At fakulteti «Tasdiqlayman» Milliy libos va san’at fakulteti dekani A. Turakulov
Download 318.76 Kb.
|
KONSTRUKTORLIK HUJJATLARI TURLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining vazifasi
- Kurs ishining ob’yekti
- Kurs ishining tuzilishi va tarkibi
Kurs ishining maqsadi: Talabalarga chizmachilikni o’qitishning an’anviy talim metodi haqida umumiy ma'lumotlar va ularning o'ziga xos xususiyatlarini tushuntirish, ular yordamida dasturi tuzishni va uni o‘qiy olishni o‘rgatish orqali talabalarni chizmachilik fanlariga qiziqishlarini yanada oshirish.
Kurs ishining vazifasi: Bo’lajak chizmachilik o’qituvchilariga an’anviy talim metodi bo’yicha tayyorgarlik tizimi mazmunining nazariy va amaliy holatini o‘rganish va tahlil qilish; -talabalarga turli loyihalarni tasvirlashdagi o’ziga xos xususiyatlarni va ularning turlari haqida tushunchalar berish va takomillashtirish; - talabalarning mavzu yuzasidan bilim, ko'nikma va malakasini shakllantirish. Kurs ishining ob’yekti: Oliy ta’lim tizimida “Chizmachilik” bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi talabalariga nazariy va amaliy ta’lim berish jarayoni. Kurs ishining predmeti: Bo‘lajak muhandislarni tayyorlash bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning chizmachilik muhandisligi ilmini egallash jarayonidagi ta’lim mazmuni va texnologiyasi. Kurs ishining tuzilishi va tarkibi: Kurs ishi kirish, ikki bob, to’rt paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. I BOB. DAVLAT STANDARTLASH TIZIMI VA TEXNIK HUJJATLARNI TAYYORLASH Davlat standartlash tizimi Chizmalarni rasmiylashtirish bo‘yicha asosiy standartlar qatoriga formatlar, masshtablar, chiziqlar, shriftlar, asosiy yozuv va materiallarni grafik belgilar standartlari kiradi. Ularni quyida alohida ko‘rib chiqamiz. Chizmalar format deb ataluvchi standart o‘lchamli chizma qog‘ozlariga chiziladi. Tomonlarining o‘lchami 1189841 mm va yuzasi 1 m2 bo‘lgan qog‘oz a0 formatli chizma qog‘ozi deyiladi. A0 format qog‘ozini teng bo‘laklarga bo‘lishdan hosil bo‘lgan qog‘ozlar asosiy formatlar hisoblanadi. Chizmada tasvirlangan buyumning chiziqli o‘lchamlarini shu buyum xaqiqiy o‘lchamlariga nisbati chizmaning masshtabi deyiladi. Masshtab sonining nisbati oldiga "M" masshtab belgisi qo‘yiladi. Masalan, M1:1 natural o‘lchamdagi chizilgan chizma masshtabini ifodalaydi.Davlat standartiga muvofiq chizmaning masshtablari quyidagi qatorlardan tanlab olinadi. tekis rasmning natural (m1:1), kichiklashtirilgan (m1:2) va kattalashtirilgan (m2:1) masshtablardagi tasvirlari ko‘rsatilgan. Masshtab qanday bo‘lishidan qat’iy nazar o‘lcham sonlarining xaqiqiy natural qiymatlari qo‘yiladi. Chizma chiziqlari standartlari ko‘rsatmalarga binoan turli yo‘g‘onlik va rasmga ega bo‘lgan chiziqlardan foydalanib bajarilanadi. Chizma chiziqlarining nomi, ko‘rinishi, ularning asosiy tutash chizig‘iga nisbatan yo‘g‘onliklari va vazifalari haqidagi ma’lumot 4-jadvalda keltirilgan. Asosiy tutash chiziqning yo‘g‘onligi chizmaning kattaligi yoki murakkabligiga qarab 0,5 mm dan 1,4 mm gacha qalinlikda tanlab olinishi mumkin. Talabalarga A3 formatda bajarayotgan topshiriqlarida asosiy tutash chiziqning qalinligini 1 mm qilib olish tavsiya etiladi. Asosiy tutash chiziq buyumning ko‘rinar konturini, sirtlarning ko‘rinar kesishuv chiziqlarini, chetga chiqarilgan kesimning rasmini, qirqim tarkibiga kiruvchi ko‘rinar chiziqlarni tasvirlashda ishlatiladi. Ingichka tutash chiziq chiqarish va o‘lcham chiziqlarini, shtrixlash chiziqlarini, chetga chiqarish va tokcha chiziqlarini, OX, OY, OZ – proeksiya o‘qlarini, yondosh detallarni tasvirlovchi chiziqlarni, tasavvur qilinayotgan o‘tish chiziqlarini, tekisliklarning izlari va maxsus yasashlarda xarakterli nuqtalarni toppish yo‘llarini ko‘rsatuvchi chiziqlarni chizishda ishlatiladi. Shtrix chiziq ko‘rinmaydigan kontur va o‘tish chiziqlarini tasvirlashda ishlatiladi. Shtrixpunktir chiziq o‘q va markaz chiziqlarini, chetga chiqarib yoki bevosita ko‘rinishda bajarilgan kesimlarning simmetriya o‘qlarini tasvirlashda ishlatiladi. Tutash to‘lqin chiziq ko‘rinish va qirqimlarda kesilish, chegaralash chiziqlarini tasvirlashda ishlatiladi. Yo‘g‘on uzuq chiziq kesuvchi tekislikning holatini belgilash uchun ishlatiladi. Ingichka tutash siniq chiziq uzun o‘yiq chiziqlarni tasvirlashda ishlatiladi. Yo‘g‘on to‘lqin shtrixpunktir chiziq buyum yuzalarining termik ishlov beriladigan yoki qoplanadigan joylarini belgilashda va kesuvchi tekislik oldida joylashgan elementlarni tasvirlashda ishlatiladi. Ingichka ikki nuqtali shtrixpunktir chiziq yoyilmalardagi bukilish va ko‘rinish bilan ustma-ust joylashgan yoyish chiziqlarini tasvirlashda ishlatiladi. Download 318.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling