Virtual o‘yinlarning yoshlar ongiga ta’siri
Kompyutеr o‘yinlarining ruhiy va jismoniy xatarlari
Download 313.72 Kb. Pdf ko'rish
|
7-мавзу матни
Kompyutеr o‘yinlarining ruhiy va jismoniy xatarlari. Kompyuter yoki uyali
telefon o‘yinlari oqibatida yoshlarning miya faoliyatida o‘zgarishlar kuzatilgan. Ya’ni, katta yoshli kishining miya faoliyati yosh bolaniki kabi o‘zgarib qolishi, bolaning miya faoliyati esa aksincha ancha katta yoshdagilarnikiga o‘xshab o‘zgarishi kuzatilgan. Virtual olamda bolalar ruhiy holati hamda kompyuter qarshisida kattalar kabi o‘zini tutishi namoyon bo‘lgan. Ming afsuski, bolalar o‘zlarining beg‘ubor va takrorlanmas bolalik degan bebaho dunyosini virtual olamga almashtirib qo‘ymoqdalar. Ko‘plab olimlar kompyuter yoki uyali telefon o‘yinlari zararli ekani va hatto halokatga olib kelishini ta’kidlashgan. Xuddi ichkilikbozlik, giyohvandlik illatlari kabi kompyuter va virtual o‘yinlar ham o‘z nog’orasiga o‘ynatish xususiyatiga ega. Katta yoshdagi kishilar real hayotda ham o‘zlarini bolalardek tutib, mas’uliyatsiz bo‘lib qoladi. Bir bolaning aytishicha, otasi shu qadar internetdagi o‘yinlar ummoniga sho‘ng‘ib ketganki, natijada oilaviy ziddiyatlar kelib chiqqan. Germaniyaning Charite universiteti ilmiy xodimlarining 20 kishidan iborat guruh ichida o‘tkazgan tajribasida shu narsa namoyon bo‘ldiki, ishtirokchilarga mashhur o‘yinlardan olingan suratlar namoyish qilinganda, ularda xuddi ichkilik, giyohvandlikka ruju qo‘yganlar kabi patologik o‘zgarishlar ro‘y bergan. "Notingem trend" universiteti ilmiy xodimlarining 7000 kishilik kuzatuv tajriba guruhida olib borgan tadqiqotlari natijasida guruhdagilarning 12 foizida kompyuter yoki uyali telefon o‘yinlariga tobelik aniqlangan. O‘yinga tobe bo‘lganlar har doim ruhshunos maslahatiga muhtoj bo‘lib qoladi. O‘zlarini shaxsiy hayotlari o‘zgarib borayotganini, qilayotgan ishlaridan qoniqish sezmayotganini, oddiy insoniylikni yo‘qotib qo‘yayotganini, kayfiyati tushkun bo‘lishi, faollik yo‘qolishi, jizzakiligidan shikoyat qiladi. Yoshlar qiziqib o‘ynaydigan “GTA” o‘yiniga nazar solsak, birinchi qiladigan ishi shuki, zo‘ravonlik bilan shahar ichidagi avtoulov haydovchisining yo‘lini to‘sib, avtoulovni olib qo‘yadi. Keyingi ish politsiyadan qochish bilan bir qatorda yo‘lida uchragan kishilarni vahshiylarcha urish, tepish, hattoki o‘ldirishgacha boradi. Shu yo‘sinda oxiri yo‘q bosqichlardan o‘tib, olg‘a yuraveradi. G‘arb davlatlarida yoshlar o‘rtasida kompyuter yoki uyali telefon o‘yinlarining zararini kamaytirish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirila boshlandi. Fransiyada kompyuter yoki uyali telefon o‘yinlarida to‘kiladigan qonning qizil rangda emas, yashil rangda bo‘lishi joriy etilgani, Belgiyada kompyuter klublarida pornografik o‘yinlarni targ‘ib qilish qamoq jazosi bilan jazolanishi ana shu islohotlarning bir ko‘rinishidir. "Virtual Image Pruductions" kompaniyasining direktori: "Kompyuter yoki uyali telefon o‘yinlari oddiy o‘yinchoq bo‘lmay qoldi. Ular jaholatni o‘rgatish vositasiga aylanib ketdi va biz bolalarimizni tepkini bosib rohatlanishga o‘rgatyapmiz. Ammo biz real hayotda buning oqibati qanday bo‘lishini o‘rgatmayapmiz". Bunday o‘yinlarning kamida 80 foiz qahramonlari o‘ta shafqatsiz. Bu holat o‘z- o‘zidan bola ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Virtual o‘yinning qahramoni bolaning yaqin kishisiga, "do‘sti"ga aylanadi. Turli xil janglardan va qiyinchiliklardan, ana o‘sha "yaqin kishi"sini tirik olib o‘tish uchun, o‘sha bola qanchadan-qancha "qon to‘kadi", qanchadan-qancha "shafqatsizliklar" qiladi. To‘g‘ri, bularning bari virtual olamda sodir bo‘lyapti, lekin keyinchalik mana shu bolaning hech narsadan tap tortmaydigan, sovuqqon, beshafqat insonga aylanib qolishi hech gap emas. Amerika tibbiyot uyushmasi video o‘yinlarga berilib ketishni ham rasman aqliy zaiflik kasalliklari qatoriga kiritish niyatida. Shifokorlarning fikricha, bu kasallik kuniga ikki soatdan ortiq o‘yin o‘ynaydigan har qanday kishi salomatligiga xavf soladi. Bu internetdan ko‘ngilxushlik izlaydiganlarga ham tegishli. Kompyuter yoki uyali telefon o‘yinlarining keragidan ortiq mashhur bo‘lib, ommalashib ketgani va yoshlarga salbiy ta’siri tibbiyotchilarni ko‘pdan beri tashvishga solib kelayotgan muammolardan biridir. Hozir dunyodagi juda ko‘p mintaqalar, jumladan, «Yevropa mamlakatlarida internetga asirlik xastaligini davolaydigan maxsus shifoxonalar bor. Kompyuterda soatlab, kunlab o‘tirib, turli virtual mukofotchalarni, yutuqlarni "qo‘lga kiritgan" kishi uchun ular chinakamiga qimmatli ma’no kasb eta boshlaydi. Bunday ball va yutuqlar "sodiq" o‘yinchilar orasida sotiladi, xarid qilinadi. Bunday ishga esa ayamay pul sarflanadi. Masalan, "Project Entropia" o‘yiniga mukkasidan ketgan avstraliyalik Devid Stor ismli talaba 35 ming AQSH dollari evaziga virtual orol sotib oldi. Bu orolda eski qal’a, bir qancha cho‘milish va turli maxluqlarni ovlash uchun maxsus joylar bor. Lekin bu joylar faqat tasavvurda, kompyuter ekranidagina, xolos. Juda ko‘p o‘yinlar odamlarni, hayvonlarni shafqatsizlarcha o‘ldirish, qon to‘kish sahnalari asosiga qurilgan. Bunday ayanchli lavhalar nafaqat yoshlarning, hatto yoshi kattalarning ongiga ham juda kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatadi. "GTA", "Snayper" va "Qotil" kabi o‘yinlarga berilganlarning ba’zilari keyinchalik haqiqiy qotilga aylanishgani fikrimiz dalilidir. 2002-yili amerikalik Shon Villi ismli 21 yoshli yigit o‘zini o‘zi peshonasidan otib o‘ldirdi. Aniqlanishicha, u "EverQuest" nomli kompyuter o‘yiniga mukkasidan ketgan ekan. Uning o‘sha o‘yinda yutqazib, yig‘gan ballari va mukofotlaridan ajralganiga chidayolmay, o‘z joniga qasd qilgani ma’lum bo‘ldi. 2004-yili Buyuk Britaniyada 17 yoshli Uorren Leblan 14 yoshli Stefan Pakirning joniga qasd qildi. Sud jarayonida ayblanuvchi "Manhunt" kompyuter o‘yini ta’siriga tushib qolganini aytadi. 2007-yilning 16-aprelida AQShning Virjiniya politexnika institutida misli ko‘rilmagan ommaviy qotillik yuz berdi. Talaba Cho Sin Xi 32 nafar tengdoshiga qarata o‘q uzdi. Aniqlanishicha, u kuchli tinchlantiruvchi vositalarni uzluksiz qabul qilib kelgan. Bu voqeadan bir necha hafta burun esa xonasiga o‘t qo‘yib yuborishiga sal qolgan edi. Hodisani o‘rganib chiqqan ruhiyatshunos Fil Mak Grou jinoyatni talaba qattiq berilgan videoo‘yinlar, ulardagi vahshiylik va qotillikni targ‘ib etuvchi sahnalar bilan bog‘ladi. Bugungi kunda virtual ta’qib nihoyatda ommalashib bormoqda. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijalaridan ma’lum bo‘ldiki, hozirda maktab yoshidagi bolalar internetdan tobora erta foydalanishga kirishmoqda. Masalan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bemalol maktab yon-atrofidagi kafe yoki klubga kirib, internetdan foydalanishi mumkin. Shu bois ular uyda ham internetga ulanish imkoni bo‘lishini xohlashi tabiiy. Lekin, mutaxassislarning fikricha, yoshi o‘nga yetmagan bola odatda mustaqil ravishda internetdan foydalanish uchun zarur bo‘lgan tanqidiy fikrash va shu asosda ma’lumotlarni farqlash, ularni ajrata bilish, boshqacha aytganda, «filtrlash» qobiliyatiga ega emas. Shu sababli internetdan yolg‘iz qolganda ham foydalanish ehtimoli bo‘lgan bolani qattiq nazorat ostiga olish kerak, unga o‘zi haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni internet orqali tanishgan odamlarga aytmaslikni o‘rgatish zarur. Download 313.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling