At "Agrobank" Buxoro viloyati Qorako’l tuman filialiningiqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili


-bank omonati shartnomasi boʼyicha nazarda tutilgan bank va isteʼmolchining huquq va -


Download 0.82 Mb.
bet9/10
Sana04.04.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1324524
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Agrobank Buxoro viloyati Qorako’l tuman filiali

-bank omonati shartnomasi boʼyicha nazarda tutilgan bank va isteʼmolchining huquq va
-majburiyatlari, ularning javobgarligi toʼgʼrisida.
27. Kredit shartnomasi tuzilgunga qadar bank isteʼmolchiga quyidagi axborotni taqdim etadi: kreditning eng koʼp miqdori va valyutasi, shu jumladan chet el valyutasi bilan bogʼliq ehtimoliy tavakkalchiliklari (chet el valyutasi boʼyicha kurslar oʼzgarishi natijasida yuzaga keladigan moliyaviy yoʼqotish bilan bogʼliq tavakkalchilik) haqida ogohlantiradi;
-kreditdan foydalanish muddati;
-foiz stavkasining yillik nominal qiymati, shuningdek isteʼmolchi murojaat qilgan sanadagi yillik real foiz stavkasining miqdori;
-vositachilik haqlari, tariflar va kredit olish hamda unga xizmat koʼrsatish bilan bogʼliq boʼlgan boshqa toʼlovlarning batafsil roʼyxati va miqdorlari;
-kredit shartnomasi boʼyicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda isteʼmolchining javobgarligi va tavakkalchiliklari;
-garovga qoʼyuvchi, kafil (kafolat beruvchi) va kredit shartnomasining tarafi hisoblangan boshqa shaxsning javobgarligi;
-bank va isteʼmolchining huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan muddati oʼtkazib yuborilgan qarzdorlikni undirish jarayonida isteʼmolchining huquqlari, shuningdek bank xizmatlarini koʼrsatish shartnomasida koʼzda tutilgan taraflarning javobgarligi haqidagi maʼlumotlar.
28. Bank isteʼmolchini quyidagi omillarni hisobga olgan holda oʼz moliyaviy ahvolini tahlil qilishi zarurligi toʼgʼrisida ogohlantirishi lozim: isteʼmolchining qarz yuki joriy moliyaviy ahvoliga mos kelishi; bank xizmatini koʼrsatish shartnomasida koʼrsatilgan majburiyatlarini bajarishi uchun taxminan qaysi muddatlarda va qancha miqdorda pul mablagʼlari kelib tushishi kutilayotganligi (masalan, jismoniy shaxslar uchun — ish haqi toʼlanishi, boshqa daromadlar olishi davriyligi); kredit shartnomasi boʼyicha oʼz majburiyatlarini bajara olmasligiga olib kelishi mumkin boʼlgan yengib boʼlmas kuch taʼsiridagi vaziyatlar va boshqa holatlar yuz berishi ehtimoli (shu jumladan jismoniy shaxslar uchun — ishini yoʼqotish, oʼziga bogʼliq boʼlmagan sabablarga koʼra ish haqi va boshqa turdagi daromadlarni kechikib olishi, ishga joylashishi, sogʼligʼining yomonlashganligi natijasida daromadlarining tushib ketishi).
29. Bank isteʼmolchi kredit shartnomasi boʼyicha oʼz majburiyatlarini lozim darajada bajarmasligi bilan bogʼliq tavakkalchiliklar toʼgʼrisida, shu jumladan isteʼmolchiga nisbatan majburiyatlarni buzganligi uchun qoʼllaniladigan neustoyka (jarima, penya) va ularning natijasida isteʼmolchining xarajatlari summasi oshishi ehtimoli toʼgʼrisida axborot beradi.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bank bu iqtisodiyot infrastrukturasining asosiy bo'g'inlaridan biridir. Milliy ta'lim tizimini mustahkamlash, uni zamon talablari bilan uyg'unlashtirish asosida jahon andozalari darajasiga chiqarishga katta ahamiyat berib kelinmoqda.
Bugungi kunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta'lim va bilim berish tizimi, jamiyatimizdagi amalga oshirilayotgan isloxotlarni yangilanish jarayonlari talablari bilan yaqindan chambarchas har tomonlama bog'langan bo'lishi kerak.
Bank tizimi uchun yukori malakali mutaxascislarni tayyorlash va kayta tayyorlashda ishlab chikarish amaliyotiga katta axamiyat beriladi. Buning asosiy sababi shunda-ki, ishlab chikarish amaliyoti davrida nazariy bilim amaliyot bilan boglanadi va talaba universitetda olgan nazariy bilimlarini amalda sinab kuradi.
Amaliyotining asosiy maqsadi amaliyot vaqtida tijorat banki, uning tarkibiy tuzilishi, bank faoliyatining huquqiy asoslari hamda bank bo'limlari faoliyati to'g'risida tushunchaga ega bo'lish. Bundan tashqari amaliyot davrida malakali bank xodimlari bilan bevosita muloqotda bo'lish va buning natijasida bizda bank faoliyati to'g'risida yetarli darajada dunyoqarash shakllantiriladi.
Amaliyotning xulosasi sifatida aytadigan bo'lsak, malakaviy amaliyot bank faoliyatini o'rganishda muhim ahamiyatga egadir. Shuni ta'kidlash joizki, bo'lajak har bir mutaxassis faqatgina nazariy bilimlarnigina emas balki bu bilimlarni amaliyotda sinab ko'rgan holda yaxshi natijaga erishish yo'llarini izlab topishi kerak.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling