Ataboyeva hilola
Ko‘chalarda yor emas endi
Download 32.61 Kb.
|
A Oripov
Ko‘chalarda yor emas endi
To‘qnashamiz begona bo‘lib. Nahot bizdan qolmas hatto mung Nahot bo‘lmas biror xotirot? Ishonmayman, muhabbatdan so‘ng Begonalik boshlansa nahot?! Shoirning muhabbat mavzusidagi bir qancha she’rlarida azaliy tuyg‘uning mana shunday ziddiyatli, murakkab jihatlari poetiklashtiriladi. “Otello”, “Go‘zallik”, “Men seni kuylamoq istayman” kabi bir qancha she’rlarda shoirning muhabbat haqidagi ideallari mujassam topgan. Lirik qahramon butun qalb bag‘ishlangan, bor vujud fido qilingan muhabbatnigina tan oladi. Shu bilan birga “chiroy olamining tengsiz sayqali” bo'lgan go‘zallik, malak siymolar daf’atan yurakdan g‘am-alamni ketkazib, samoviy hislarga cho‘mdirsa ham, estetik kategoriya sifatida go‘zallikning ichki mohiyati, pari ruxsorning ma’naviy olami birlamchi o‘rinda turadi. Shoir nazdidagi sevgi talqini, vafo va sadoqat tushunchalari ma’naviy qadriyatlarimiz, milliy urf-odatlarimiz chashmasidan suv ichadi. “Ayol” she’ridagi “o‘n to‘qqiz yoshida beva qolgan kelinchak”ning jangchi yoriga sadoqati kimlargadir erish tuyulishi, g‘arbcha yashash tarziga unchalik ham mos kelavermasligi mumkin. Biroq sharqona mezonlardan kelib chiqib vafo, sadoqat timsoli, yorning xotirasi oldida o‘z huzur-halovatidan kechishning yuksak namunasi sifatida talqin qilinadi. Xuddi shunday talqin “Jo‘nar bo‘ldim men bundan diltang” deb boshlanadigan she’rning ham ruhiga singdirib yuborilgan. Ma’shuqa hayotda o‘zi tanlagan yigitni yurakdan sevadi. Uning uchun har narsaga tayyor. Hatto osmondagi yulduzga aylansa ham yorining yoniga tushishning ilojini topishga o‘zida kuch topa olishiga ishonadi. Biroq birgina monelik (“Otam oq yo‘l bersaydi bizga”) uning o‘z orzusiga yetishishi yo‘lida o‘tib bo‘lmas to‘siqqa aylangan. Xalqimizda “ota rozi – xudo rozi” degan naql bor. Sharqona odob-axloq qanchalik og‘ir bo‘lmasin ota rizoligini olmasdan qaltis qadam tashlashdan, o‘zini yulduzdek yorning bag‘riga otishdan tiyadi. Shoirning “Muhabbat” she’ri bunday boshlanadi: Download 32.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling