Virtual o‘yinlarning yoshlar ongiga ta’siri


Download 313.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana22.03.2023
Hajmi313.72 Kb.
#1286380
  1   2   3
Bog'liq
7-мавзу матни



Virtual o‘yinlarning yoshlar ongiga ta’siri 
Reja: 
1. Virtual olam va manipulyatsiya.
2. Virtual – kompyutеr o‘yinlarining ruhiy va jismoniy xatarlari.
3. Virtual tanishuvlar.
 
Virtual olam va manipulyatsiya. Virtual reallik, virtuallik (ing. virtual reality, 
virtual – borligicha, lot. virtus – potentsial, ehtimollik, energiya, kuch, shuningdek 
tasavvurdagi xayol) – kompyuter yordamida modellashtirish asosida foydalanuvchi 
sun’iy dunyoga cho‘mib, maxsus sensorli moslamalar orqali unda harakat qilish 
imkonini beradi. Bunda foydalanuvchining ko‘rish, eshitish, sezish va motorli 
sezgilari kompyuter tomonidan yaratiladigan imitatsiyasi bilan almashtiriladi. 
Virtual reallikning o‘zi nima, degan masalada asosan ikki yo‘nalish (gipoteza) 
shakllangan. Birinchisi virtual reallikni texnikaviy hodisa deb qarash bo‘lsa, 
ikkinchisi ruhiy xodisa deb hisoblashdir. Umuman, hozirgi davr falsafiy 
adabiyotlarida ko‘rsatilishicha, virtual reallik tushunchasining fanda, san’atda va 
amaliyotda keng tarqalishi, “o‘z-o‘zidan tashkillashuv”, “kooperatsiya effektlari”, 
“tasodifiy tashkillanishlar” va shular kabi boshqa tushunchalar orqali ifodalanadigan 
yangi ilmiy paradigmaning vujudga kelayotgani haqida gapirish imkoniyati vujudga 
kelayotganini bildiradi.
Hozirgi davrda virtual reallikni faqat kompyuter texnologiyalari, ya’ni 
“kibermadaniyat” bilan bog‘lash tamoyili ham mavjud. Lekin, bunga qarama - qarshi 
o‘laroq boshqa olimlar virtual reallikning kompyuterdagi variantlarini undan ancha 
chuqur kechadigan jarayonlarning yuzadagi qo‘pol namoyon bo‘lishidir, degan 
fikrlarni oldinga surmoqdalar. 
Virtual reallik jamiyat hayotida muhim hodisalardan biri sifatida o‘rin oldi. Bu 
jarayon tasarrufchini kompyuterda turli manipulyatsiyalar (o‘yin yoki boshqa ishlar) 
qilishi uchun mo‘ljallangan har xil olam modellarini yaratish proyektidan boshlangan 
edi. Ana shu proyekt tufayli kimyoviydan tortib to ijtimoiyga qadar bo‘lgan barcha 
jarayonlarni sun’iy ravishda yaratishning cheksiz imkoniyatlari ochildi. Bu hol 
fanning barcha sohalari namoyandalarining, ayniqsa faylasuflarning diqqatini o‘ziga 
tortdi. Hozirgi davrda virtual reallik sistemalarini ishlab chiqish va ulardan amalda 
foydalanish jarayoni virtualistika muammolarini falsafiy-metodologik nuqtai 
nazardan anglash bilan parallel ravishda amalga oshmoqda. Bu borada ko‘plab 
kitoblar, jurnal va gazetalarda maqolalar nashr etilgan.
Virtualistika bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni asosan uch yo‘nalishga ajratish 
mumkin. Birinchisi, sistemalar nazariyasi, modellashtirish, kompyuter grafikasi, 
mul’timediya va h.k.da erishilgan yutuqlarni hisobga olishga tayanadigan nazariy 
ishlar. Ikkinchisi, virtual reallik muammosining falsafiy va psixologik jihatlari 


hamda uning insonga, odamlar guruhi va butun jamiyatga ta’siri haqidagi ishlar. 
Uchinchisi, virtual reallikka tegishli sistemalarni inson faoliyatining texnik 
sohalarida, ta’limda, ilmiy tadqiqotlarda, biznesda va h.k.da foydalanish 
muammolariga bag‘ishlangan ishlar. To‘rtinchisi, virtual reallikning axloq, siyosat, 
madaniyatshunoslik bilan bog‘liq muammolari bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.
"Virtual" (lotincha virtualis - imkoniyat) real ko‘rinishga ega emas, lekin 
ma’lum shartlar qo‘yishi mumkin deganidir. Hozirgi kunga kelib, virtual so‘zi 
reallik ko‘rinishiga yetib keldi. Kompyuter huddi magnit metallni tortgani kabi
kishilarni undan-da kuchli o‘ziga tortmoqda. 
Olimlar kompyuterga tobelikni 4 bosqichga bo‘lishadi: birinchi moslashish, 
undan keyin tezda kirishish, insonning shaxsiy omillariga ta’siri, so‘nggi bosqichda 
insonlar kompyuter yoki uyali telefon o‘yinlarini hayotining ajralmas bir bo‘lagi 
sifatida ko‘radilar. 
Kompyuter yoki uyali telefon o‘yinlari - birmuncha ziddiyatli hodisa. Uyda, 
o‘qish va hatto ish joyida ham berilib kompyuter o‘ynaydiganlar ko‘pchilikni tashkil 
etadi. Kompyuter yoki uyali telefon o‘yinlarini soatlab o‘ynash, ularga mukkasidan 
ketish aslo yaramaydi. Chunki virtual olam ajoyibotlarini haqiqiy hayotning 
quvonch va tashvishlaridan ustun bilish alal-oqibat shaxsning insoniylik qiyofasi 
yo‘qotilishiga olib keladi. 
Virtual olam insonni manipulyatsiya (manipulyatsiya - fikriy qaramlik orqali 
o‘ziga bo‘ysundirish) qilmoqda. Hozir bolalar yoki o‘smirlarning internet-kafeni 
"ikkinchi uyi"ga aylantirib olayotgani sir emas. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, 
onlayn o‘yinlarini o‘ynovchilar ham, asosan, o‘smirlar. O‘smirlik shaxsning 
fiziologik va ijtimoiy rivojlanishidagi o‘ziga xos davr hisoblanadi. Agar shu davrda 
o‘g‘il yoki qiz agressiv ruhdagi onlayn o‘yinlariga berilsa, bu noxush oqibatlarga 
olib kelishi turgan gap. Kompyuter yoki uyali telefon o‘yinlari paytida odamning 
faqat ko‘rish va xayoliy harakatga mas’ul asablari faoliyatda bo‘ladi. Bu esa fikrlash 
faoliyatining susayishiga olib keladi. 
Hozir yoshlar ongiga ta’sir qilib, ular qalbiga o‘z buzg‘unchi g‘oyalarini 
singdirishni yoki ularni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirishni maqsad qilgan kuchlar juda ko‘p. 
Bu holat oddiy kompyuter yoki uyali telefon o‘yinlaridan tortib, internet saytlari, 
ijtimoiy tarmoqlar, mobil aloqa dasturlarida ham ochiq ko‘zga tashlanadi. Yuzaki 
qaraganda, arzimas tuyuladigan bu harakatlar vaqt o‘tgan sari jiddiylashib, 
qat’iylashib boraveradi. 
Internet va kompyuter yoki uyali telefon o‘yinlari asiriga aylanish kasalligiga 
chalingan o‘smirlar hayotdan, ma’naviy qadriyatlardan tamoman uzilib, butunlay 
o‘yinlarga berilishi yoki ball yig‘ishga, qimorga va yutuq-sovg‘a olish kabi 
o‘tkinchi, qadrsiz ishlarga mukkasidan ketishi mumkin. 


Bolalar berilib o‘ynayotgan kompyuter yoki uyali telefon o‘yinlarining ildizi-
negizida ham xuddi shu illatlar bor. Miyasida o‘yinlardan tinimsiz zavqlanish hissini 
tuyayotgan bola uchun bunday "sevimli" mashg‘ulotidan bo‘lak hamma narsa asta-
sekin ahamiyatsiz bo‘lib qoladi. Kattalarga qaraganda bolalarda biror narsaga 
bog‘lanib qolish kuchli, ularning sog‘ligiga yetadigan zarar ham bir necha baravar 
ko‘p. Ruhiyatshunoslik bo‘yicha xalqaro hay’at raisi Turman Sornuris: "Zamonaviy 
texnologiya inqilobi oldin ma’lum bo‘lmagan kompyuter va internetga qaramlik 
kabi ruhiy kasalliklarni keltirib chiqardi. Bu kasalliklar xatari omma xulq-atvoriga 
salbiy ta’sir ko‘rsatishda giyohvandlikka berilishdan aslo kam emas. Keyingi 
yillarda ruhiy-asab va boshqa kasalliklar ko‘paydi. Bunga kompyuter, internet, 
video va uyali telefonning ommalashgani sabab bo‘ldi. Chunki bular insonning 
yolg‘izlanishi, oilaviy aloqalarning uzilishiga olib keladi. Bular insonni boshqalarga 
emas, balki faqat o‘zi bilan o‘zi band bo‘ladigan qilib qo‘ydi", deb ta’kidlaydi. 
Bunday holatning belgilari, asosan, quyidagilarda ko‘rinadi: 
˗ Bola kompyuterda va uyali telefonda band bo‘lishiga ajratilgan vaqt chegarasini 
buza boshlaydi. Undan uyali telefon yoki kompyuterni olib qo‘yish faqat janjal, 
yig‘i-sig’i bilan yakun topadi. 
˗ Hamma uy ishlarini rad etadi. Hatto xonasini tozalash, kiyimini shkafga ilish 
kabi o‘zigagina tegishli bo‘lgan ishlarni bajarishdan ham bo‘yin tovlaydi. 
˗ Yaqinlari, o‘rtoqlari bilan ko‘rishish, suhbatlashish va bayramlardan ham 
internetda o‘tirish, uyali telefon yoki kompyuterni afzal ko‘radi
˗ Hatto ovqatlanayotgan paytda ham uyali telefon yoki kompyuter va internetdan 
uzila olmaydi.
˗ Yangi virtual tanishuvlarga juda o‘ch bo‘lib qoladi. 
˗ O‘qishi orqaga ketadi. Uy vazifalarini bajarmaydi, o‘qituvchilari uning orqada 
qolayotgani, beparvoligi va parishonxotirligidan shikoyat qila boshlaydilar. 
˗ uyali telefon yoki kompyuterdan foydalanish, internetga kirish imkoni 
berilmasa, juda tajang va jizzaki bo‘lib qoladi. 
˗ uyali telefon o’ynab turmasa, internetga ulanib turmasa, boshqa biror ish bilan 
shug‘ullanishni aslo xohlamaydi. 
Siz o‘z do‘stingizning har kuni odam o‘ldirishini tasavvur qila olasizmi? Buni 
hatto aqlingizga ham sig‘dira olmaysiz, to‘g‘rimi? Lekin bu haqiqat bo‘lsa-chi? Ha, 
sizning do‘stingiz kimnidir pichoqlayapti, avtomatdan otyapti, zaharlayapti... Faqat 
boshqacha yo‘l bilan qilmoqda bu ishlarni, ya’ni "o‘yin"da amalga oshirmoqda. 
Ming afsus, kompyuter yoki uyali telefon o‘yinlari bugungi kunda bolalar 
hayotining ajralmas qismiga, hatto sevimli mashg‘ulotiga aylandi. 

Download 313.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling