At fakulteti «Tasdiqlayman» Milliy libos va san’at fakulteti dekani A. Turakulov


Download 335.92 Kb.
bet2/7
Sana28.12.2022
Hajmi335.92 Kb.
#1014530
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
DETAL TEXNIK RASMINI TUZISH

Kurs ishining maqsadi: Talabalarga chizmachilikni o’qitishning an’anviy talim metodi haqida umumiy ma'lumotlar va ularning o'ziga xos xususiyatlarini tushuntirish, ular yordamida dasturi tuzishni va uni o‘qiy olishni o‘rgatish orqali talabalarni chizmachilik fanlariga qiziqishlarini yanada oshirish.
Kurs ishining vazifasi: Bo’lajak chizmachilik o’qituvchilariga an’anviy talim metodi bo’yicha tayyorgarlik tizimi mazmunining nazariy va amaliy holatini o‘rganish va tahlil qilish; -talabalarga turli loyihalarni tasvirlashdagi o’ziga xos xususiyatlarni va ularning turlari haqida tushunchalar berish va takomillashtirish; - talabalarning mavzu yuzasidan bilim, ko'nikma va malakasini shakllantirish.
Kurs ishining ob’yekti: Oliy ta’lim tizimida “Chizmachilik” bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi talabalariga nazariy va amaliy ta’lim berish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Bo‘lajak muhandislarni tayyorlash
bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning chizmachilik muhandisligi ilmini egallash
jarayonidagi ta’lim mazmuni va texnologiyasi.
Kurs ishining tuzilishi va tarkibi: Kurs ishi kirish, ikki bob, to’rt paragraf,
xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

I BOB. YIG’ISH CHIZMALARINING MAZMUNI VA UNDAGI SHARTLIKLARINI SODDALASHTIRISHLAR
1.1. Yig`ish chizmasining mazmuni
Mashina, stanok va boshqa buyumlarni ishlab chiqarish uchun konstruktorlik hujjatlari tuziladi.
Konstruktorlik hujjati loyixa va ish hujjatlariga bo`linadi.
Loyixa hujjati tarkibiga buyumning konstruktiv tuzilishini, uning tarkibiy qismlarining o`zaro ta`siri va buyumning ishlash prinsipini tushuntiruvchi (izoxlovchi) umumiy ko`rinish chizmalari, loyixaning tushuntirish yozuvi va boshqa hujjatlari kiradi.
Umumiy ko`rinish chizmasidagi ma`lumotlar, konstruktorlik ish hujjatini ishlab chiqish uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Konstruktorlik ish hujjatlariga buyumlar tarkibiy qismlarining yig`uv chizmalari kiradi: yig`uv chizmalari buyumlarning tasvirlari va yig`ish hamda nazorat qilish uchun zarur bo`ladigan ma`lumotlar, spetsifikatsiyalar, montaj va gabarit chizmalar, sxemalar va boshqalarni o`z ichiga oladi.
Yig`uv chizmalari quyidagilardan iborat:
a) yig`uv birligining tasviri: ushbu chizma bo`yicha biriktiriladigan tashkiliy qismlarning joylashishi va o`zaro bog`lanishi to`g`risida ma`lumot beradi;
b) yig`uv birligining yig`ish va nazorat qilishni ta`minlovchi ko`rsatmalar;
v) o`lchamlar, chekli chetga chikishlar va nazorat qilinishi kerak bo`lgan boshqa parametrlar va talablar;
g) detallarni biriktirish usuli to`g`risidagi ko`rsatmalar;
d) buyum tarkibiga kiruvchi qismlarining pozitsiya nomerlari;
ye) buyumning asosiy harakteristikalari;
j) gabarit, o`rnatish, ulanish, shuningdek, kerakli spravka o`lchamlar.
Buyumning yig`ish chizmasi – 1-shaklida keltirilgan. Bu chizmani bajarish tartibi quyida bayon kilingan.
Chizmada quyidagilar mavjud;
a) bosh ko`rinish, ustdan ko`rinish, chapdan ko`rinish. Bu ko`rinishlarning xammasida qirqimlar ko`rsatilgan;
b) teshik va moylash ariiqchasining o`zaro joylashishini aniqlovchi A-A kesim chiqarilgan;
v) 3 – detalning V-V kesimi.
Bir detalning o`zi yig`ish chizmasining hamma tasvirlarida bir xil yo`nalishda shtrixlanadi. Yondosh detallar turli yo`nalishda shtrixlangan.
Agar biror detalning shakli mavjud tasvirlarda to`la Aniq bo`lmasa, yig`ish chizmasida bu detalning strelka bo`yicha ko`rinishi joylashtiriladi.
O`quvchilar yig`ish chizmasining tuzishdar oldin, buyum ta`rifnomasidan foydalanib buyumning vazifasi, tuzilishi va har bir detalning o`zaro bog`lanishini Aniqlab olishi zarur.
Buyumlar (asboblar, mashina va boshqalar)ning tasviri hamda ularni yig’ish va tekshirishga oid ma’lumotlar berilgan chizmalar yig’ish chizmalari deb ataladi.
Yig’ish chizmalarida buyum yig’ilgan holda barcha detallari bilan birga tasvirlanadi:
Ishlab chiqarishda avval har bir detal uning ish chizmasiga qarab tayyorlanadi. Detalning ish chizmasi esa uning eskizi asosida tayyorlanadi. So’ngra yig’ish chizmasiga muvofiq tayyor detallardan butun buyum yig’iladi.
Yig’ish chizmalari mazmuni GOST 2109-96 bilan aniqlanadi.
Yig’ish chizmalarida buyumlarni yig’ish va nazorat qilishda zarur bo’lgan quyidagi ma’lumotlar bo’lishi kerak.

  • Yig’ma birlikni tasviri bo’yicha uning tarkibiy qismlarining o’zaro bog’lanishi va undagi biriktiriladigan detallarning joylashuvi haqida ma’lumotlar.

  • Yig’ish chizmasida bajarilishi va nazorat qilinishi kerak bolgan
    o’lchamlar, chekli chetga chiqishlar hamda boshqa parametrlar va talablar.

-Detallarni qanday usullar (payvandlash, parchinlash va boshqalar) yordamida biriktirilishi xaqida ma’lumotlar.
-Bevosita buyumning tarkibiga kiruvchi qismlarining pozitsiya belgilari.
-Buyumning asosiy xarakteristikalari.
-Buyumning gabarit, o’rnatish va biriktirish hamda kerakli ma’lumot (spravka) o’lchamlari.
-Yig’ish chizmasining asosiy yozuvi va uning spetsifikatsiyasi (GOST 2104-96).
Har bir buyumning gabarit o’lchamlariga ko’ra yig’ish chizmasi alohida formatda bajariladi. Yig’ish chizmasida ko’rinishlar soni minimal darajada bo’lishi, lekin bu ko’rinishlar buyum haqida, uning detallarini yig’ish haqida to’la ma’lumot berishi lozim. Ko’pincha ko’rinishlar soni buyumning murakkabligiga bog’liq. Asosiy ko’- rinishlarni kamaytirish hisobiga, ustiga chizilgan proyeksiyalar, mahalliy ko’rinishlar kerakli qirqim va kesimlardan foydalanish juda muhim hisoblanadi.
Yig’ish chizmasining asosiy yozuvi va spetsifikatsiyasi GOST 2104-96 da ko’rsatishgandek bajariladi (8.2-shakl). Spetsifikatsiya grafalari quyidagicha to’ldiriladi:
1. Format. Spetsifikatsiyada nomi ko’rsatilgan hujjatlarning formati belgisi yoziladi.
2. Zona. Agar chizmaning maydoni zonalarga GOST 2104-96 ga muvofiq bo’lingan bo’lsa, buyumning tarkibiy qismlari joylashtirilgan zonalar ko’rsatiladi.
3.Pozitsiya. Bunda spetsifikatsiyaga yozilayotgan buyum tarkibiga bevosita kiruvchi qismlarning tartib raqamlari spetsifikatsiyada yozilgan tartibda ko’rsatiladi. Hujjatlar, komplektlar bo’limlari uchun bu grafalar to’ldirilmaydi.
4. Belgisi. Bu yerda konstruktorlik hujjatlarining belgilari yoziladi. Yig’ish chizmasi va spetsifikatsiya bu grafada bir xil belgilanadi, lekin yig’ish chizmasi belgisiga ikki harf YCH (yig’ish chizmasi) qo’shib yoziladi.
5. Nomi. Bu grafada quyidagi ma’lumotlar beriladi. 1) Hujjatlar bo’limida. Bolimning konstruktorlik hujjatlari komplektiga kiruvchi hujjatlarning nomi, masalan, yig’ish chizmasi, gabarit chizmasi, montaj chizmasi, texnikaviy talablar va hokazolar yoziladi;
2) Komplekslar, yig’ish birliklari, detallar va komplektlar bo’limlarida buyumning nomi yoziladi; 3) standart buyumlar bo’limida standartlar tomonidan buyumga berilgan nomerlar ko’rsatiladi; 4) Ashyolar bo’limida standart tomonidan ashyoga berilgan belgilar yoziladi.
5. Soni. Bu grafada buyum tarkibiy qismlarining soni ko’rsatiladi.
6. Eslatma. Bu grafada buyumga tegishli qo’shimcha ma’lumotlar ko’rsatiladi.
Standart buyumlar spetsifikatsiyasiga alfavit tartibda, tegishli standartlarda berilgan nomlari va belgilari yozib qo’yiladi, masalan, Bolt M10x60, 58 GOST 7798-96.
Spetsifikatsiya grafalarini to’ldirishda har bir bo’limdan keyin bir yoki ikki qator bo’sh qoldiriladi. O’quv chizmalari uchun spetsifikatsiyani to’ldirish namunasi ko’rsatilgan. Mashinasozlik chizmachiligi kursini o’ qitish jarayonida yig’ish chizmalari buyumning asliga qarab bajariladi, bunday yig’ish chizmalari ikki bosqichda bajariladi: avval buyum tarkibiga kiruvchi detallarning eskizlari chiziladi. So’ngra eskizlarga asosan yig’ish chizmasi bajariladi.

Download 335.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling