11- amaliy mashg‘ulotlar mavzu: Elektron to‘lov texnologiyalari va tizimlarining asosiy tushunchalari
Download 378.86 Kb. Pdf ko'rish
|
11- AMALIY MASHG‘ULOTLAR
11- AMALIY MASHG‘ULOTLAR Mavzu: Elektron to‘lov texnologiyalari va tizimlarining asosiy tushunchalari Elektron to‘lovlar- bu Internet orqali to‘lovlarni masofa dan amalga oshirish imkoniyatidir, ya’ni foydalanuvchi bank bilan muloqotni va pul muomalalarini Internet orqali amal ga oshiradi. Masalan, korxona Internet do‘konda sotib olin gan mahsulot haqini Internet orqali to‘laydi yoki korxona mahsulotlarini sotish uchun yoki xizmatlaridan foydalanish uchun to‘lovni Internet orqali bajaradi. Elektron to‘lovni Internet hamyon deb atash mumkin. Internet hamyondagi virtual pul miqdorini Internet orqali bilish ham mumkin. Elektron to‘lov elektron tijoratning muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Bank bilan muloqot bank veb- sahifasi orqali amalga oshiri ladi. Muloqotni va to‘lovlarni amalga oshirish uchun bank veb sahifasida maxsus xizmat bo‘lishi zarur. Odatda ushbu xizmatdan foydalanish uchun ruxsatni bank ofisida olish mumkin. Bank veb sahifasida foydalanuvchi shaxsiy kabineti orqali to‘lovlarni amalga oshirishi yoki hisobidagi to‘lovlar bilan tanishishi mumkin. Elektron hamyondan dunyoning ixtiyoriy nuktasida foydalanish va to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. Yana bir afzalligi to‘lov bir zumda amalga oshiriladi. Elektron to‘lovlarning quyidagi turlari mavjud: ● Bank to‘lovi foydalanuvchiga bankning onlayn xizmati yor damida to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. ● Elektron pul elektron hamyondagi pullar yordamida to‘lov amalga oshiriladi. ● SMS to‘lov- do‘kon o‘z elektron tizimiga buyurtmani yubo radi va mijozga SMS so‘rov yuboriladi, mijoz to‘lovni SMS orqali tasdiqlaydi. Internetda elektron savdo rivojlanishi elektron to‘lov im koniyatlarini kengaytirmoqda. natijada xaridorlar bevosita uydan yoki ofisdan turib, mahsulotlarni sotib olish imkoniga ega bo‘lmoqda. UPAY ” O‘zbekiston Savdo-sanoat Palatasi mutaxasislari tomonidan | yaratilgan. Ushbu tizim mobil telefon yordamida SMS yuborish orqali to‘lovni amalga oshirishga imkon beradi. Ushbu xizmat yordamida quyidagi to‘lovlarni amalga oshirish mumkin: ● Kommunal xizmatlar to‘lovlari ● Internet xizmati to‘lovlari ● Shahar va mobil telefon xizmati to‘lovlari ● Savdo-sanoat Palatasi xizmatlari to‘lovlari ● Onlayn xarid to‘lovlari ● Soliq va davlat bojlari to‘lovlari ● Sug‘urta to‘lovlari ● Kabel televideniesi va IP- telefoniya to‘lovlari. CLICK tizimining quyidagi imkoniyatlari mavjud: ● Internet yoki mobil telefon yordamida to‘lovlarni amalga oshiradi. ● Bir hisobdan ikkinchisiga pul o‘tkazadi. ● To‘lovxabarlari SMSorqaliyuboriladi. ● To‘lov tarixi bilan tanishtiradi. ● Savdo- sanoat Palatasi xizmatlari to‘lovlarini amalga oshi radi. ● Hisob balansini ko‘rsatadi. Download 378.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling