʻlishi kerak, degan mavzuda respublikamizning turli viloyatlarida 800 dan ortiq oilalarda ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazilib, yakuniy natijalar boʻyicha zamonaviy oilaning modeli ishlab chiqildi. Tadqiqot oʻtkazilgan oilalar vakillarining fikrlariga koʻra, oiladagi sogʻlom va barqaror, osoyishta psixologik muhit; yuksak maʼnaviy-axloqiy tarbiya; yetarli darajadagi iqtisodiy va maishiy sharoitlar; oila aʼzolarining taʼlim yoʻnalishida oliy maʼlumotlilik darajasi; sihat-salomatlikka alohida eʼtibor qaratish zamonaviy namunali oilaning asosiy mezonlari qatoriga kiradi. Shu oʻrinda har qancha achchiq boʻlmasin, ochiq aytish kerak, tadqiqotlarimizning koʻrsatishicha, keyingi paytlarda xalqimizga xos boʻlmagan ayrim illatlar — oilaviy ajrashishlar, turli nizoli vaziyatlar, ishsizlik, oiladagi nosogʻlom muhit, maʼnaviy tushkunlik, ehtiyojmandlik, jinoyatga qoʻl urish holatlari kabi omillar notinch, noqobil, kemtik oilalar va qator ijtimoiy-maʼnaviy muammolarni paydo qilmoqda. Ayniqsa, ajrashishlar sonining kamaymayotgani kishida jiddiy tashvish uygʻotadi. Respublikamizning uchta viloyatida olib borgan tadqiqotlarimizdan maʼlum boʻldiki, oilalar barbod boʻlishiga quyidagi omillar asosiy sabab boʻlmoqda: Psixologik omil — oiladagi ogʻir psixologik muhit, oʻzaro tushunishning yoʻqligi, oiladagi doimiy nizolar, ota-onalarning yosh er-xotin hayotiga aralashishlari, yosh er-xotinlarni begonalashtirib qoʻyish, bir-biriga befarqlik; Ijtimoiy omil — ichkilikbozlik, farzandsizlik, er yoki xotinning salomatligi yaxshi emasligi; Maʼnaviy-axloqiy omil — er-xotindan birining uzoq vaqt davomidagi nikohdan tashqari aloqalari; Iqtisodiy omil — turarjoy sharoitlarining qoniqarli emasligi, moddiy yetishmovchilik, ishsizlik, erning oilani taʼminlamasligi, mehnat migranti sifatida chet elga ketgan er-xotindan birining oilasi bilan aloqasi uzilgani, qarzlarni uzolmaslik. Eʼtirof etish lozim, hozirgi kunga qadar 11800 dan ortiq nizoli oilalarning ishi sudga yetib bormasdan, FHDYO organi va sudga ajrashish uchun ariza bergan 3100 dan ziyod oilalarni esa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yarashtirishga erishildi. Umuman, buzilib ketish arafasida turgan 14645 ta oila saqlab qolindi. Olib borilgan tadqiqotlarimiz xulosalariga tayanib, ajrashishlarning oldini olish, oilalarni mustahkamlashga qaratilgan qator takliflar ishlab chiqdik. Bizningcha, eng avvalo, mahalla fuqarolar yigʻinlari huzuridagi Yarashtirish komissiyalari va “Ota-onalar universiteti” tuzilmalari uchun malakali kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish zarur. Oila qurayotgan fuqarolarni tegishli qonunchilik asosida er-xotinning huquq va majburiyatlari, xususan, nikoh shartnomasini tuzish tartiblari, shart-sharoitlari, oqibatlari yuzasidan huquqiy savodxonligini oshirish lozim. Bu borada keng qamrovli targʻibot ishlarini yuritish, tegishli uslubiy qoʻllanmalar yaratish, metodik tavsiyalar ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Umumtaʼlim maktablaridan tortib, oliy oʻquv yurtlarining dasturlarigacha oila saboqlarini oʻrgatuvchi dars mashgʻulotlarini kiritish foydadan xoli boʻlmaydi. Joylardagi oʻrganishlarimiz shuni koʻrsatmoqdaki, bugun oila atalmish muqaddas dargoh ostonasidan xatlayotgan koʻpchilik yoshlarimiz, afsuski, mustaqil hayotga na iqtisodiy, na maʼnaviy, na huquqiy, na ruhiy va na diniy-maʼrifiy tomondan tayyor. Bu muammoga yechim izlab Toshkent viloyatining Parkent tumanida FHDYO organiga nikohdan oʻtishga ariza bergan boʻlgʻusi kelin-kuyovlar uchun maxsus oʻquv-kursi tashkil etib, bir oy mobaynida ularning bilim va koʻnikmalarini oshirishga harakat qildik. 15 juftlikka oʻz kasbining mohir ustasi boʻlgan mutaxassislar tomonidan interaktiv, innovatsion usullarda mashgʻulotlar oʻtildi. Parkent tumanida izchil davom ettirilayotgan bu oʻquv-kursi yoshlarga nihoyatda maʼqul kelgani bois ushbu tajribani butun respublikamiz boʻylab ommalashtirmoqdamiz. Yaqin kunlar ichida esa markazimizning Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikdagi loyihasi — Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida “Boʻlgʻusi kelin-kuyovlar innovatsion maktabi” faoliyat boshlayapti. Bundan tashqari, mutaxassislarimiz tomonidan Namangan viloyatida oila masalalariga yangicha innovatsion yondashuv joriy etilmoqda. Buning uchun avval oilaga koʻrsatiladigan xizmatlar Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi qator muassasalar bilan hamkorlikda kompleks oʻrganib chiqildi. Oilalar bilan ishlash boʻyicha treninglar tashkil etish orqali soha mutaxassislariga mukammal bilim va koʻnikmalar berildi. Oʻz navbatida, “Oila” markazining mutaxassislari davlat hamda nodavlat tashkilotlariga oilaga xizmat koʻrsatishni taʼminlab beruvchi mutaxassis sifatida yaqinlashtirilmoqda. Natijada murakkab sharoitda qolgan, muammoli oilalar davlat xizmatidan bahramand boʻlyapti. Ayni vaqtga qadar Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi oilalar holati toʻliq ilmiy-amaliy tahlil qilinib, 84 tasini nochor holatdan chiqarish boʻyicha har biri uchun alohida “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqildi va ushbu hujjatlar hayotga joriy etilayotir. Markazimiz boʻyicha 10000 dan ortiq notinch oilalar aniqlanib, barcha hududiy boʻlinmalarimizda maʼlumotlar bazasi shakllantirildi hamda ular bilan individual ish olib borilyapti. Shu bilan birga, 4343 ta oʻta nochor oilaning asosiy muammolarini hal etish boʻyicha tumanlardagi sektorlar, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amaliy yordam berish choralari ishlab chiqildi. Oilaning ichki munosabatlari, shaxslararo munosabatlar, boy madaniy tarixiy meros va anʼanaviy oilaviy qadriyatlarni saqlashda muammolari boʻlgan 3819 ta oila bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa yoʻlga qoʻyildi. 1,5 milliondan ortiq namunali oilalar boʻyicha maʼlumotlar bazasi shakllantirildi. Albatta, oilalar bilan ishlashda soha mutaxassislaridan yuqori bilim hamda koʻnikma, oʻziga xos tajriba talab etiladi. Shuni eʼtiborga olib, markazimizning viloyat boshqarmalari qoshida tashkil qilingan kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha maxsus oʻquv-kurslarida, birinchi navbatda, markaz hamda hududiy boʻlinmalari xodimlari uchun oʻquv-kurslari tashkil etilib, mashgʻulotlarni oʻtaganlarga maxsus sertifikatlar berildi. Hozirgi kunda esa butun respublika boʻylab mahalla fuqarolar yigʻinlarining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislari oʻquvlari izchil davom ettirilmoqda. Oila instituti sohasida markazimiz bir qator davlat va nodavlat, xalqaro tashkilotlar bilan ham oʻzaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlamoqda. Ayni paytga qadar 20 dan ortiq tashkilotlar bilan Memorandum imzolanib, faol hamkorlik oʻrnatildi. Shu oʻrinda alohida taʼkidlash joiz, joriy yilning 27 iyun kuni Prezidentimiz qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlangani ham yurtimizda oilalar farovonligi uchun davlat hamda jamiyat astoydil qaygʻurayotganining hayotiy ifodasi boʻldi. Ushbu Konsepsiyani amalga oshirishdan koʻzlangan asosiy maqsad mamlakatimizdagi har bir oilaning huquq va manfaatlarini toʻliq roʻyobga chiqarish, ular uchun munosib turmush sharoitini yaratish, oilaviy munosabatlar muvozanatini taʼminlash, oila farovonligini oshirish, muxtasar aytganda, oila institutini har tomonlama qoʻllab-quvvatlagan holda, davlatimizning izchil va barqaror taraqqiyotiga erishishdir. Niyatimiz, har bir oila maʼnaviy sogʻlom, baxtli va xotirjam hayot kechirsin. Oila bagʻrida ulgʻayayotgan farzandlar komil inson sifatida voyaga yetib, davlatimizning kuchiga kuch, qudratiga qudrat qoʻshaversin. Zero, oila jamiyatning asosiy boʻgʻini ekan, uning mustahkam boʻlishi, farovonligi davlatimiz va jamiyatimiz ravnaqiga xizmat qilishi, shubhasizdir. Dilorom TOSHMUHAMЕDOVA, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori [Forwarded from Aziza kursdosh] ollarining, jamoatchilikning ishtiroki zarur. Shuningdek, yoshlarda ma’naviy-mafkuraviy immunitetni shakllantirishda “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorlik tizimini yuqori darajada tashkil etish kunning eng asosiy talabi bo‘lib qolmoqda. Farzandlarimizning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, reproduktiv salomatlikni ta’minlash, xususan, ularni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash uch tomonlama sheriklik yaxshi natija berishi tabiiy. Erta turmushga chiqishning oldini olishga qaratilgan ishlarni tizimli tashkil etishda esa mahalla maslahatchilari jiddiy ish olib borishlari maqsadga muvofiqdir. Har bir oiladagi ahvol, unda voyaga yetayotgan farzandlarning fe’l-atvori, yurish-turishidan doimiy xabardor bo‘lib, zarur paytda kerakli maslahat va tavsiyalar berib borilsa, oilaning mustahkamligi ta’minlanadi. Ayniqsa, yangi oila qurayotgan yigit-qizlar bilan alohida suhbatlar uyushtirib, ularni turli yot g‘oya va ta’sirlardan asrash, har jihatdan sog‘lom va mustahkam oila barpo etishiga ko‘maklashish shart. Shuningdek, aholining huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligini, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish yo‘nalishlarida ham mahalla muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda hududlar xavfsizligi, fuqarolar tinchligi, oilalar totuvligini mustahkamlash, joylarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga doir muammolarni hal etishda mahallaning nufuzi tobora o‘sib bormoqda. Muxtasar qilib aytganda, mahalla — tinchlik va osoyishtalik qo‘rg‘oni sifatida mamlakatimizda tinchlik-barqarorlikni ta’minlash, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilayotir. Uni boshqarishga saylanayotgan kishilar esa bunga mas’ul ekanliklarini unutmasliklari shart. To‘lqin KARIMOV‚ O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosiMAHALLA – QADRIYATLAR MASKANI Mansur Musayev,Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimi, siyosiy fanlari bo‘yicha falsafa doktor (PhD), Shahnoza Ashirova,Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimi Ma’lumki, VII asr oxiri – VIII asr boshlariga kelib O‘rta Osiyoda islom dinining keng tarqalishi bilan shaharlar va qishloqlarning o‘troq aholisi yashaydigan qismiga nisbatan “mahalla” atamasi ishlatila boshlangan. “Mahalla” so‘zi arabcha “mahal” so‘zidan olingan bo‘lib, “istiqomat qiladigan joy”, “hudud”degan ma’nolarni anglatadi. Mahalla atamasi ilk bor o‘rta asr mualliflaridan biri, X asrda yashab o‘tgan Abu Bakr Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida VIII asr boshlaridagi Buxoroning ichki dahalarini belgilash uchun qo‘llanilgan. Shuningdek, “mahalla” atamasiga Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Rizouddin Faxuriddinning “Oila” kabi asarlarida ham izoh berilgan. G‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” (Yaxshi kishilarning hayratlanishi) asarida quyidagi satrlar uchraydi. Topg‘ali ta’yini mahallot bahr, Ahli mahallot oyirib, shahr-shahr. Shahrlar otini mahollot egib, Bo‘ldi uch yuz shahr hiri ot etib. Yuqoridagi tashbehdan ko‘rinib turibdiki, mahallaning “joy” degan mazmuni o‘rta asrlarda Hiri deb atalgan. Hirot shahri yuzta kichik “shaharcha” – mahallalardan tashkil topgan ekan. Shuning uchun ham mahalla deganda, avvalambor, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan va uni rivojlantiradigan, shu bilan birga kelajak avlodlar qanday bo‘lib voyaga yetishishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘i hamda hayot va ma’naviy ozuqa maktabi deb tushunmog‘imiz kerak. Tarixda mahalla dastlab shaharlarda, keyinchalik kattaroq qishloqlarda aholi yashaydigan ma’muriy-hududiy birlik, ma’lum hududda yashovchi kishilar, qo‘ni-qo‘shnilar uyushmasi sifatida shakllangan. Xalqimiz qadimdan mahallani milliy qadriyatlar, ezgu amallar maskani sifatida ardoqlab kelgan. Farzand tarbiyasi, mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olish, to‘y-tomosha, hasharu ma’rakalarni ko‘pchilik bilan bamaslahat o‘tkazish, yaxshi-yomon kunda birga bo‘lish kabi ezgu fazilatlar aynan mahallamuhitida shakllangan. Azaldan o‘zbek mahallalarida insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovatpeshalik kabi fazilatlar xalq milliy mentalitetining ajralmas qismi bo‘lib kelgan. O‘zbeklarda farzand dastlab oilada, so‘ngra mahallada ulg‘ayadi, ya’ni qo‘ni-qo‘shnilar orasida unib-o‘sadi. Bu o‘z navbatida, kishilar ongida uyushqoqlik, bir-birini qo‘llab quvvatlash, atrofdagilarga qarab ish tutish, kattaga hurmat, kichikka izzatda bo‘lish kabi fazilatlarni tarkib toptirgan. Fuqorolik jamiyati institutlari tizimida o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mahallaning o‘rni beqiyosdir. Chunki boshqa mamlakatlardan farqli o‘laroq, mahalla instituti yurtimizda ming yillar davomida sinalgan va chuqur ildiz otgan, aholini o‘zaro birlashtirib turadigan ijtimoiy-ma’naviy hodisa sifatida rivojlanib kelmoqda. Ayniqsa, uning hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xalqimizning urf-odatlari, an’ana qadriyatlarini saqlab qolish, yoshlarimizni jipslashtirish, ular o‘rtasida mehr-oqibat tuyg‘ularini kuchaytirishda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bugungi kundagi jadal o‘zgarishlar barcha sohalar qatori mahalla va uning boshqaruv tizimini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ma’naviy faoliyatini yangicha mezonlar asosida tahlil etishni taqozo etmoqda. Zamon talablariga javob bera oladigan, o‘zini o‘zi boshqarish organining yangicha tuzilmasini shakllantirish, uning ish yuritish tizimini samarali tashkil etish muhim vazifalardan biriga aylanmoqda. Buni biz joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tgan “Fuqarolar yig‘ini raislari (oqsoqollari) saylovi misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Saylovda fuqarolar yig‘inlari amaldagi raislarining (oqsoqollari) va maslahatchilarining vakolatlari yangi muddati 3 yilga qadar uzaytirildi. “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kir Download 19.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling