Bank aksiyadorlari: O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (51%);
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki (49%);
Amaliyot davomida bank faoliyatining tashkiliy tuzilishi, asosiy missiyasi, maqsad va vazifalari, xuquq va majburiyatlari, banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari о‘rganishga e’tibor qaratildi.
Bank tо‘g‘risida umumiy ma’lumot
To'liq rasmiy nomlanishi: O'zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki.
Qisqartirilgan rasmiy nomlanishi: Xalq banki.
Ishvaqti: 09:00 dan 17:00 gacha, tushlik tanaffus 13:00 dan 14:00 gacha, dam olish kunlari: shanba, yakshanba.
Litsenziyalar:
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bank amaliyotlarini amalga oshirish huquqini beruvchi 2015-yil 25-iyuldagi 25-sonli litsenziyasi;
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining xorijiy valyutalarda amaliyotlarini amalga oshirish huquqini beruvchi 2015-yil 25-iyuldagi 79-sonli Bosh litsenziyasi.
Xalq banki Farg’ona viloyati filliali.
|
150100, O'zbekiston, Farg'ona viloyati, Shahar: Farg'ona, Mustaqillik ko'chasi (sobiq Kashtanzor), 33
|
Bankning asosiy missiyasi
Xalq bankining missiyasi Bank faoliyatining mazmuni va ma’nosini belgilab beradi, uning ijtimoiy vazifalarni amalga oshirishda Hukumatning moliyaviy agenti vazifalarini bajarishdagi, shuningdek, xalq farovonligi va umuman iqtisodiyotning o’sishini ta’minlashdagi tutgan o’rnini ta’kidlaydi.
Bizning mijozlarimiz — aholi va xo’jalik yurituvchi subyektlar, ularning faoliyati, maqsadlari va intilishlari, farovonligi — Xalq banki aynan shuning uchun faoliyat yuritadi.
Biz quyidagilardan biri bo’lishga intilamiz:
Taqdim etiladigan, eng zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan bank mahsulotlari va xizmatlarining ko’lami va hajmlarini kengaytirish yo’li bilan, shuningdek, ulardan butun yurtimiz boylab foydalanish imkoniyatini ta’minlash orqali davlatning yetakchi universal banki bo’lish;
Xodimlar faoliyati uyg’unligini ta’minlash va ularning shaxsiy va kasbiy intilishlarini royobga chiqarish yo’li bilan davlatimizning eng yaxshi va talabgor ish beruvchilaridan biri bo’lish;
Do'stlaringiz bilan baham: |