Xorij a +a beqaror Eron Markaziy Osiyoning umidlarini yana puchga chiqarmoqda
Download 311.71 Kb.
|
Transport sektori
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻzbekiston tashabbuslari transport sohasida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi
Beqaror Eron Markaziy Osiyoning umidlarini yana... Xorij -A +A Beqaror Eron Markaziy Osiyoning umidlarini yana puchga chiqarmoqda 23.01.2020 14:12 0 5506 Muallif: Guli Yo‘ldosheva – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga qarashli O‘zbekistonning eng yangi tarixi markazi ilmiy xodimi; siyosiy fanlar doktori; xalqaro munosabatlar bo‘yicha professor-o‘qituvchi. U Yaponiyada (1998 yili), IREX stipendiyasi doirasida 1998 – 1999 yillarda, Fulbrayt stipendiyasi doirasida esa 2001 – 2002 yillarda AQShda malaka oshirgan. 2009 – 2010 yillarda O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturining siyosiy masalalar bo‘yicha eksperti bo‘lgan. Erondagi tanglik Eronda benzin narxi ko‘tarilishi bilan bog‘liq noyabrda ro‘y bergan norozilik namoyishlari, joriy yil 3 yanvarida Islom inqilobi soqchilari korpusiga qarashli «Quds» qo‘shini qo‘mondoni Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi va yangi yil boshida ro‘y bergan boshqa voqealar ushbu mamlakatga oid munozaralar chog‘ida jamoatchilik ehtiroslarini junbushga keltirmoqda. Berilayotgan baholar aksariyat hollarda tanqidiy ko‘rinishga ega. Erondagi ichki siyosiy vaziyat og‘ir ekani hisobga olinsa, tanqid kutilmagan natija emasligini tushunsa bo‘ladi. Biroq o‘tgan yil oktyabridan dekabriga qadar uch oy Eronda bo‘lganim hammasi bir qarashdagiday aniq va oddiy emasligi haqida fikr yuritishim imkonini beradi. Shu sabab shaxsiy kuzatishlarim, qurgan suhbatlarim hamda turli ilmiy va axborot-tahliliy maqolalarni o‘rganganim uchun ayrim fikrlarimni bayon qilishni lozim topdim. Iqtisodiy vaziyat Darhaqiqat, Erondagi murakkab iqtisodiy vaziyat, aniq iqtisodiy strategiyaning yo‘qligi, korrupsiya va mavjud iqtisodiy muammolar chala, qisman hal etilayotgani mahalliy aholining noroziligiga sabab bo‘layotgan eng asosiy omillardan biridir. Ayni holat noyabrdagi «benzin qo‘zg‘oloni»ga ham sabab bo‘ldi. Xususan, 21 noyabrda nihoyasiga yetgan 12 oyda iste’mol baholari indeksi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 41,1 foiz oshdi. Shu tariqa, yillik inflyasiya – pulning qadrsizlanish sur’ati 2019 yil 22 noyabriga kelib, 42 foizga yetdi. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, Eron iqtisodiyoti 2019 – 2020 yillarda neft va gaz sohasiga berilayotgan iqtisodiy zarbalar sabab 8,7 foiz qisqaradi. Iqtisodiy ko‘rsatkichlarning kutilayotgan pasayishi mamlakat iqtisodiyoti 2019 – 2020 yillar oxiriga borib, ikki yil oldingi o‘lchamiga nisbatan 90 foizgacha kamayadi. Brunks universiteti rasmiy ma’lumotlarga tayanib baho berishicha, Eronning 12 million aholisi mutlaq qashshoqlik chizig‘i ortida, 25 – 30 million kishi esa qashshoqlik chizig‘i ortida kun kechirmoqda. Har uch eronlikning biri – ishsiz. 2021 yilda ishsizlik sur’ati eng nekbin ssenariy bo‘yicha 16 foiz, noqulay sharoitlarda esa 26 foiz bo‘ladi. Hasan Ruhoniy ma’muriyati joriy buhrondan hokimiyat yuritishning ikkita vositasi: «sanksiyalar siyosatiga maksimal darajada qarshilik ko‘rsatish», ya’ni mahalliy iqtisodiyotning o‘zini o‘zi ta’minlay olishiga tayanish hamda Fors ko‘rfazi (BAA, O‘mon, Qatar), Hindiston, Osiyo – Tinch okeani mintaqasi, Rossiya Federatsiyasi boshchiligidagi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII), Markaziy Osiyo, Turkiya va boshqa mamlakatlar bilan hamkorlikka asoslangan mintaqaviy hamkorlik orqali chiqishga intilmoqda. Hukumat «qarshilik ko‘rsatish» strategiyasi doirasida iqtisodiyotning eng himoyasiz sohalariga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Bu mamlakatda jiddiy ichki islohotlar o‘tkazishni talab qilayotgan prezident H. Ruhoniy boshchiligidagi kuchlarning aniq bosimi ostida ro‘y bermoqda. Ayni choqda ushbu choralarni mamlakatning diniy rahnamolari ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Ular, bir tarafdan, ichki barqarorlikni saqlab qolish uchun bunday islohotlar zarur ekanini tushunadi, boshqa tarafdan, islohot tarafdori bo‘lgan farzand va nabiralari ham ularga bosim o‘tkazayotgan ko‘rinadi. Shu sababli Eron hukumati neoliberalizm g‘oyalarini tanqid qilayotganiga qaramay, amalda universal neoliberal choralarni qo‘llashga, yangi texnologiyalar va iqtisodiyot fani yutuqlaridan foydalanishga majbur bo‘lmoqda. Shoshilinch choralar ko‘rishni talab etayotgan muammolar sirasiga transport sohasini, bank ishini, davlat budjeti taqsimotini, aholining himoyasiz qatlamlariga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatishni, davlat kompaniyalarini uning tasarrufidan chiqarishni, elektr ta’minotini yaxshilash, yangi ish joylari yaratish va sanoatni mahalliylashtirish kiradi. Ko‘rilgan choralar va o‘z resurslaridan foydalanish natijasida mamlakat iqtisodiyoti ko‘p jihatdan o‘zini o‘zi ta’minlaydigan va ma’lum ma’noda samarali boshqariladigan bo‘ldi. Hukumatning iqtisodiy strategiyasi yo‘qligi hukumatning o‘ziga qarashli va boshqa tahliliy tuzilmalarda ochiq muhokama qilinmoqda. Shu tariqa mamlakat parlamenti – Majlis ekspertlari hukumat ko‘rayotgan mayda choralar yirik o‘zgarishlarsiz faqat «bozorning tartibga solish yondashuvi»ga asoslangan holda xususiy va vaqtinchalik ahamiyat kasb etayotganini ta’kidlamoqda. Bunday choralar uzoq istiqbolda samara berishi dargumon. Boshqa yuqori lavozimli amaldorlar korrupsiya ortib borayotganini, hukumat iqtisodiyotga aralashayotganini, boshqaruv yomonligini, mamlakat iqtisodiy tizimiga putur yetkazayotgan, avtomobil sanoatida boshboshdoqlikni vujudga keltirayotgan bir-biriga zid ko‘rsatmalar va farmoyishlar ko‘p ekanini aytmoqda. Oqibatda Eronning «Xudro‘» va «SAYPA» avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalari yuz millionlab dollar zarar ko‘rmoqda (2019 yilning mart – sentbyar oylarida har biri 416,6 million dollardan oshiq pul yo‘qotdi). Boshqa tarafdan, islom rejimi siyosatining Eron axborot va kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanayotgani, 15 ta mamlakat, jumladan, Xitoyga qilinayotgan mahalliy mahsulotlar eksporti ortayotgani singari yutuqlari ham mavjud. Ayrim yo‘l qo‘yilayotgan xatolarga qaramay, bojxona siyosati ham takomillashtirilmoqda. Davlatning yangi budjetida aholining himoyasiz qatlamlariga yordam ko‘rsatish ham birinchi galdagi vazifa sifatida belgilangan. Rasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakat energetika sohasida, barcha murakkabliklarga qaramay, quvurlardan tortib, bosim stansiyalari, neft mahsulotlarini saqlash rezervuarlariyu infratuzilma loyihalarigacha bo‘lgan barcha gaz loyihalarini bitkazish salohiyatiga ega. 2019 yil martidan noyabriga qadar o‘tgan 8 oy mobaynida mamlakatda 18 ta bosim stansiyasi qurildi, 400 kilometrlik gaz quvurlari yotqizildi, moliya yili oxiriga qadar 177 km.dan ortiq quvur yotqizilishi ko‘zda tutilmoqda (moliya yili martdan boshlanadi). Shunisi ahamiyatliki, pirovard mahsulot 100 foiz mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilgan. Janubiy Pars gaz koniga 72 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya yotqizildi, ushbu ko‘rsatkich 87 milliard AQSh dollari qadar ko‘tarilishi taxmin qilinmoqda. Eronning Fors ko‘rfazidagi kemalar qatnovi barqarorligini ta’minlay olishiga oid shubhalarni unga yetarli darajada do‘st bo‘lmagan arab mamlakati vakili – Birlashgan Arab Amirliklari energetika vaziri Suhayl al-Mazruiy yo‘qotishga intilmoqda. U hatto Iroqda so‘nggi paytlarda ro‘y bergan voqealardan keyin ham muhim hayotiy ahamiyatga ega Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali neft tashish bilan bog‘liq hech qanday xatarni ko‘rmayotganini aytmoqda. OPEK bosh kotibi Muhammad Barkindo fikricha, Iroqdagi neft qazib olish va qayta ishlash inshootlari butun va shikastlanmagan, ishlab chiqarish davom etmoqda. Janob S. Al-Mazrui ham AQShdagi slanets nefti ishlab chiqarish barqarorlashishini yoki hatto 2021 yilda kamayishini aytmoqda. Shu sababli joriy yilda neftga bo‘lgan global talab me’yorda bo‘lishi, 2020 yil, umuman olganda, neft bozori uchun «juda yaxshi bo‘lishi» kutilmoqda. Siyosiy vaziyat Erondagi ichki siyosat murakkabligicha qolmoqda, Ukraina yo‘lovchi uchog‘i urib tushirilgandan so‘ng davom etayotgan norozilik namoyishlari ham shundan dalolat berib turibdi. Yig‘ilib qolgan ichki muammolar va xatolar uchun juda qimmat tovon to‘lashga to‘g‘ri kelmoqda – mamlakatda hukumatning nuqtai nazariga qaramay, o‘zining haqligi uchun kurashayotgan kuchlar bor. Mamlakatda tinch namoyishlar va siyosiy muxolifatga rasman ruxsat berilgan bo‘lsa-da, radikalroq pozitsiyada turuvchi muxolifat, asosan, chet elda faoliyat yurityapti. Tehron rasman tan olgan muxolifat kuchlari hammaga ma’lum «konservatorlar» va «islohotchilar»dir. Ichki siyosiy kurash, asosan, iqtisodiy va etno-milliy talablar, hokimiyat xatti-harakatlaridagi turli-tuman talabchanlikni kamaytirish va yengillatish atrofida bo‘ladi. Shu ma’noda Hasan Ruhoniy ma’muriyatining islohotlarga moyil siyosati aholining muayyan qo‘llab-quvvatlashiga sabab bo‘lmoqda. Yaqin-yaqinlargacha Eronning xalqaro hamjamiyatda milliy manfaatlarni himoya qilishga qaratilgan tashqi siyosat strategiyasi va mamlakatning tinch atom dasturini ishlab chiqish huquqi, mintaqadagi hamkorlikni faollashtirayotgani ko‘pchilikka ma’qul bo‘layotgan edi. So‘nggi kunlarda ro‘y bergan voqealar amaldagi prezidentning obro‘sini tushirib yuborgan ko‘rinadi. Xalq hokimiyatning uzoq yillardan beri berib kelayotgan va’dasidan charchaganga o‘xshaydi, shu sababli ro‘y berayotgan voqealarda tashqi dushmanlarning qo‘li borligi haqidagi gaplarga ishonmayapti. Chunki hukumat yo‘l qo‘ygan xatolar hammaga besh qo‘lday ravshan. Ichki islohotlar borasida ko‘p chala ishlar bor, bu, birinchi navbatda, ijtimoiy-siyosiy va etno-milliy o‘zgarishlarga tegishli. Shu bilan birga, uchta o‘ta muhim omil hukumatning asosiy tayanchi bo‘lib qolmoqda. Birinchidan, bu mamlakat aholisi asosiy qismi o‘ziga xosligi mohiyatini tashkil etuvchi islomning shia tarmog‘i, fors madaniyati, mahalliy urf-odatlar va tartiblarning me’yor, an’ana va qadriyatlar jamlanmasidir, ularga rioya qilmaslik diniy hokimiyatni dunyoviysiga o‘zgartirishi mumkin. Bu esa ushbu an’anaviy madaniyatni o‘sib kelayotgan avlodning tobora kuchayib borayotgan g‘arblashuv bilan almashishiga va mamlakatning o‘ziga xosligini yo‘qolishiga sabab bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Garchi Eron yoshlarining ma’lum darajada g‘arblashuvi faqat hayot tarzi, kiyim-kechak va dam olish borasida ko‘proq erkinliklarga erishishga qaratilgan bo‘lsa-da, fors madaniyati va dinga qarshi chiqishni ko‘zlamaydi. Nisbatan konservativ bo‘lgan katta avlod bilan o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘rtasida ziddiyat borligi aniq, lekin bu kelishib bo‘lmaydigan ziddiyat ko‘rinishiga ega emas. Ikkinchidan, yirik maosh va hukumatdan turli imtiyoz oluvchi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar (IISK va boshqalar) hamda ilmiy doiralar (zarur kadrlarni tayyorlab beruvchilar va konseptual mafkura bazasini ishlab chiquvchilar). Uchinchidan, chet ellardagi, ayrim tafovutlarga qaramay, shialar Eronini qo‘llab-quvvatlovchi turli jamg‘armalar va harakatlar tarmog‘i. Shu bilan birga, ushbu harakatlar ichida mavjud qarama-qarshiliklar sababli ular o‘z faoliyatini shialar Eroni bilan muvofiqlashtirayotgani, modernizatsiya darajasi, hududiy va siyosiy jihatdan afzal ko‘radigan jihatlari haqidagi gaplarning aksariyat qismi uydirmadan boshqa narsa emas. Bu tomonlarni bazisga ko‘ra jipslashtirishga xizmat qila olmaydi. Iroq bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Odil Abdul Mahdiy AQShning Iroq hududidagi xatti-harakatlarini qoraladi, Eron bo‘ylab Amerikaga qarshi o‘tkazilgan keng qamrovli namoyishlar Vashingtonning Eron jamiyatiga islom rejimiga qarshi kurashdagi «yordami» vatanparvarlik kayfiyatidagi jamiyatni milliy va diniy mafkura qadriyatlari asosida hukumat atrofida birlashtirganini tasdiqlaydi.
Ayni holatda Eron «G‘arb ham emas, Sharq ham emas» qabilidagi bayonotlarga qarama-qarshi o‘laroq, dunyoning istalgan burchagida, jumladan, Afrika janubida ham sheriklar topishga intilmoqda. Tehronning tashqi siyosat ustvorliklari haqida uning qaysi mamlakatlarga savdo bo‘yicha attashelarini jo‘natayotganiga qarab xulosa qilish mumkin. Shu choqda Eronning attashelari beshta mamlakat: Turkiya, Armaniston, Afg‘oniston, Pokiston va Iroqda (ikki nafar) faoliyat ko‘rsatmoqda. Asta-sekin ular sonini 10 kishiga yetkazishi rejalashtirilmoqda. Ilk bosqichdagi ustuvor mamlakatlar qatoriga Rossiya, Hindiston, Xitoy, Ozarbayjon, Iroq Kurdistoni va O‘mon kiradi. Ikkinchi bosqichda savdo attashelarini Qozog‘iston va Turkmanistonga yuborish mo‘ljallanmoqda. O‘zbekiston bilan munosabatlardagi mavhumliklar Tehronga ushbu mamlakatni bu ro‘yxatga qo‘shish imkonini bermayotgan ko‘rinadi. Albatta, ushbu rejalar ayni paytdagi Amerika bilan Iroq o‘rtasidagi mojaro sabab uzoqroqqa cho‘zilib ketishi mumkin, chunki u bilvosita Eronning davlat budjeti va minataqadagi hamkorlik darajasiga bog‘liq. Nima bo‘lganda ham, ustuvorliklar belgilab olingan. Qolgani vaqt, o‘zaro manfaatlar va ushbu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarga bog‘liq. Shu bilan birga Erondagi murakkab va oqibati noma’lum iqtisodiy va siyosiy vaziyatni, Yevropa kompaniyalari va banklari uchun mavjud xatarni hisobga olgan taqdirda ham ushbu mamlakatning Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralari tinmayapti. Xususan, Germaniyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Yevropa Ittifoqining milliy zaxira banklari va Yevropa Markaziy bankining ko‘pmilliard yevrolik kreditlarini berish to‘g‘risidagi tashabbusini yana muhokama qilishni taklif etmoqda. Ushbu chora Eron atrofidagi tarang vaziyatni yumshatish tadbirlarining bir qismi bo‘ladi, yevroni himoya qilish va Eron ishonchini qozonishga yordam beradi. Taniqli bir ekspertning fikricha, Yevropa hukumatlari AQShning amaldagi prezidenti bilan YeIning siyosiy ziddiyati ortidan siyosiy tavakkalchilikka borishi ham ehtimoldan xoli emas. Nazarimda, bunday fikrlash Yevropaning so‘nggi bir necha o‘n yillik mobaynida Eronga nisbatan yuritib kelgan siyosati mantig‘ining davomidir. Ular ushbu siyosatdan o‘z iqtisodiy manfaatlariga xilof ravishda voz kechmasligi tabiiy. Hozircha Eron Islom Respublikasining iqtisodiy, shuningdek, siyosiy vaziyatni nazorat qilish va voqealarning nomaqbul rivojlanishiga yo‘l bermaslik uchun yetarli resurs va imkoniyatlari bor. Ayni choqda ko‘p narsa mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish sur’atlari hamda qo‘shni mamlakatlarning ushbu masalada Eronni qo‘llab-quvvatlashga nechog‘li tayyor ekaniga bog‘liq. Bu butun Yaqin Sharq, Markaziy va Janubiy Osiyo (YaShMJO) mintaqasining nisbiy barqarorligini ta’minlashi mumkin. Yakunda Tashqaridan har qanday aralashuv Eronda jadallashayotgan ijobiy jarayonlarni susaytiradi hamda islom dunyosidagi salbiy tamoyillarni chuqurlashtiradi. Sanksiyalar siyosati davom ettirilishi Eron, qolaversa, YaShMJOdagi ijtimoiy-iqtisodiy, binobarin, siyosiy beqarorlik saqlanib qolishiga sabab bo‘ladi. Bu esa O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlarning mintaqaviy siyosatini amalga oshirishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Erondagi mo‘’tadil islomning ochiqligi va mustahkamlanishi Markaziy Osiyo mintaqasi uchun transport va savdo-sotiqni rag‘batlantirishda foydalidir. Bu mintaqani Fors ko‘rfazi orqali jahon bozorlari bilan bog‘laydigan va uzoq kutilgan Chobahor singari transport loyihalarini amalga oshirish imkoniyatidir, qolaversa, barcha aloqador mamlakatlar uchun eng qisqa va o‘zaro manfaatli yo‘l hamdir. Oʻzbekiston tashabbuslari transport sohasida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi21/09/2018 - 16:28 4266 Toshkentda 20-sentyabr kuni “Markaziy Osiyo xalqaro transport yoʻlaklari tizimida: strategik istiqbollar va foydalanilmagan imkoniyatlar” mavzuida xalqaro konferensiya boshlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur yirik xalqaro konferensiya nafaqat mintaqa mamlakatlari, balki xalqaro hamjamiyatda ham katta qiziqish uygʻotdi. Unda ishtirok etish uchun mamlakatimizga Islom taraqqiyot banki prezidenti Bandar Hajar, Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Vensay Jang, BMTning Osiyo va Tinch okeani boʻyicha Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi ijrochi kotibi Xon Chju Xam, MDHga aʼzo mamlakatlar Temir yoʻl transporti kengashi raisi – “Rossiya temir yoʻllari” OAJ bosh direktori Oleg Belozyorov, MDH Hukumatlararo yoʻlsozlar kengashi raisi Jamshidbek Kalilov, Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi raisi Radu Dinesku, Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi bosh direktori Rafael Shvarsman, shuningdek, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Turkiya, Rossiya, Belarus, Xitoy, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi jami 37 davlatdan 300 nafar ishtirokchi, 25 xalqaro tashkilot, moliya institutlari va yetakchi transport kompaniyalari vakillari qatnashdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xalqaro konferensiya ishtirokchilariga qutlovini Bosh vazir Abdulla Aripov oʻqib eshittirdi. Davlatimiz rahbari Prezidentlik faoliyatining ilk kunlaridan Markaziy Osiyoni yaxlit mintaqa sifatida rivojlantirish, xususan, uning transport-tranzit salohiyatini taraqqiy ettirishga eʼtibor qaratdi. Bunda transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish va tranzit yuk tashish hajmini oshirish borasida olib borilgan muloqotlar va amaliy harakatlar alohida eʼtiborga molik. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan joriy yil iyun oyida BMT Bosh Assambleyasi “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, xavfsizlik va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni taʼminlash boʻyicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlik” rezolyutsiyasini qabul qildi. Ushbu hujjatda transport infratuzilmasi va tranzit yoʻlaklarini rivojlantirish, yangi avtomobil va temir yoʻllar, aviaqatnovlarni ochish orqali barcha transport turlarining oʻzaro hamkorligini kuchaytirishga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Oʻzbekiston mintaqa mamlakatlarining transport-tranzit salohiyatini birlashtirish orqali Markaziy Osiyoning geostrategik ahamiyatini oshirish siyosatini yuritib kelmoqda. “Markaziy Osiyo xalqaro transport yoʻlaklari tizimida: strategik istiqbollar va foydalanilmagan imkoniyatlar” mavzusida oʻtayotgan xalqaro konferensiya Markaziy Osiyoda mavjud transport yoʻlaklarini takomillashtirish va yangilarini shakllantirish masalalarini muhokama qilish, umumiy yondashuv va yakdil qarashlarni ishlab chiqish, istiqboldagi rejalarni belgilab olishda muhim ahamiyat kasb etadi. – Ushbu konferensiya oʻta dolzarb masalalarga qaratilgani va oʻz vaqtida tashkil qilingani bilan muhim ahamiyatga ega, – dedi Islom taraqqiyot banki prezidenti Bandar Hajar. – Oʻzbekiston mintaqani oʻzaro savdo jihatdan bogʻlab turadigan geostrategik hududda joylashgan. Dengiz yoʻllariga chiqish imkoniyatlari cheklangan Markaziy Osiyo davlatlari rivojida transport tizimi muhim ahamiyatga ega. ITB ushbu hududda logistika, yoʻl infratuzilmasini xalqaro standartlarga mos ravishda taraqqiy ettirish, havo va temir yoʻllar tizimini modernizatsiyalash, koʻrsatiladigan xizmatlar turini oshirish boʻyicha tajriba almashuvini tashkil qilishda faol ishtirok etib kelmoqda. Mintaqa davlatlari tranzit boʻyicha tariflarning yuqoriligi, dengiz yoʻllariga chiqishni qiyinlashtiradigan toʻsiqlar mavjudligi kabi muammolarga duch kelmoqda. Buni hal etish uchun tranzit yoʻlaklari tizimlarining transmilliy boshqaruvini joriy qilish zarur. Shu maʼnoda Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari transport-tranzit salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan ishlanmalarini, iqtisodiy yoʻlaklar boʻyicha istiqbolli yechimlarini toʻliq qoʻllab- quvvatlaymiz. Oʻtgan davr mobaynida Markaziy Osiyo va unga qoʻshni mamlakatlarning jahon bozorlariga chiqish va yuk tashuvlarini amalga oshirishga qaratilgan qator loyihalar hayotga joriy qilindi. Mazkur konferensiya ham ana shunday intilishlar sirasidan. Ushbu nufuzli anjumanning mamlakatimizda oʻtkazilayotgani bejiz emas. Buyuk ipak yoʻlining markazida joylashgan bu diyordan yirik xalqaro bozorlarni oʻzaro birlashtiruvchi eng qisqa yoʻnalishlar oʻtgan. Shu tariqa rivoj topgan savdo aloqalari turli millatlar, dinlar va madaniyatlar oʻrtasidagi muloqot uchun qulay sharoit yaratgan. Bunday hamkorlik aloqalari uchun ulkan imkoniyatlar mavjudligi ushbu konferensiyada yana bir bor oʻz tasdigʻini topdi. Butun dunyodan kelgan siyosatchilar, nufuzli ekspertlar xalqlar oʻrtasidagi uygʻun taraqqiyotni taʼminlaydigan transport yoʻlaklarini shakllantirish yoʻlida birlashdi. – Markaziy va Gʻarbiy Osiyodagi 11 davlatdan 8 tasi toʻgʻridan-toʻgʻri dengiz yoʻliga chiqish imkoniyatiga ega emas, – dedi Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Vensay Jang. – Bu mintaqada transport-kommunikatsiya tarmoqlarini jadal taraqqiy ettirishni taqozo qiladi. Ushbu konferensiya faoliyatimiz doirasida transport sohasidagi hamkorlikka oid loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratishga undaydi. Xalqaro konferensiya ishi shoʻʼba majlislarida davom ettirildi. Ularda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tabrigida bildirilgan fikrlar va olgʻa surilgan tashabbuslar, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlarining avtomobil, temir yoʻl va havo transporti tizimlarida axborot texnologiyalari, raqamli marketing xizmatlarini joriy etish bilan bogʻliq masalalar keng muhokama qilindi. Mintaqamiz mamlakatlarining transport-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish, transport va logistika sohalarida yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqishga doir saʼy-harakatlarni faollashtirish, multimodal tashuvlarni joriy etish, buning uchun uzoq muddatli va koʻp tomonlama hamkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish zarurligi taʼkidlandi. Anjuman ishtirokchilari Markaziy Osiyo davlatlarining avtomobil, havo va temir yoʻl transportini rivojlantirish yoʻlidagi hamkorligini ijobiy baholab, bunda davlat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar sherikligi muhim oʻrin tutishini qayd etdi. Transport va tranzit sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda mana shunday anjumanlar muhim oʻrin tutishi taʼkidlandi. Anjumanda kommyunike va qator protokollar imzolandi. Xalqaro konferensiya ishtirokchilari 21-sentyabr kuni Samarqand shahrida boʻladi.
Oʻzbekiston tashabbuslari transport sohasida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi21/09/2018 - 16:28 4266 Toshkentda 20-sentyabr kuni “Markaziy Osiyo xalqaro transport yoʻlaklari tizimida: strategik istiqbollar va foydalanilmagan imkoniyatlar” mavzuida xalqaro konferensiya boshlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur yirik xalqaro konferensiya nafaqat mintaqa mamlakatlari, balki xalqaro hamjamiyatda ham katta qiziqish uygʻotdi. Unda ishtirok etish uchun mamlakatimizga Islom taraqqiyot banki prezidenti Bandar Hajar, Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Vensay Jang, BMTning Osiyo va Tinch okeani boʻyicha Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi ijrochi kotibi Xon Chju Xam, MDHga aʼzo mamlakatlar Temir yoʻl transporti kengashi raisi – “Rossiya temir yoʻllari” OAJ bosh direktori Oleg Belozyorov, MDH Hukumatlararo yoʻlsozlar kengashi raisi Jamshidbek Kalilov, Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi raisi Radu Dinesku, Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi bosh direktori Rafael Shvarsman, shuningdek, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Turkiya, Rossiya, Belarus, Xitoy, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi jami 37 davlatdan 300 nafar ishtirokchi, 25 xalqaro tashkilot, moliya institutlari va yetakchi transport kompaniyalari vakillari qatnashdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xalqaro konferensiya ishtirokchilariga qutlovini Bosh vazir Abdulla Aripov oʻqib eshittirdi. Davlatimiz rahbari Prezidentlik faoliyatining ilk kunlaridan Markaziy Osiyoni yaxlit mintaqa sifatida rivojlantirish, xususan, uning transport-tranzit salohiyatini taraqqiy ettirishga eʼtibor qaratdi. Bunda transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish va tranzit yuk tashish hajmini oshirish borasida olib borilgan muloqotlar va amaliy harakatlar alohida eʼtiborga molik. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan joriy yil iyun oyida BMT Bosh Assambleyasi “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, xavfsizlik va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni taʼminlash boʻyicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlik” rezolyutsiyasini qabul qildi. Ushbu hujjatda transport infratuzilmasi va tranzit yoʻlaklarini rivojlantirish, yangi avtomobil va temir yoʻllar, aviaqatnovlarni ochish orqali barcha transport turlarining oʻzaro hamkorligini kuchaytirishga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Oʻzbekiston mintaqa mamlakatlarining transport-tranzit salohiyatini birlashtirish orqali Markaziy Osiyoning geostrategik ahamiyatini oshirish siyosatini yuritib kelmoqda. “Markaziy Osiyo xalqaro transport yoʻlaklari tizimida: strategik istiqbollar va foydalanilmagan imkoniyatlar” mavzusida oʻtayotgan xalqaro konferensiya Markaziy Osiyoda mavjud transport yoʻlaklarini takomillashtirish va yangilarini shakllantirish masalalarini muhokama qilish, umumiy yondashuv va yakdil qarashlarni ishlab chiqish, istiqboldagi rejalarni belgilab olishda muhim ahamiyat kasb etadi. – Ushbu konferensiya oʻta dolzarb masalalarga qaratilgani va oʻz vaqtida tashkil qilingani bilan muhim ahamiyatga ega, – dedi Islom taraqqiyot banki prezidenti Bandar Hajar. – Oʻzbekiston mintaqani oʻzaro savdo jihatdan bogʻlab turadigan geostrategik hududda joylashgan. Dengiz yoʻllariga chiqish imkoniyatlari cheklangan Markaziy Osiyo davlatlari rivojida transport tizimi muhim ahamiyatga ega. ITB ushbu hududda logistika, yoʻl infratuzilmasini xalqaro standartlarga mos ravishda taraqqiy ettirish, havo va temir yoʻllar tizimini modernizatsiyalash, koʻrsatiladigan xizmatlar turini oshirish boʻyicha tajriba almashuvini tashkil qilishda faol ishtirok etib kelmoqda. Mintaqa davlatlari tranzit boʻyicha tariflarning yuqoriligi, dengiz yoʻllariga chiqishni qiyinlashtiradigan toʻsiqlar mavjudligi kabi muammolarga duch kelmoqda. Buni hal etish uchun tranzit yoʻlaklari tizimlarining transmilliy boshqaruvini joriy qilish zarur. Shu maʼnoda Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari transport-tranzit salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan ishlanmalarini, iqtisodiy yoʻlaklar boʻyicha istiqbolli yechimlarini toʻliq qoʻllab- quvvatlaymiz. Oʻtgan davr mobaynida Markaziy Osiyo va unga qoʻshni mamlakatlarning jahon bozorlariga chiqish va yuk tashuvlarini amalga oshirishga qaratilgan qator loyihalar hayotga joriy qilindi. Mazkur konferensiya ham ana shunday intilishlar sirasidan. Ushbu nufuzli anjumanning mamlakatimizda oʻtkazilayotgani bejiz emas. Buyuk ipak yoʻlining markazida joylashgan bu diyordan yirik xalqaro bozorlarni oʻzaro birlashtiruvchi eng qisqa yoʻnalishlar oʻtgan. Shu tariqa rivoj topgan savdo aloqalari turli millatlar, dinlar va madaniyatlar oʻrtasidagi muloqot uchun qulay sharoit yaratgan. Bunday hamkorlik aloqalari uchun ulkan imkoniyatlar mavjudligi ushbu konferensiyada yana bir bor oʻz tasdigʻini topdi. Butun dunyodan kelgan siyosatchilar, nufuzli ekspertlar xalqlar oʻrtasidagi uygʻun taraqqiyotni taʼminlaydigan transport yoʻlaklarini shakllantirish yoʻlida birlashdi. – Markaziy va Gʻarbiy Osiyodagi 11 davlatdan 8 tasi toʻgʻridan-toʻgʻri dengiz yoʻliga chiqish imkoniyatiga ega emas, – dedi Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Vensay Jang. – Bu mintaqada transport-kommunikatsiya tarmoqlarini jadal taraqqiy ettirishni taqozo qiladi. Ushbu konferensiya faoliyatimiz doirasida transport sohasidagi hamkorlikka oid loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratishga undaydi. Xalqaro konferensiya ishi shoʻʼba majlislarida davom ettirildi. Ularda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tabrigida bildirilgan fikrlar va olgʻa surilgan tashabbuslar, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlarining avtomobil, temir yoʻl va havo transporti tizimlarida axborot texnologiyalari, raqamli marketing xizmatlarini joriy etish bilan bogʻliq masalalar keng muhokama qilindi. Mintaqamiz mamlakatlarining transport-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish, transport va logistika sohalarida yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqishga doir saʼy-harakatlarni faollashtirish, multimodal tashuvlarni joriy etish, buning uchun uzoq muddatli va koʻp tomonlama hamkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish zarurligi taʼkidlandi. Anjuman ishtirokchilari Markaziy Osiyo davlatlarining avtomobil, havo va temir yoʻl transportini rivojlantirish yoʻlidagi hamkorligini ijobiy baholab, bunda davlat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlar sherikligi muhim oʻrin tutishini qayd etdi. Transport va tranzit sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda mana shunday anjumanlar muhim oʻrin tutishi taʼkidlandi. Anjumanda kommyunike va qator protokollar imzolandi. Xalqaro konferensiya ishtirokchilari 21-sentyabr kuni Samarqand shahrida boʻladi. Download 311.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling