At "Agrobank" Buxoro viloyati Qorako’l tuman filialiningiqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili


-§. Bankning rasmiy veb-saytida axborot berish xususiyatlari


Download 0.82 Mb.
bet7/10
Sana04.04.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1324524
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Agrobank Buxoro viloyati Qorako’l tuman filiali

2-§. Bankning rasmiy veb-saytida axborot berish xususiyatlari
13. Bank oʼzining rasmiy veb-saytiga ega boʼlishi shart.
14. Bankning rasmiy veb-saytida saytning tuzilishini bayon etuvchi, ushbu tuzilmadagi rasmiy veb-saytning har bir sahifasi joylashgan joyni qulay shaklda aniqlash imkonini beruvchi boʼlim boʼlishi kerak.
15. Bankning rasmiy veb-sayti Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 2 iyuldagi 176-son qarori bilan tasdiqlangan Аktsiyadorlik jamiyatlarining korporativ veb-saytlariga qoʼyiladigan talablar toʼgʼrisidagi nizomga muvofiq boʼlishi kerak.
16. Bankning rasmiy veb-saytidagi axborotdan foydalanishda: isteʼmolchilar zarur maʼlumotlardan xohlagan paytida tanishib chiqish va undan foydalanish imkoniga ega boʼlishi kerak. Maʼlumot bilan tanishganlik yoki undan boshqacha tarzda foydalanganlik uchun haq undirilmasligi hamda boshqa cheklovlar qoʼyilmasligi lozim; isteʼmolchi maʼlumot bilan bepul va keng tarqalgan dasturiy taʼminot yordamida foydalanish imkoniga ega boʼlishi lozim; axborot shifrlangan yoki boshqa vositalar orqali himoyalangan boʼlmasligi kerak; bank oʼz rasmiy veb-saytida joylashtirilgan axborotdan (isteʼmolchining shaxsiy kabinetida joylashtirilgan axborotdan tashqari) foydalanish uchun isteʼmolchidan roʼyxatdan oʼtish yoki shaxsiy maʼlumotlarini taqdim etishini, shuningdek u bilan turli xil bitimlar tuzishni talab qilishga haqli emas.
17. Bank rasmiy veb-saytining mazkur bank va koʼrsatilayotgan bank xizmatlari shartlari toʼgʼrisida axborotlarni oʼz ichiga olgan boʼlimiga veb-saytning bosh sahifasidan giperhavolalar orqali bir oʼtishda kirish uchun imkoni yaratilgan boʼlishi kerak.
18. Bank isteʼmolchiga uning shaxsiy kabinetida kredit shartnomasi boʼyicha isteʼmolchi bilan tuzilgan shartnoma va unga kiritilgan oʼzgartirishlar hamda mazkur Nizomning 9-bandida koʼrsatilgan maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatini taʼminlab berishi shart.
3-§. Bank faoliyatga oid reklama tusidagi axborotlar berish
19. Reklama tusidagi axborot isteʼmolchining ishonchini suiisteʼmol qilmaydigan tarzda va (yoki) isteʼmolchining tajribasi va bilimi yetishmasligidan foydalanishni koʼzlamagan holda taqdim etilishi lozim.
20. Reklama tusidagi axborot bevosita yoki bilvosita, ikki xil maʼnoda qoʼllash yoki oshirib koʼrsatish vositasida isteʼmolchini chalgʼitishi, xususan bank xizmatining shartlari yuzasidan isteʼmolchining tanloviga taʼsir oʼtkazmasligi kerak.
21. Reklama beruvchi bank Internet tarmogʼida kontekstli reklamani joylashtirishda boshqa kredit tashkilotining firma nomi va (yoki) tovar belgisidan kalit soʼzlar sifatida foydalanishi mumkin emas.
22. Reklama beruvchi bank isteʼmolchiga notoʼgʼri axborot taqdim etilishiga yoʼl qoʼymaslik maqsadida oʼz rasmiy veb-saytini boshqa kredit tashkilotining ilgari eʼlon qilingan rasmiy veb-saytiga oʼxshatib niqoblamasligi kerak.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling