At fakulteti «Tasdiqlayman» Milliy libos va san’at fakulteti dekani A. Turakulov


Download 318.76 Kb.
bet3/6
Sana28.12.2022
Hajmi318.76 Kb.
#1014979
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KONSTRUKTORLIK HUJJATLARI TURLARI

Texnik hujjatlarni tayyorlash

Ishda o`z joyidan ko`chib haraktlanadigan detalning eng chetki vaziyatlarini yig`ish chizmasida ingichka shtrix – punktir chiziq bilan chizib ko`rsatiladi. Yig'ish chizmalarini chizish ishlarini yengillashtirish maqsadida standart tomonidan belgilangan shartlilik va soddalashtirishlardan foydalaniladi.


1. Yig'ish chizmalarining ko'rinish va qirqimlarida detallarning faskalari, maydaroq yumaloqlashlar, yo'nilgan ariqeha, chuqurchalar, chiqiqlar, nakatkalar kabi elementlar ko'rsatilmasligi mumkin. Olti qirrali va kvadrat gaykalar, boltlarning kallagidagi konussimon faskalari, shaybalarninig faskalari soddalashtirilib, faskalarsiz tasvirlanadi.
2. Buyumning qopqoq kabi detallari bilan to‘si!ib qolgan tarkibiy qismlarini ko'rsatish zarur bo‘lsa, u holda ehizmada bunday qopqoq kabi detallar „Detal vaz. ... ko‘rsatilmagan“ yoki „qopqoq ko'rsatilmagan" degan yozuv bilan ta’minlanadi. Buyum yoki ular elementlarining prujinalar orkasidagi yoki ular oldida joylashgan detal bilan qisman to‘silib qolgan, ammo ko'rinadigan qismlarini tasvirlamaslik mumkin.
3. Shaffof materiallardan tayyorlangan buyumlarni shaffofmasdek tasvirlash lozim.
4. Vint, shurup kallagidagi o'yiqlarni bitta yo‘g‘on chiziq bilan 45° burchak ostida qiyalatib chizish tavsiya etiladi. Vint, bolt, shpilkalarda ularninig rezbalari butun sterjeni bo'yicha ko'rsatilib, shpilka uyalaridagi ehtiyot joylar va steijen toresiga tik qaralganda rezba va shaybalar hamda tirqishlari tasvirlanmasligi mumkin.
5. Standartga muvofiq yig'ish chizmalarida yumalash podshipniklarini soddalashtirib tasvirlash qabul qilingan. Bundan tashqari, podshipniklar yarim qirqimda, yarim soddalashtirib tasvirlanishi ham mumkin.
Yig'ish chizmalaridagi detallarninig ish chizmaiarini chizishda unda tatbiq qilingan shartlilik va soddalashtirishlar hisobga olinmagan holda, barcha kerakli konstruktiv elementlari to'liq ko'rsatiladi.
Bu mavzuni bayon qilishda o`quvchilarga chizmalarda har хil shartlilik va sоddalashtirishlardan fоydalanilsa sеzilarli daraja grafik ishlarining hajmi kamayib, chizmalar ancha soddalashishini aytish kerak. Chizmalarda qo`llaniladigan ayrim shartlilik va sоddalashtirishlarni o`qituvchi tоmоnidan tayyorlangan o`quv plakatlaridan ham ko`rsatish mumkin .
Shunday qilib, uzun buyumlar (val, dasta, shatun, stеrjеn va bоshqalar)ning chizmada uzib tasvirlanishi ham sоddalashtirish hisоblanadi . Ikkita aylanish jismlarining kеsishish (o`tish) chiziqlarini chizmada aniq yasashlar talab qilinmagan hоllarda standartlarda ularning sоddalashtirib tasvirlashga ruхsat bеrilgan.
Grafik ishlarga mеhnat sarfini kamaytirish va chizmalarni sоddalashtirish maqsadida KHYAT DSTlari tasvirlarda qatоr shartlilik va sоddalashtirishlardan fоydalanishga ruхsat bеrgan. Ularning ko`pchiliklari bilan tanishib o`tildi. Ayrimlari haqida quyida ma’lumоt bеramiz:
Agar tasvir simmеtrik figura shaklida bo`lsa, uning yarmini, yoki undan sal оrtiqrоq qismini (bu hоlda uzish chizig`i to`lqinsimоn yoki tutash siniq chiziq bilan ko`rsatiladi) tasvirlashga ruхsat qilinadi .

Dumalоq flanеsda jоylashgan tеshiklar kеsuvchi tеkislikka tushmagan hоllarda ham qirqimda ko`rsatiladi (shakl, b).


Sirtlarning kеsishish (o`tish) chiziqlarini aniq qurish talab qilinmaydigan hоllarda ko`rinish va qirqimlarda ularning prоеksiyalarini sоddalashtirib tasvirlashga ruхsat qilinadi (shakl). Bir sirtdan ikkinchisiga ravоn o`tish kоnturgacha biroz yеtmay qоladigan ingichka tutash chiziq bilan tasvirlanadi yoki bu chiziq butunlay ko`rsatilmaydi.
Chizmada bir nеchta bir хil tеshiklar simmеtrik jоylashgan hоllarda chizma bajarishni tеzlashtirish uchun ularning bittasi tasvirlanib, bоshqalarining faqat markazlari ko`rsatiladi(shakl).
Konstruktorlik hujjatlari O‘zbekiston Respublikasidagi barcha korxona va
tashkilotlarda Davlat belgilagan qoidalarga asoslanib rasmiylashtiriladi.
Bu qoidalar Konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi (KXYaT) da to‘liq aksini
topgan, unda buyumlarning turlari, konstruktorlik xujjalarning ko‘rinishi, tarkibi
hamda ularni taxt qilish uchun ma’lumotlar mujassam bo‘lgan KXYaT standartlari ikkinchi sinfga mansub bo‘lib, quyidagi tarkibga ega:

Chizma – bu asosiy texnik hujjatdir. Unda narsaning (mashina, inshoot, detal va shu kabilar) tayyorlanishi va nazorat qilinishi uchun zarur bo‘lgan barcha
o‘lchamlar, masshtablar, uning tarkibi haqidagi ma’lumotlar to‘liq beriladi.
Chizma qurish jarayoni – maxsus bilim va malakaga asoslangan ijodiy jarayon hisoblanadi. Buyum -deb korxonalarda tayyorlanishi nazarda tutilgan har qanday buyum yoki buyumlar to‘plamiga aytiladi. ularni quyidagicha: detallar, yig‘uv birikmalari, komplekslar va komplektlarga bo‘lish mumkin.
Detal deb, yig‘ish operasiyalarisiz bir xil materialdan tayyorlangan buyumga
aytiladi. Yig‘ma birlik deb,tayyorlovchi korxonalarda biror yig‘ish operasiyalaridan (burash, payvandlash, parchinlash va shunga o‘xshashlardan) foydalanib, tarkibiy qismlarni o‘zaro biriktirib tayyorlanadigan buyumga aytiladi.
Kompleks deb, buyumlar tayyorlovchi korxonada birlashtirilmagan, ammo o‘zaro bir-biriga bog‘liq ekspluatasion vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan ikki va undan ortiq buyumlarga aytiladi.
Komplekt deb, tayyorlovchi korxonada yig‘ish operasiyalari bilan biriktirlmagan, yordamchi xarakterdagi ekspluatasion vazifalariga ega bo‘lgan ikki va undan ortiq buyumlar to‘plamiga aytiladi.
Konstruktorlik hujjatlari grafikaviy va matnli hujjatlar, birgalikda yoki ayrim holda buyum tarkibini va tuzilishini aniqlaydi va buyumni tuzish yoki tayyorlash, nazorat qilish, qabul qilish, ishlatish va ta’mirlash uchun zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Davlat standarti konstruktorlik hujjatlarining quyidagi asosiy turlari va vazifasini belgilaydi:
Detal chizmasi detalning tasviri va uni tayyorlash hamda nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oldai; Yig‘ish chizmasi buyumning tasviri, buyumni yig‘ish, tayyorlash va nazorat qilish
uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi;
Umumiy ko‘rinish chizmasi buyumning konstruksiyasi, uning asosiy tarkibiy
qismlarining o‘zaro bog‘lanishini va buyumning ishlash prinsipini aniqlaydi;
Gabarit chizma buyumning kontur soddalashtirilgan tasvirini va uning gabarit
o‘rnatish o‘lchamlarini o‘z ichiga oladi;
Montaj chizma buyumning (soddalashtirilgan) kontur tasviri va uni qo‘llanish
joyida o‘rnatish (montaj qilish) uchun zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi;
Sxema – buyum tarkibiy qismlari va ularning o‘zaro bog‘lanishini shartli tasvirlar
va belgilar ko‘rinishida ko‘rsatilgan hujjat;
Spesifikasiya yig‘ma birlik, kompleks yoki komplekt tarkibini aniqlaydi.
Konstruktorlik hujjatlari ishlab chiqish darajasiga qarab loyiha (texnikaviy takliflar, loyihalar va eskiz loyihalar) va ish hujjatlariga bo‘linadi.

Download 318.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling