jarayonini yaxshilash uchun umumiy vositalar va resurslardan qanday
foydalanishni o‘rganadilar.
I modul izohi: Ushbu modulni tamomlagan o`qituvchi yurtimizda raqamli
texnologiyalarni qanday tadbiq etilayotganini va raqamli transformatsiya
loyihalarida ishtirok etishi, shuningdek, raqamli texnologiyalarni o'z
ishlarida qo'llash uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarga ega bo'ladilar.
Undan tashqari modulda o`qituvchilar ta`lim berish jarayonidagi ilg`or
metodikalar va zamonaviy texnologiyalarni qo`llash uslublarini
o`rganishadi.
II modul. Tarmoqlar.
7. Tarmoq muhandisi: uning vazifalari va kasb mohiyatlari
Zamonaviy axborot tarmoqlarida tarmoq muhandisining asosiy vazifalari va rolini
o'rganishni o'z ichiga oladi. Dars informatika fani o`qituvchilariga
tarmoqning
asosiy tamoyillarini, jumladan, tarmoq
infratuzilmasini loyihalash, sozlash va
saqlashni tushunish imkonini beradi. Shuningdek,
u tarmoq protokollarini
o'rganish, tarmoq xavfsizligini boshqarish va tarmoq infratuzilmasi muammolarini
hal qilishni o'z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: