“ASTRUM CERTIFIED IT EDUCATOR” O`QUV KURSINING O`QUV DASTURI
I modul. Raqamli texnologiyalar
1. Ta`limda raqamlashtirish va axborot texnologiyalarining o`rni.
Raqamli O`zbekiston – 2030 strategiyasi
Ushbu darsda raqamlashtirish tushunchasi amaliy misollarda
keltirilgan xolda
o`rgatiladi. Raqamli O`zbekiston – 2030 strategiyasi doirasida xozirgi kunga qadar
erishilgan natijalar va ularni erishishda qo`llanilgan texnologik yechimlar ko`rib
chiqildi. Raqamli O`zbekiston 2030 – strategiyasi
doirasida kelgusi yillarda
belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishdagi ta`lim mohiyati o`rganiladi
2. Ta'lim sohasidagi jahon tendentsiyalari
Ta'limdagi global tendentsiyalar, ta'lim sohasidagi so'nggi
yangiliklar va
innovatsiyalar haqida ma'lumot beriladi. Kurs jahonda ta’lim rivojini
shakllantirayotgan
zamonaviy tendentsiyalar, tadqiqotlar va ilg‘or tajribalar
haqida to‘liq ma’lumot beradi.
3. Ta`lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish
Raqamli texnologiyalar:
bulutli xisoblash, katta ma`lumotlar, virtual reallik
tizimlari o`rganiladi. Axborot texnologiyalari va ularning didaktik imkoniyatlari.
Ta`lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish va amaliyotda
dasturiy ta`minotlarni qo`llashga o`rganiladi. “Elektron universitet”
va uning
xusisayatlari o`rganiladi
4. O'girilgan sinf: 21-asrning ta`lim texnologiyasi. (Flipped Class)
Flipped class - bu o'qitish modeli bo'lib, unda o'qituvchi mustaqil o'rganish uchun
material beradi va materialni amaliy o'rganish sinfda amalga oshiriladi. Qayta
o'rganish uchun vodkastlardan (vodkast), podkastlardan (podkast)
va oldindan
vodkastlashdan (oldindan vodcasting) foydalanish uslublari o`rgatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: