Fan:Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi Mavzu: Neft moylarni ishlab chiqarish jarayonini issiqlik balansini tuzish. Mashg’ulot turi : Amaliy Fan o’qituvchisi : Toshboyev S.O’. Reja: - 1. Moy fraksiyalarini tanlab ta`sir etuvchi erituvchilar yordamida tozalash qurilmalarining issiqlik balansini hisoblash.
- 2. Ekstraksion kolonnaning geometrik o`lchamini aniqlash.
Moy fraksiyalarini tanlab ta`sir etuvchi erituvchilar yordamida tozalash qurilmalarining issiqlik balansini hisoblash - Neft moylari yuqori temperatura (300 – 6000C) da qaynovchi fraksiyalar bo‘lib, ularning tarkibida parafinlar, naftenlar, aromatik va ularning suyuq uglevodorodlar aralashmalari, oltingugurt, azot va kislorodning birikmalari hamda juda kam miqdorda metallar (vannadiy, nikel, temir, mis) ham bo‘ladi.
Neftdan tovar moylar ishlab chiqarish quyidagi boskichlarni o‘z ichiga oladi - Bir necha turdagi distillyat moyli fraksiyalar ishlab chiqarish, ya’ni 300– 4000C; 400–4500C; (350–4290C); 450–5000C; (420–4900C) va 5000C dan yuqori temperaturada qaynaydigan gudron fraksiyalari;
- Fraksiyalarni ortiqcha komponentlardan tozalash va tanlovchan erituvchilar yordamida deparafinizatsiyalash;
- Komponentlarni yakuniy tozalash;
- Yakuniy tozalangan komponentlarni ma’lum nisbatlarda qo‘shish.
- Distillyat fraksiyalar dastlab selektiv erituvchilar (fenol yoki furfulol) bilan tozalanadi, so‘ngra deparafinizatsiya qilinadi
Qoldiq tayanch komponentlar ikki usulda olinadi - 1. Gudronni propan vositasida deasfaltizatsiya qilib furfurol yoki furfurol bilan selektiv tozalash (I usul) va gudronni maxsus erituvchilar bilan tozalash (II usul). Qoldiq rafinat deparafinizatsiya va yakuniy tozalashga beriladi.
- Jarayonni amalga oshirishdan maqsad – tanlovchan erituvchi vositasida gudron tarkibidagi kokslanish darajasi yuqori va qovushqoqlik indeksi past bo‘lgan smola asfaltsimon va politsiklik uglevodorodlarni ajratish. Erituvchi sifatida asosan propan ishlatiladi. Bu jarayon katalitik kreking va gidrokrekinglash texnologik tizimlari uchun xom ashyo olishda ham qo‘llaniladi. Bu holatda erituvchi sifatida propan bilan bir qatorda butan, pentan va engil benzin fraksiyalari ham qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |