Ataboyeva hilola


Xalqning o‘z shoiriga bo‘lgan bu muhabbati Abdulla Oripov o‘zi orzu qilganidek “bizniki” bo‘lib qolganini bildiradi


Download 32.61 Kb.
bet4/4
Sana23.06.2023
Hajmi32.61 Kb.
#1651057
1   2   3   4
Bog'liq
A Oripov

Xalqning o‘z shoiriga bo‘lgan bu muhabbati Abdulla Oripov o‘zi orzu qilganidek “bizniki” bo‘lib qolganini bildiradi:
Koshkiydi ahli yurt turib tepamda
U bizniki edi- desalar -deb yozgan shoir o‘sha olis yillar ortidagi “Mitti yulduz” to‘plamidan boshlab xalqning o‘ziniki bo‘lib qolgan.
Ma’lumki, Abdulla Oripov ijodi deyarli barcha munaqqidlarimiz e’tiborini tortgan. Biz mazkur tadqiqotda shoirning “Onajon”, “Mitti yulduz”, “Ruhim”, “Najot qal’asi”, “Surat va siyrat”, “Yillar armoni” kabi kitoblari bilan tanishib, ayrim she’rlari ustida fikr yuritdik. Shuningdek, Abdulla Oripov ijodi xususida bahs yuritgan taniqli munaqqidlarning maqolalarini o‘rgandik. Salohiddin Mamajonov, Mahkam Mahmudovning she’riyat haqidagi fikrlari, Matyoqub Qo‘shjonovning Abdulla Oripov ijodiga bag‘ishlangan “Onajonim she’riyat” deb nomlangan risolasi, Norboy Xudoyberganovning “Ehtiros to‘lqinlari” kitobidagi shoir she’rlariga munaqqid munosabati, shuningdek, N. Rahimjonov kabi tanqidchilar fikrini o‘rgandik. Yuqorida aytilgan manbaalarga suyanib, Abdulla Oripov she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari yuzasidan o‘z fikrlarimizni bayon etishga harakat qildik.
Xulosa
Abdulla Oripov she’riyati, xalq va adabiyotshunoslik bir ovozdan e’tirof etganidek, o‘zbek poeziyasida muhim o‘ringa, katta salmoqqa ega bo‘lgan she’riyatdir.
Uning she’riyatidagi xalq qalbiga yaqinlik, xalq dilidagi quvonch va shodlik, armon va dardlarni topib so‘ylash, insonning rangin tuyg‘ularini rassomona ko‘z bilan ilg‘ab, musiqiy misralarda ifodalash, uning she’riyatidagi badiiy haqqoniyat uyg‘unligi – shoir she’rlarining takrorlanmas, o‘ziga xos xususiyatlaridandir.
Abdulla Oripovdek shoirning qalbi ona zamin yanglig‘ saxovatlidir. Zamin bag‘rida turfa xil gullar ochiladi, tikanlar o‘sadi. SHu kabi shoirningqalbi ham o‘z tuyg‘ularidan turfa xil gullar – she’riyat gullarini armug‘on etadi.
Chindan ham Abdulla Oripovning she’rlari mohiyat e’tibori bilan voqe bo‘lgan she’rlardir. Biz uchun, “shoir bir yurt” bo‘lgan O‘zbekiston uchun shoir ham, uning she’rlari ham hamisha aziz va ardoqlidir.


Foydalanilgan adabiyotlar
1. Rasulov A. Badiiylik – bezavol yangilik. – T.: - Sharq, 2007.
2. Mirzayev S. XX asr o‘zbek adabiyoti. – T.: - Yangi asr avlodi. 2005.
3. Alimbekov A. Yulduzning besh qirrasi. – T.: Muharrir. 2012.
4. A’zam E. Shovqin. – T.: O‘zbekiston. 2011.
Download 32.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling